Toksikologik kimyo kafedrasi

Usmanaliyeva Zumrad Uktamovna

Ilmiy darajasi va unvoni:

Farmatsevtika fanlari nomzodi, dotsent

Lavozimi:

Kafedra mudiri

Qabul vaqti:

Har kuni (14:00-16:00)

Tel.:

(0 371) 256-14-89

Veb-sayt:

Kafedra tarixi

Toksikologik kimyo kafedrasi Toshkent farmatsevtika institutining asosiy mutaxassislik kafedralaridan biri bo‘lib, u 1940-yilda «Sud kimyosi» nomi bilan kurs sifatida tashkil etilgan. «Sud kimyosi» kursining nomi 1963-yilda «Toksikologik kimyo» nomiga o‘zgartirildi va kursni boshqarish farmatsevtika fanlari nomzodi, dotsent Latif Tulyaganovich Ikromovga topshirildi. 1966-yilda «Sud  kimyosi» kursi kafedraga aylantirildi.

Kafedra tashkil qilingan kundan boshlab unga turli yillarda quyidagi professor-o‘qituvchilar rahbarlik qilishgan.

Toksikologik kimyo kafedrasi 1940-yilda “Sud kimyosi” nomi bilan tashkil etilgandan so‘ng unga farmatsiya magistri V.I.Sheblikin rahbarlik qilgan. 1951-yilda Sud kimyosi kafedrasiga “Farmatsiya ishlarini boshqaruv va tibbiyot tovarshunosligi” kursi qo‘shiladi. 1956-yilda “Farmatsiya ishlarini boshqaruv va tibbiyot tovarshunosligi” kursi alohida kafedra sifatida ajralib chiqqanligi munosabati bilan Sud kimyo kafedrasi Biologik kimyo kafedrasiga kurs sifatida biriktiriladi va unga X.R.Raxmatov rahbarlik qiladi.
Farmatsevtika fanlari nomzodi, professor L.T.Ikromov qariyib 35 yil kafedraga rahbarlik qildi. Bu davrda professor L.T.Ikromov rahbarligida 15 nafar fan nomzodi va 2 nafar fan doktori tayyorlandi. Professor L.T.Ikromov Sud kimyosi (toksikologik kimyo) fanidan yozgan darslik ikki qayta, praktikum esa uch qayta nashr etildi.  Professor L.T.Ikromov tashabbusi bilan 1966 – 1992 yillarda sud – kimyogarlarining malaka oshirirish kurslari tashkil qilindi va Mustaqil Hamdo‘stlik davlatlarining 120 shaharidan 561 nafar mutaxassislar malaka oshirish kurslarida o‘qidilar.
1995-yildan 1998-yilgacha kafedraga professor L.T.Ikromovning shogirdi, farmatsevtika fanlari doktori, professor Xikmatulla Sunnatovich Zaynutdinov rahbarlik qilgan. Bu davrda professor X.S.Zaynutdinov rahbarligida bitta nomzodlik dissertatsiya himoya qilindi, kafedrada yangi fanlar: “Dori vositalarini sifatini fizik-kimyoviy usullarda nazorat qilish” va “Farmatsiyada fizika va elektronikaning roli” o‘qitish tashkil qilindi

 

1998-2000 yillar davomida kafedra mudiri lavozimida farmatsevtika fanlari nomzodi, dotsent Akrom Yusupovich Toshpulatov faoliyat olib bordi. Bu davrda dotsent A.Yu.Toshpo‘latov tomonidan butunlay yangi tashkil etilgan ikkita “Dori vositalarini sifatini fizik-kimyoviy usullarda nazorat qilish” va “ Farmatsiyada fizika va elektronikaning roli” fanlaridan o‘zbek va rus tillarida ma’ruza matnlari va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar yaratildi.2000-2001 yillarda kafedrani farmatsevtika fanlari nomzodi Zokirjon Abidovich Yuldashev boshqardi.

 

 

2001-yil iyun oyida Z.A.Yuldashevni Farmatsiya fakulteti dekani lavozimiga tayinlanishi munosabati bilan toksikologik kimyo kafedrasi mudiri etib farmatsevtika fanlari doktori, professor Mansurjon Azizovich Tojiyev tayinlandi. Professor M.A.Tojiyev 2012-yilga qadar kafedrani boshqardi. Bu davrda professor M.A.Tojiyev rahbarligida 4 nafar xodim nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildilar, Toksikologik kimyo fanidan darslik  qayta, ushbu fandan praktikum esa ikki qayta nashr etildi.
2012-yil 28-avgustda Toksikologik kimyo kafedrasiga Organik va biologik kimyo kafedrasi birlashtirildi. Kafedra Toksikologik, organik va bioligik kimyo nomi bilan nomlandi. Kafedra mudiri vazifasini bajarish farmatsevtika fanlari doktori Madina Ilyasovna Alixo‘jayeva zimmasiga vaqtincha yuklatildi.

2013-yil noyabr oyida bo‘lib o‘tgan Ilmiy kengash yig‘ilishida farmatsevtika fanlari doktori, professor Zokirjon Abidovich Yuldashev kafedra mudirligiga besh yil muddatga saylandi.

 

2018-yil yanvardan vaqtincha, sentyabrdan esa rasman kafedra mudiri vazifasini bajarish farmatsevtika fanlari nomzodi Zumrad Uktamovna Usmanaliyeva zimmasiga yuklatildi.

Kafedrada turli yillarda quyidagi professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritishgan: X.R.Raxmatov, L.T.Ikromov, O.A.Alimxonov, A.Yu.Toshpo‘latov, T.Mirxaitov, T.To‘xtaboyev, M.A.Tojiyev, A.Q.Saidvaliyev, M.K.Muslimov, Z.I.Asatov, X.S.Zaynutdinov, Z.Q.Sodiqov, M.U.Musayeva, I.I.Safrigina, T.N.Adayeva, S.G.Galimjonova, S.YU.Guseinova, K.J.Nishonova, M.I.Alixo‘jayeva, M.U.Abdullayeva, T.X.Islomov, X.Q.Olimov, X.N.Bekchonov, N.N.Najimitdinova, M.M.Ibragimova, A.D.Tashpulatova,  N.Usmonova, N.X.Qosimjonova, A.A.Sultonova, M.Nurmatova va b.

Mudir haqida ma’lumot va erishgan yutuqlari

Usmanaliyeva Zumrad Uktamovna – 1970-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek. 1993-yilda Toshkent farmatsevtika  institutini tugatgan. Diplom bo‘yicha mutaxassisligi – “provizor”. 1996-yildan boshlab Toshkent farmatsevtika instituti biologik kimyo kafedrasida laboratoriya mudiri vazifasida, keyinchalik toksikologik kimyo kafedrasida laboratoriya mudiri, assistent, dotsent v.b. va dotsent lavozimlarida ishlab kelgan. Z.U.Usmanaliyevaning asosiy ilmiy yo‘nalish sohasi insonlarni ijtimoiy himoyalash, zaharlanish holatlarini oldini olishdan iborat. U 2012-yilda “Derozal pestitsidini kimyo toksikologik  tadqiqotlari” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan va OAK qarori bilan farmatsevtika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan.2015-yilda OAK qarori bilan dotsent ilmiy unvonini olgan.Uning hammuallifligida 65 dan ortiq ish e’lon qilingan, shulardan 1 ta uslubiy tavsiyanoma, 1 ta informatsion xat, 16 ta o‘quv–uslubiy qo‘llanma, 12 ta ilmiy maqola, 35 dan ortiq mar’ruza materiali va tezislar. Z.U.Usmanaliyevaning ilmiy izlanishlari natijalari O‘zbekiston, Qozog‘iston va chet davlat Argentina, Australiya, Ukraina ilmiy jurnallarida chop etilgan va amaliy anjumanlarda e’lon qilingan. U muntazam ravishda institutda o‘tkazib kelinayotgan “Farmatsiyada ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasi” ilmiy-amaliy anjumanlarida ilmiy ishlarining natijalari bo‘yicha ma’ruzalar bilan faol ishtirok etib, bir qancha sertifikatlar bilan taqdirlangan. Z.U.Usmanaliyeva kafedra va institut miqyosida attestatsiya jarayonlarida ham ishtirok etib, toksikologik kimyo fani bo‘yicha iqtidorli talabalar bilan olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlariga, shuningdek, bitiruv malakaviy ishlariga bir necha o‘quv yillaridan beri rahbarlik qilib kelmoqda. «Mahalliy  xom ashyolardan yallig`lanishga, allergiyaga, diabetga qarshi va regenerativ  xususiyatga ega applikatsion fitodermatologik dori turlari texnologiyasini ishlab chiqish va farmakologiyasini  o`rganish» nomli ilmiy grant loyihasida ishtirok etgan. Xozirda “Gijjaga qarshi dori vositalarining kimyo toksikologik  tadqiqotlari” mavzusida  ilmiy izlanishlar olib bormoqda. 2011-yildan Xalqaro sud toksikologlar (TIAFT) assotsiatsiyasining a’zosi. 2014-yildan 2018 yilga qadar Farmatsiya soha uslubiy kengash kotibasi, 2018 yildan Farmatsiya soha uslubiy kengash raisi. Ilmiy – pedagogik staji – 18 yil.

1993-1996 yy. – 16-shaxar dorixonasi provizor texnologi
1996-2001 yy. – Toshkent farmatsevtika instituti Biologik kimyo kafedrasi laboratoriya

mudiri

2001-2002 yy. – Toksikologik kimyo kafedrasi laboratoriya mudiri
2002-2013 yy. – Toksikologik kimyo kafedrasi assistenti
2013-2014 yy. – Toksikologik,organik va biologik kimyo kafedrasi dotsenti v.b.
2014-2018 yy. – Toksikologik,organik va biologik kimyo kafedrasi dotsenti
2018 y – h.v – Toksikologik  kimyo kafedrasi mudiri

Kafedraning shu vaqtga qadar erishgan yutuqlari

Toksikologik kimyo kafedrasida kafedra tashkil topgan yillardan shu davrgacha 26 nafar xodim nomzodlik va 5 nafar xodim doktorlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qildilar. Toksikologik kimyo kafedrasi ilmiy-pedagog xodimlar tayyorlash borasida institutda etakchi o‘rinda turadi.

O‘zbekiston Respublikasi Sud-tibbiy ekspertizasi uchun malakali kimyogarlarni etkazib berishda kafedra xodimlarining o‘rni beqiyos.

Kafedrada 1966 – 1992 yillarda Mustaqil Hamdo‘stlik davlatlarining 120 shaharidan 561 nafar sud – kimyogarlari malaka oshirganlar.

2001-yildan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligining 06-3/283 sonli buyrug‘iga asosan, respublika miqyosida sud kimyogarlarning malaka oshirish kursi tashkil qilindi va shu davr ichida 66 nafar sud kimyogarlari ixtisoslik kursida o‘z malakalarini oshirdilar.

Kafedrada o‘qitiladigan fanlardan talabalar zarur darslik va o‘quv uslubiy qo‘llanmalar bilan ta’minlangan. 2007-yilda professorlar L.T.Ikromov, M.A.Tojiyev va X.S.Zaynutdinov tomonidan «Toksikologik kimyodan praktikum» va 2010-yilda professorlar L.T.Ikromov va M.A.Tojiyev, dotsentlar T.Mirxaitov va Z.A.Yuldashevlar muallifligida «Toksikologik kimyo» darsligi qayta ishlab chiqildi va chop etildi.

Kafedra xodimlari tomonidan sud kimyogarlari uchun uslubiy qo‘llanmalar tayyorlanib chop etilgan bo‘lib, ular barcha sud kimyo laboratoriyalari amaliyotiga joriy qilib kelinmoqda. Mazkur uslubiy qo‘llanmalarda fozalon, ftalofos, sayfos, karbofos, oktametil, bazudin, butilkaptaks, danitol, atsetozolamid, furosemid, gipotiazid, etakrin kislotasi, sumi-alfa, karate, sipermetrin, manilin, geksamedin, fenozepam, derozal, amiodaron, paroksetin, sertralin, karbamazepin, spayslar va boshqa moddalarning tahlil usullari batafsil yoritilgan.

1984-1992 yillarda kafedra fosfororganik birikmalarini sud – kimyo tahlili bo‘yicha olib borgan tadqiqot natijalari O‘zbekiston xalq xo‘jaligi yutuqlar ko‘rgazmasiga yuborildi va unda Faxriy yorliq bilan taqdirlandi.

Hozirgi vaqtda kafedra xodimlari tomonidan chop etilgan ilmiy ishlar soni 1000 dan oshib ketdi. Kafedrada olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari dissertatsiya sifatida rasmiylashtirildi va turli yillarda himoya qilindi: O.A.Alimxanov – 1968-yil, A.Yu.Tashpulatov – 1971-yil, T.Mirxaitov – 1973-yil, T.To‘xtaboyev – 1977-yil, M.A.Tojiyev – 1978-yil, A.Q.Saidvaliyev – 1979-yil, M.K.Muslimov – 1982-yil, Z.I.Asatov – 1984-yil, M.S.Shaxitov – 1987-yil, X.S.Zaynutdinov – 1988-yil, Z.Q.Sodiqov – 1990-yil, A.Shukurbekova – 1990-yil, M.I.Alixodjayeva – 1992-yil, M.U.Abdullayeva– 1993-yil, Z.A.Yuldashev – 1997-yil, X.Q.Olimov – 2002-yil, X.N.Bekchanov va D.A.Shodmonova – 2006-yil, F.S.Jalilov va N.N.Najimitdinova – 2008-yil, M.M.Ibragimova – 2009-yil, N.SH.Xalilova – 2011-yil, Z.U.Usmanaliyeva – 2012-yil. Kafedra xodimlaridan M.A.Tojiyev va X.S.Zaynutdinov 1992-yilda, Z.A.Yuldashev 2007-yilda, M.I.Alixodjayeva 2009-yilda va M.M.Ibragimova 2016-yilda doktorlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qildilar.

Toksikologik kimyo kafedrasi Rossiya sud-tibbiyot ilmiy tekshiruv instituti, 1-Moskva davlat tibbiyot universiteti, Lvov tibbiyot instituti va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomili Respublika sud ekspertiza markazi bilan aloqalar o‘rnatgan. Shuningdek, kafedra O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi, viloyat, shahar sud-tibbiyot ekspertizalari byurolarining sud-kimyo laboratoriyalari bilan muntazam ravishda hamkorlik qilib kelmoqdalar.

Kafedra xodimlari ilmiy tadqiqot ishlarining yo‘nalishi xalq xo‘jaligida qo‘llaniladigan fosfororganik va sun’iy piretroid guruhiga oid pestitsidlar, kuchli ta’sir etuvchi dori moddalarini turli biologik ob’ektlar tarkibidan ajratib olish, sifat va miqdorini aniqlash usul hamda uslublarini ishlab chiqish, mavjudlarini takomillashtirishga qaratilgan. Olib borilgan izlanishlar natijalari muntazam ravishda ilmiy jurnallarda, xalqaro konferensiya, sipozium, kongress materiallarida chop etib kelinmoqda.

Kafedra xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligini Sud-tibbiy ekspertizasi xizmati tomonidan tashkil qilingan qator seminar va anjumanlarda ishtirok etib kelmoqdalar. Masalan, 1986-yilda Urgench shahrida, 1996-yilda Samarqand shahrida hamda 2005-yilda Buxoro shahrida, 2009-yilda Samarqand shahrida, 2010-yilda Toshkent shahrida o‘tkazilgan yig‘ilishlarda faol ishtirok etganlar.

Kafedra xodimlaridan professorlar L.T.Ikramov, M.A.Tojiyev, Z.A.Yuldashev, dotsentlardan M.I.Alixodjayeva, Z.O‘.Usmanaliyeva, F.S.Jalilov, D.A.Zulfiqoriyeva, G.Raximova va boshqalar Sud toksikologlarining Xalqaro assotsiatsiyasining a’zoligiga qabul qilinganlar.

Kafedra xodimlari o‘z ilmiy natijalari bilan Sud toksikologlarining Xalqaro assotsiatsiyasining har yili o‘tkaziladigan xalqaro konferensiyalarida ishtirok etib kelmoqdalar. Jumladan, 2010-yil Germaniyaning Bonn shahrida, 2012-yil YAponiyaning Xamamatsu shahrida,  2013-yil Ispaniyaning Madera shahrida, 2014-yil Argentinaning Buenos Ayres shahrida, 2015-yil Italiyaning Florensiya shahrida,

     

2016-yil Avstraliyaning Brisban shahrida, 2017-yil AQSH Florida shtati Boka-Raton shahrida bo‘lib o‘tgan konferensiyalarida o‘z ilmiy ishlari bilan ishtirok etdilar. Shuningdek, Toshkent farmatsevtika instituti va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligini Sud-tibbiy ekspertizasi xizmati 2015-yil Toshkent shahrida Sud toksikologlarining Xalqaro assotsiatsiyasining O‘rta Osiyo bo‘yicha 1-mintaqaviy konferensiyasini tashkil qildilar. Konfernsiya ishida 15 ziyod davlatlardan 50 yaqin mutaxassislar ishtirok etdilar. Kafedraning barcha xodimlari konferensiya ishida o‘z ilmiy ish natijalari bilan qatnashdilar. Bundan tashqari kafedra xodimlari respublikada tashkil qilingan ko‘plab konferensiya, simpozium va kongresslarda ishtirok etib kelishmoqda.

 

Kafedra jamoasi haqida ma’lumot

Bugungi kunda toksikologik kimyo kafedrasi 10 ta  professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar faoliyat olib borishmoqda

t/r Professor-o‘qituvchilarning FISH Tug‘ilgan  yili Lavozimi Tugatgan OTMiing nomi Ilmiy darajasi Ilmiy unvoni Qaysi-yildan kafedrada ishlaydi Qaysi fanlardan dars beradi
Toksikologik kimyo bo‘limi
1 Usmanaliyeva Zumrad O‘ktamovna 1970 Kafedra mudiri dotsent Toshfarmi Farm.f.n dots 1996 Toksikologik kimyo, Narkotik moddalar tahlil
2 Yuldashev Zokirjon Abidovich 1965 Professor Toshfarmi Farm.f.d Prof 2000 Toksikologik kimyo, Giyohvand moddalar tahlili
3 Zulfiqoriyeva Dilnoza Alisherovna 1979 dotsent Toshfarmi Farm.f.n dots 2001 Toksikologik kimyo, Giyohvand moddalar tahlili
4 Umarova Gulnoza Kudratillayevna 1985 Assistent Toshfarmi 2013 Toksikologik kimyo, Giyohvand moddalar tahlili
5 Abdullayeva Munira Ubaydullayevna 1953 Katta o`qituvchi Toshfarmi Farm.f.n 2017 Toksikologik kimyo, Giyohvand moddalar tahlili, Hayot faoliyati xavfsizligi
6 Abdullabekova Nargiza Abduvahidovna

 

1987 Assistent Toshfarmi 2015 Toksikologik kimyo, Giyohvand  moddalar tahlili

 

7 Sultonova Adolat Aminbayevna 1980 Assistent Toshfarmi 2010 Toksikologik kimyo, Giyohvand  moddalar tahlili

 

8 Nurmatova Malohat Iminovna 1973 Assistent Toshfarmi 2017 Toksikologik kimyo, Giyohvand  moddalar tahlili

 

9 Kamolova Sarvinoz Gofur qizi 1992 assistent Toshfarmi 2018 Toksikologik kimyo, Giyohvand  moddalar tahlili

 

10 Xojiyeva Shaxnoza Akramkulovna 1989 Assistent TIMI 2019 Hayot faoliyati xavfsizligi fani

 

TOKSIKOLOGIK KIMYO KAFEDRASI XODIMLARI

 

Usmanaliyeva Zumrad O‘ktamovna

Kafedra dotsenti,  farmatsevtika fanlari nomzodi 

Tel: (0 371) 256-14-89

Tug’ilgan yili: 1970-yil

E-pochta: usmanalieva1970 @mail.ru

Millati o‘zbek. 1993-yilda Toshkent farmatsevtika  institutini tamomlagan. Diplom bo‘yicha mutaxassisligi – “provizor”. Uning hammuallifligida 65 dan ortiq ish e’lon qilingan, shulardan 1 ta uslubiy tavsiyanoma, 1 ta informatsion xat, 16 ta o‘quv–uslubiy qo‘llanma, 12 ta ilmiy maqola, 35 dan ortiq mar’ruza materiali va tezislar. 2011-yildan Xalqaro sud toksikologlar (TIAFT) assotsiatsiyasining a’zosi.2018-yildan Farmatsiya soha uslubiy kengash raisi. Ilmiy – pedagogik staji – 18 yil.

 

Yuldashev Zokirjon Abidovich

Kafedra professori, farmatsevtika fanlari doktori 

Tel.: (0 371) 256-06-62

Tug’ilgan yili: 1965-yil

E-pochta: yuldashev.z@pharmi.uz

Millati o‘zbek. 1989-yilda Toshkent farmatsevtika  institutini tamomlagan. Diplom bo‘yicha mutaxassisligi – “provizor”. Uning hammuallifligida 150 dan ortiq ish e’lon qilingan, shulardan 1 ta darslik,  6 ta uslubiy tavsiyanomalar, 15 ta o‘quv–uslubiy qo‘llanma, 60 ta ilmiy maqola, 70 dan ortiq mar’ruza materiali va tezis. 2 ta fan nomzodiga ilmiy rahbar.  2010-yildan Xalqaro sud toksikologlar (TIAFT) assotsiatsiyasining a’zosi.   Ilmiy – pedagogik staji – 28 yil.
Zulfikariyeva Dilnoza Alisherovna

Kafedra dotsenti,  farmatsevtika fanlari nomzodi 

Tel.:(0 371) 256-14-89

Tug’ilgan yili: 1979-yil

E-pochta: zulfikaruyeva1979@mail.ru

Millati o‘zbek. 2001-yilda Toshkent farmatsevtika  institutini tamomlagan. Diplom bo‘yicha mutaxassisligi – “farmatsevt”. Uning hammuallifligida 51 dan ortiq ish e’lon qilingan, shulardan 4 ta uslubiy tavsiyanomalar, 8 ta o‘quv –uslubiy qo‘llanma, 16 ta ilmiy maqola, 23 dan ortiq mar’ruza materiali va tezis. 2009-yildan Xalqaro sud toksikologlar (TIAFT),  2018-yildan Xalqro dori vositalarining terapevtik monitoringi va klinik toksikologlar assotsiatsiyalarning a’zosi. Ilmiy – pedagogik staji – 17 yil.
Abdullaeva Munira Ubaydullaevna

 Kafedra katta o`qituvchisi, farmatsevtika fanlari nomzodi 

Tel.:(0 371) 256-14-89

Tug’ilgan yili: 1953-yil

E-pochta: abdulmun@gmail.ru

Millati o‘zbek. 1975 yil Toshkent Farmatsevtika institutini tamomlagan.

Diplom bo’yicha mutaxassisligi – “provizor”. Uning hammuallifligida 71 ta ish e’lon qilingan, shulardan 16 ta uslubiy tavsiyanoma va qo‘llanmalar, 41 ta ilmiy maqola, 15 dan ortiq ma’ruza materiali va tezis.  Ilmiy – pedagogik staji – 12 yil.

Kamolova Sarvinoz Gofur qizi

Kafedra assistenti

Tel.:(0 371) 256-14-89 Tug’ilgan yili: 1992-yil

E-pochta: sarvinoz9224 @mail.uz

Millati o‘zbek. 2018-yilda Toshkent Farmatsevtika instituti magistratura bosqichini tamomlagan.

Diplom bo’yicha mutaxassisligi – “Farmatsevtik  kimyo va farmakognoziya”.Uning hammuallifligida 3 ta ish e’lon qilingan, shulardan1ta ilmiy maqola, 2 ta tezislar shulardan 1 tasi xalqaro miqyosda chop etilgan.

Ilmiy-pedagogik staji -2 yil.

Sultonova Adolat Aminbayevna, 

Kafedra assistenti

Tel.: (90) 9973479 Tug’ilgan yili: 1980-yil

E-pochta: adolat.sultonova1232 @gmail.com

Millati o‘zbek. 2002-yilda Toshkent Farmatsevtika institutini  tamomlagan.

Diplom bo’yicha mutaxassisligi – “Farmatsevt”. Uning hammuallifligida 17 ta ish e’lon qilingan, shulardan 8ta ilmiy maqola, 9 ta tezislar shulardan 1 tasi xalqaro miqyosda chop etilgan.

Ilmiy-pedagogik staji – 2 yil.

Primuxamedova Xilola Inoevna 

Kafedra assistenti

Tel.:(0 371) 25614-89

Tug’ilgan yili:1973-yil

E-pochta:

Millati o‘zbek. 1995 yil Toshkent Farmatsevtika institutini  tamomlagan. Diplom bo’yicha mutaxassisligi – “provizor”.

Uning hammuallifligida 4 ta ish e’lon qilingan, shulardan 1 tasi ilmiy maqola,1ta

ilmiy maqola, 3 ta tezislar. Ilmiy-pedagogik staji – 8 yil.

Xusanov Alisher Shapoxatovich

Kafedra assistenti

Tel.:(0 371) 25614-89

Tug’ilgan yili:1970-yil

E-pochta:

Millati o‘zbek. 1998 yil Toshkent Farmatsevtika institut  tamomlagan

Diplom bo’yicha mutaxassisligi – Farmatsevtika ishi

O‘z.Res. SSV STE Bosh byurosi  Sud -kimyo bulimii mudiri lavozimida ishlaydi

Abdullabekova Nargiza Abduvahidovna

Kafedra assistenti 

Tel.:(0 371) 256-14-89

Tug’ilgan yili: 1987-yil

E-pochta: 

Millati o‘zbek. 2012-yil Toshkent Farmatsevtika institut magistratura bosqichini tamomlagan.

Diplom bo’yicha mutaxassisligi – “Farmatsevtik  kimyo va farmakognoziya”.

Uning hammuallifligida 4 ta ish e’lon qilingan, shulardan 1 tasi xalqaro ilmiy maqola,1ta

ilmiy maqola, 1 ta tezislar. Ilmiy-pedagogik staji – 3 yil.

Umarova Gulnoza Qudratillayevna 

Kafedra assistenti 

Tel.:(0 371) 256-14-89

Tug’ilgan yili: 1985-yil

E-pochta: gulnoza.umarova.2013@mail.ru

Millati o‘zbek. 2009-yilda Toshkent farmatsevtika  instituti magistratura bosqichini tamomlagan. Diplom bo’yicha mutaxassisligi – “Farmasevtik kimyo va farmakognoziya”. Uning hammuallifligida 35 dan ortiq ish e’lon qilingan, shulardan 20 ta ilmiy maqola, 15 ta tezis. Ilmiy – pedagogik staji – 4 yil.
Yulchieva Shoxida Djurayevna 

Laboratoriya muddiri

 Tel.: (0 371) 256-14-89

Tug’ilgan yili: 1953-yil

E-pochta:-

Millati o’zbek. 1975-yilda Toshkent farmatsevtika  institutini tamomlagan. Diplom bo‘yicha mutaxassisligi – “provizor”. Ish staji – 43 yil.
Majidova Ma’suda Nazirdjonovna 

Laborant 

Tel.: (0 371) 256-14-89

Tug’ilgan yili: 1962-yil

E-pochta:-

Millati o’zbek. 1987-yilda Toshkent pedagogika texnikumini  bitirgan. Ish staji – 23 yil.
Hojiyeva Shaxnoza Akramkulovna

Kafedra assistenti 

Tel.:(0 371) 256-14-89

Tug’ilgan yili: 1989-yil

E-pochta: shhojiyeva @mail.ru

Millati o‘zbek. 2012-yilda TIMI bakalavr, 2019-yil FMI magistratura bosqichini tamomlagan. Diplom bo’yicha mutaxassisligi – “Hayot faoliyati havsizligi”. Uning hammuallifligida 10 dan ortiq ish e’lon qilingan, shulardan 3 ta ilmiy maqola, 12 ta tezis. Ilmiy – pedagogik staji – 1 yil.
   Mahmudova Shaxzoda Ma`mur qizi

   Laborant 

   Tel.:(0 371) 256-14-89

   Tug’ilgan yili: 1999-yil

    E-pochta::

Millati o’zbek. 2017-yil Toshkent shahar 1-Respublika tibbiyot kollejini bitirgan. Ish staji – 3yil

 

   Rahmonqulova Maftuna Maxsud qizi

   Laborant

   Tel: 963 67 57

   Tugilgan yili:1999-yil

    E pochta:

Millati o’zbek 2018 yil  Toshkent shahar  Sergeli tibbiyot kollejini  bitirgan

Kafedrada olib borilayotgan oquvuslubiy faoliyat haqida malumot.

(maruzalar royhati)

Kafedra bakalavriat ta’lim yo’nalishi: 5510500 – Farmatsiya (Klinik farmatsiya) 5510500 – Farmatsiya (Farmatsevtik taxlil) 5510500 – Farmatsiya (Farmatsevtika ishi) 5111000 – Kasb ta’limi (5510500-Farmatsevtika ishi) 5510600 – Sanoat farmatsiyasi (dori vositalari) 5510600 – Sanoat farmatsiyasi (farmatsevtik biotexnologiya) 5510600 –Biotexnologiya (farmatsevtik biotexnologiya)

Kafedrada o’qitiladigan fanlar:

     Bakalavriat

  1. Sud toksikologiyasi
  2. Giyohvand moddalar tahlili
  3. Hayot faoliyati xavfsizligi fani

VAZIFALAR

  1. Sud toksikologiyasi fanini o’qitishning asosiy maqsadi va vazifalari  talabalarda  inson o’z hayotida turli xil surunkali va o’tkir zaharlanishga uchrashi, ko’plab zaharli moddalarga duch kelishi, ayrim hollarda ular organizmni zaharlanishiga sababchi bo’lishi mumkinligini, og’ir patologik o’zgarishlar hamda zaharlanish hollarini aniqlash, zaharlanishni  oldini olish  choralarini o’rgatish.
  2. Shuningdek, Sud toksikologiyasi fani biologik ashyodagi zaharli moddalar va ularning metobolitlarini ajratib olish. ularning chinligini, miqdorini aniqlash usullarini yaratish, toksikologik kimyo ekspertizasini olib borish, mos bilim, ko’nikma va malakani shaklantirishdan hamda o’rgatishdan iborat.
  3. “Giyohvand moddalar tahlili” fanni o’qitishning asosiy maqsadi va vazifalari  talabalarda  inson o’z hayotida turli xil surunkali va o’tkir zaharlanishga uchrashi, ko’plab zaharli moddalarga duch kelishi, ayrim hollarda ular organizmni zaharlanishiga sababchi bo’lishi mumkinligini, og’ir patologik o’zgarishlar hamda zaharlanish hollarini aniqlash, zaharlanishni  oldini olish  choralarini o’rgatish.
  4. Shuningdek “Giyohvand moddalar tahlili” fani biologik ob`ektdagi narkotik va psixotrop moddalar hamda ularning metabolitlarini ajratib olish, ularning chinligini, miqdorini aniqlash usullarini yaratish, narkotik moddalar tahlili ekspertizasini olib borish, mos bilim, ko’nikma va malakani shaklantirishdan hamda o’rgatishdan iborat.

5   Hayot faoliyati xavfsizligi fanini o’qitishning asosiy maqsadi va vazifalari favqulodda   vaziyatlarda xavfsizlikni ta’minlashning mazmun va mohiyatini,favqulodda vaziyatlar turlari va  ularda fuqarolar muhofazasining o‘ziga xos jihatlarini,favqulodda vaziyatlarda hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlashda fuqarolarning huquq va   majburiyatlarini, mehnat faoliyati xavfsizligining mazmun va mohiyatini,farmatsevtika sohasida mehnat faoliyati xavfsizligiga ta’sir etuvchi fizik-mexanik, kimyoviy va biologik xavflar borligini bilishdan iborat

 

Toksikologik kimyo kafedrasida bo`lib o`tgan ochiq ma`ruza va laboratoriya mashg`ulotlar                     

                         10.09.2019yil  soat  10.00 da 158xonada (1-bino) 4kurs 403a, 403b, 404a, 404guruh (2oqim)  talabalariga  “Sud toksikologiyasi” fanidan Toksikologik kimyo kafedrasi  dotsenti Z.O`.Usmanaliyevaning “Metil, etil, amil spirtlari  va  etilenglikol, ularning  toksikologik ahamiyati.Kimyoviy tahlil  usullari.Spirtlarni  gaz  suyuqlik  xromatografik  usulda  sifat  va  miqdoriy  tahlili” mavzusi  bo`yicha  ochiq  ma`ruzasi  bo`lib o`tdi.

Ma`ruza o`z vaqtida boshlanib, zamonaviy pedogogik va axborot tehnologiyalari asosida bo`lib o`tdi. Talabalar e`tiborini jalb etish va  talabalar bilimini jonlantirish maqsadida tarqatma materiallardan foydalanildi. Ma`ruzada rejaga asosan ko`riladigan savollar hamkorlikda o`qitish, munozara tehnologiyalari usulida olib borildi. Ochiq ma`ruzaga tashqi ekspert O`zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi qoshidagi X.Sulaymonova nomli Respublika Sud ekspertiza markazi bosh eksperti farm.f.n. N.SH.Xalilova tashrif buyurdi. Ma`ruza munozarali tarzda davom etdi.

     

14.10.2019yil  soat  10.00 da 1xonada (4-bino) 1kurs 103a, 103b, 104a, 104b guruh (2oqim)  talabalariga  “Mutaxassislikka kirish” fanidan Toksikologik kimyo kafedrasi  dotsenti D.A.Zulfiqoriyevaning “Giyohvand moddalar  tahlili” fanining asosiy vazifalari va fanda o`rganiladigan umumiy masalalar mavzusi  bo`yicha Farmatsevtik kimyo kafedrasi  dotsenti R.A.Xusainova bilan ochiq  integrallashgan ma`ruzasi  bo`lib o`tdi.

2.10.1019yil soat  8.30da  124 laboratoriya xonasida 4kurs 405B guruh talabalari bilan “Sud  toksikologiyasi” fanidan  Toksikologik kimyo kafedrasi assistenti N.A.Abdullabekovaning “Distillyatdagi   uchuvchi  moddalardan  farmaldegid, atseton,  sirka  kislotasi  va  fenolni tahlil  qilish” mavzusi bo`yicha ochiq mashg`uloti bo`lib o`tdi.

Respublika  sud-tibbiy ekspertizasi ilmiy amaliy markazi bilan hamkorlik ishlari to`g`risida

2019 yil 14 mart kuni institut katta faollar zalida toksikologik kimyo kafedrasi tashabbusi bilan institut professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida “Biz giyoxvandlikka qarshimiz” mavzusida davra suxbati o‘tkazildi.

Tadbirga O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Sud-tibbiy ekspertiza bosh byurosi laboratoriya mudiri Primuxamedova X.I taklif qilindi. Tadbir Toshkent Farmatsevtika instituti O‘quv va tarbiyaviy ishlari bo‘yicha prorektori  YUldashev Z.A  va Toksikologik kimyo kafedrasi mudiri Usmanalieva Z.O‘ tomonidan ochildi.

Yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, ularni ichkilikbozlik va giyohvandlik illatlaridan, boshqa turli halokatli tahdidlar hamda biz uchun yot bo‘lgan diniy va ekstremistik ta’sirlardan, tuban “ommaviy madaniyat” xurujlaridan himoya qilish barchamizning insoniy burchimiz ekanligi xaqida aytib o‘tdilar. So‘ng O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Sud-tibbiy ekspertiza bosh byurosi laboratoriya mudiri Primuxamedova X.I so‘zga chiqdi.

Tadbir so‘ngida talabalarga va ishtrokchilarga giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni iste’molining oqibatlari xaqida videorolik namoish etildi.

 

Sud-kimyo tekshiruvlarida ilg‘or tajribalarni tadbiq etish masalalari

bo`yicha  bo`lib o`tgan seminar

Barcha Oliy ta’lim muassasalarida yozgi ta’til bo‘lishiga qaramasdan Toshkent  farmatsevtika instituti professor-o‘qituvchilari o‘z ustilarida tinimsiz  ishlab  malaka almashish bilan band. 2019 yil 5 iyul kuni institutnig Toksikologik kimyo kafedrasi “Sud-kimyo tekshiruvlarida ilg‘or tajribalarni tadbiq etish masalalari” mavzusida  ilmiy-amaliy seminar tashkil etdi. Seminarni institut o‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha prorektor Z.A.Yuldashev kirish so‘zi bilan ochib berdi.Institut rektori I.I.Alimdjanov qatnashchilarga mazkur seminar  haqidagi fikrlarini bildirib qatnashchilarga omad tiladi. Seminar qatnashchilari o‘zlariga tegishli mavzular yuzasidan ma’lumot  berdilar.Seminarda qatnashganlar: DAS va SM kafedrasi mudiri Jalilov Fazliddin, Toksikologik kimyo kafedrasi mudiri  Usmonalieva  Zumrad O‘ktamovna, Toksikologik kimyo kafedrasi assistenti, erkin tadqiqotchi Sultanova Adolat, Toksikologik kimyo kafedrasi dotsenti Zulfiqorieva Dilnoza, OOO “Avikon Tex” yetakchi mutaxassisi, Salixov Farhod, “RSTEIAM” Toshkent viloyati filiali, sud-tibbiy ekspert kimyogar Nurmatova Malohat,MChJ “Hayot Texnoloji” ilmiy  maslahatchisi Muxamedov Rustam, “RSTEIAM” Toshkent shahar bo‘limi mudiri, sud-tibbiy ekspert Xusanov  Alisher, “Himlabpribor” ish yurituvchi mutaxassisi Saidov Komil, Respublika “STE” ilmiy amaliy markaz kimyo bo‘limi eksperti Axmedjanov Ilhom, RSTEIAM Toshkent shahar bo‘lim mudiri, sud-tibbiy eksperti Nurmatova Marxabo, Respublika STE ilmiy amaliy markaz kimyo bo‘limi  mudiri sud-tibbiy  ekspert Pirmuxammedova  Xilola.

24.09.2019 yil  soat 10.00 da  Respublika  sud-tibbiy ekspertizasi ilmiy amaliy markazida  “ Sud –kimyo va sud-biologik amaliyotda  zamonaviy qurilmalar va tahlil usullarini o`rganish”mavzusida “Micro solution” va “Bruker” fima hodimlari  tomonidan  ilmiy seminar o`tqazildi.Bu seminarda toksikologik kimyo kafedra mudiri dots.Z.O`.Usmanaliyeva va dots.D.A.Zulfiqoriyevalar ishtirok etishdi.

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy ishlar haqida ma’lumot.

Toksikologik kimyo kafedrasi professor-o‘qituvchilari o‘zlarining rejalashtirilgan  ilmiy izlanishlarini institut Ilmiy kengashida tasdiqlangan rejalar asosida amalga oshirmoqdalar. Kafedra professor-o‘qituvchilarining asosiy ilmiy izlanishlar mavzusi: “Ba’zi dori vositalarini va qishloq xo‘jaligida keng foydalaniladigan ayrim pestitsidlarni kimyo-toksikologik nuqtai-nazaridan o‘rganish”. Hozirgi kunda ba’zi dori vositalarini qalbakilashtirish yoki noto‘g‘ri hamda nojo‘ya qo‘llash natijasida har xil zaharlanish holatlari sodir bo‘lishi kuzatilmoqda. Ana shularni inobatga olib hamda Respublika sud-tibbiyot ekspertizasining tavsiyasiga asoslanib, kafedra professor-o‘qituvchilari o‘zlarining ilmiy izlanishlarida toksikologik ahamiyatga ega bo‘lgan ayrim dori vositalari hamda pestitsidlarni turli ashyoviy dalillardan ajratib olish, tahlilini olib borishda zamonaviy usullardan foydalanish, mavjud usullarni takomillashtirish bo‘yicha izlanishlar olib borishni rejaga kiritganlar.

– Kafedrada 11 ta professor-o‘qituvchilardan 1 ta fan doktori, professor, 3 ta fan nomzodi (2ta dotsent,1 ta katta o`qituvchi), 1 ta katta o`qituvhi va 6 ta assistentni  tashkil etadi.

Kafedra professor-o‘qituvchilari quyidagi mavzular bo`yicha ilmiy tadqiqot ishlarini oloib bormoqdalar;

– Toksikologik kimyo kafedrasi professori Z.А. Yuldashevning ilmiy tadqiqot ishlari mavzusi “Alkaloid saqlovchi o`simliklar bilan zaharlanishlarning kimyo-toksikologik izlanishlari”.

-Toksikologik kimyo kafedrasi mudiri,dotsent   Z.O`.Usmanaliyevaning ilmiy tadqiqot ishlari mavzusi “Gijjaga qarshi dori  vositalarini kimyo-toksikologik jihatdan o`rganish’’

– Toksikologik kimyo kafedrasi dotsenti D.А. Zulfiqoriyevaning ilmiy tadqiqot ishlari mavzusi “Alkaloid saqlovchi o`simliklar bilan zaharlanishlarning kimyo-toksikologik izlanishlari”.

– Toksikologik kimyo kafedrasi  kata o`qituvchisi, farm. f.n. М.U.Abdullayevaning   ilmiy tadqiqot ishlari mavzusi “Giyohvand vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlarni yangi tahlil qilish uslublarini ishlab chiqishva amaliyotga tadbiq etish.”

Toksikologik kimyo kafedrasi  assistenti  А.А.Sultonovaning ilmiy tadqiqot ishlari mavzusi “Sud-kimyo amaliyotida sonnat (zopiklon)ni tahlil usullarini takomillashtirish”.

 – Toksikologik kimyo kafedrasi  assistenti  N.А.Abdullabekovaning ilmiy tadqiqot ishlari mavzusi “Mizoprostol dori vositasining  kimyo toksikologik tadqiqotlari”.

– Toksikologik kimyo kafedrasi  assistenti  М.I.Nurmatovaning  ilmiy tadqiqot ishlari  mavzusi  “Imidokloprid va atsetomiprid pestitsidlarining kimyo-toksikologik izlanishlari ”.

 

Chop etilgan ilmiy maqolalar soni va ro‘yxati

T/r Maqola nomi Nashr etilishga doir ma’lumotlar(To‘liq bibliografiyasi ko‘rsatilsin) Mualliflar
1    “Sud-kimyo amaliyotida albendazol dori vositasini YUSSX usulida tahlil qilish”  Farmatsevtika jurnali. – Toshkent, 2016 Z.O‘.Usmanaliyeva, M.A.Tojiyev, M.Fatxullayeva
2   “Mebendazolni biologik suyuqliklardan ajratib olish va tahlili”. “Farmatsiyada ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasi” ilmiy-amaliy anjuman materiallari.– Toshkent, 2016. – B.97-98 Z.U.Usmanaliyeva, M.A.Tadjiyev, M.A.Malikova,
3   “Spektrofotometrik usulda siprofloksatsin dori vositasining miqdoriy tahlilini ishlab chiqish” Farmatsiyada ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasi” ilmiy-amaliy anjuman materiallari. – Toshkent, 2016. M.A.Tojiyev,E.I.Aliyev, Z.U.Usmanaliyeva, A.E. Aliyev, A.E Aliyeva
4   “Качественный и количественный анализ мебендазола методом тонкослойной хромотографии УФ-спектрофотометрии ” Материалы Международно и науково-практично конференции 30-31березня  2017 року м.Xаркив Рeвстрaтсийнe UkrIHTEI №620 вид 30 вересня 2016 року. –S.327-328. Z.U.Usmanaliyeva, M.A.Tadjiyev, M.A.Malikova
5 “Yupqa qatlam xromatografiyasi usulida “Sifloks” dori vositasini tahlili” “ Farmatsiyada ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasi” ilmiy-amaliy anjuman materiallari. – Toshkent, 2016. – B.87-88. M.A.Tojiyev,E.I.Aliyev, Z.U.Usmanaliyeva
6   Siprofloksatsin dori vositasini biologik ob’ektda nordonlashtirilgavn suv (A.AVasileva) usulida ajratib olish va taxlil qilish Toshkent farmatsevtika institutida 2017 y. 16-17 noyabr “Farmatsiyada fan, ta’lim va ishab chiqarishning dolzarb masalalari” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiyaga Z.U.Usmanaliyeva Tojiyev M.A. Aliyev A.E
7    Mebendazol dori vositasini suvli muxitdan ekstraksiya sharoitlarini o‘rganish Toshkent farmatsevtika institutida 2017 y. 16-17 noyabr “Farmatsiyada fan, ta’lim va ishab chiqarishning dolzarb masalalari” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiyaga Z.U.Usmanaliyeva Tojiyev M.A.
8   Флавноиды надземной части якорцев стелюшихся. Фармацевтический   журнал-2016.-№3.-S.17-21. G.K.Umarova X.M.Komilov
9   Фитохимическое надземной части якорцев стелюшихся.  Фармацевтический   журнал -2016.-№4.-S.8-12. G.K.Umarova X.M.Komilov
10 Определение белка и аминокислотного состава в сухом экстракте якорцев стелюшихся Фармацевтический   журнал -2016.-№4.-S. 18-23. G.K.Umarova X.M.Komilov
11    Er bag‘irlagan temirtikan o‘simligidan olingan quruq ekstrakt asosidagi kapsula dori turining tarkibi va texnologiyasi. Farmatsevtika jurnali-2017.-№1.-S.67-71. G.K.Umarova X.M.Komilov
12    Development of conditions of detection of alkaloids of the buxus sempervirens Talabalar ilmiy jamiyatining an’anaviy 74-ilmiy anjuman materiallari. Toshkent. 2017y. 16-17 may. -B. 101 R. Alakbarova, D.A.Zulfikariyeva
13    Aнализ алкалоидов триходесми седой хроматоспектрофотометрическим методом. Sud ekspertizani takomillashtirish yo‘llari. Xorijiy tajriba. Ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. Toshkent 2017y. 15 noyabr. -B. 81. Zulfikarieva D.A.
14    Aнализ алкалоидов триходесми седой методом ТСХ Toshkent farmatsevtika  institutida 2017 y. 16-17 noyabr kunlari bo‘lib o‘tgan “Farmatsiyada fan, ta’lim va ishlab chiqarishning dolzarb masalalari” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya materiallari.-B. 482-483 Zulfikariyeva D.A., Yuldashev Z.A.
15    Biosuyuqliklar tarkibidagi buksin alkaloidini YUQX usulida aniqlash.  Toshkent farmatsevtika  institutida 2017 y. 16-17 noyabr kunlari bo‘lib o‘tgan “Farmatsiyada fan, ta’lim va ishlab chiqarishning dolzarb masalalari” mavzusidagi ilmiy- amaliy konferensiya materiallari.-B. 480-482 Zulfikariyeva D.A., Yuldashev Z.A.
16 “Siprofloksatsin dori vositasini biologik suyuqliklardan ajratib olish va tahlil qilish” Вклад  Aбу Aли  Ибн Синo в развитие фармации и aктуалныe проблемы современнойфармацевтики.” Ilmiy-amaliy anjuman materiallari. – Toshkent, 2018. – B.169.

 

M.A.Tadjiev, Z.U.Usmanalieva, A.E.Aliev
17

 

 

Обнаружение алкалоидов триходесми седой гх-мс Ліkи –людині.

сучaсні проблеми фармокатерапії

і призначеная лікaрськиx зaсoбів

Maтeріaлi ІІІ Mіжнaрoдnoї

нaукoвo-прaктiчнoї кoнфeрenсії

У двox тoмaх

Toм 2

14-15 березня 2019року

м. Xaрків

 

Zulfikarieva D.A., YUldashev Z.A., YUsupova N.O.

 

18      Иследования в

Области стандартизации  комбинированного фитопрепарата

Ліkи – людині.

сучaсні проблеми фармокатерапії

і призначеная лікaрськиx зaсoбів

Maтeріaлi ІІІ Mіжнaрoдnoї

нaукoвo-прaктiчнoї кoнфeрenсії

У двox тoмaх

Toм 1

14-15 березня 2019року

м. Xaрків

 

Abdullabekova N.A., Abdullabekova V.N., Alimova L.N

 

19    Метод тонкослойной  xромотаграфии  в анализе  сухого экстракта  эрвы шерсистой

 

O‘simlik moddalari kimyosi institutida 2019 yil 18-19mart kunlari bo‘lib o‘tgan konferensiya. Jurnal “Xимия природных соединений” Kонференция ”Aктуалныe проблемыы xимии природных соединений”.46 bet.Toshkent-2019yil  

N.A. Abdullabekova, V.N. Abdullabekova.

20 “Изолирование и определения мебендазола из биологического материала методом ВЭЖХ” 1.      Farmatsevtika jurnali. – Toshkent, 2018. – №2.  – B.52-56.

 

Z.U.Usmanalieva, M.A.Tojiev, R.Rashitov
21 Nurell-D, Topaz pestitsidlarini ashyoviy dalillarda tahlil qilish Farmatsevtika jurnali. 2018. №1. –B. 26-30

 

D.A.Zulfiqorieva, M.I.Nurmatova, M.N. Nurmatova
22 Obcervation of Alkaloids condition in Buxus Sempervirens by the method of TLC Sud toksikologlarining xalkaro assotsiatsiyasining 54 – konferensiyasi. Ilmiy-amaliy anjuman materiallari Florida, AQSH. 2018 y. 28 yanvar -B.109.

 

D.A.Zulfiqorieva, Z.A.YUldashev, N.R.Alakbarova
23 Aнализ алкалоидов самщита вечнозеленного хромато спектрофотометрическим  методом “Abu Ali Ibn Sinoning farmatsiya rivojiga qo‘shgan xissasi va zamonaviy farmatsevtikaning dolzarb muammolari” ilmiy-amaliy konferensiya maqolalari to‘plami, Toshkent, 2018 y. -B. 172-173.

 

A.A.Sultonova . D.A.Zulfiqorieva, Z.A.YUldashev
24 Sud-kimyo аmaliyotidа sonnat dori vositasini Yuqori Samarali Suyuqlik Хromotogragiya usulida tahlil qilish “Farmatsevtika jurnali.- Toshkent, 2019. №3 Б.30-32

 

A.A.Sultonova Z.U.Usmanaliyeva М.А.Tojiyev
25 The termination of sonnat from biolojical object by GC-MS method. World Journal of Pharmacy and Pharmaceutical Sciences. Indiya, 2019. Vol.8, Issue 8. pp. 1488-1493.

 

A.A.Sultonova Z.U.Usmanaliyeva.

M.A. Tadziyev

26 Определение сонната из биологических жидкостей методом Газ-хромато-масс-спектрометрии Астана медициналық журналы №3 (101), Казахстан, 2019. стр. 234-238 A.A.Sultonova М.А. Tojiyev Z.U.Usmanaliyeva.

 

27 Изучение сохраняемость сонната в ткани печени и влияние этилового спирта на сохраняемость. “Наука, образование, инновации: апробация результатов исследований” материалы международной научно-практической конференции.-г. Нефтикамс. Башкортостан, Мир науки, 2019. Стр. 880-884.

 

A.A.Sultonova М.А. Z.U.Usmanaliyeva..
28 Методы экспертного исследования микроколичеств наркотических средств, психотропных веществ и прекурсоров с использованием хромато-масс-спектрометрии и ВЭЖХ с масс-спектрометрическим детектором»;

 

“Теория и практика судебной экспртизы и криминалистики”  в 18 сборнике научных трудов научно-исследовательского института  судебной экспертизы N.Sh.Halilova, M.U.Abdullayeva, N.V.Karablyova, V.A.Vetrova, Z.U.Usmanaliyeva
29 “Метод судебно-химического исследования микроколичеств наркотических средств с использованием ВЭЖХ с масс-спектрометрическим детектором» Республика Украина  Харьков в сборнике научных трудов  Национального фармацевтического университета, Материалы ХIII научно-практической 3 международной конференции N.Sh.Halilova M.U.Abdullayeva, N.V.Karablyova, V.A.Vetrova, F.S.Jalilov

 

Kafedrada olib borilayotgan ma’naviy – ma’rifiy ishlar

KAFEDRANING XO‘JALIK SHARTNOMALARI HAQIDA MA’LUMOT.

Toksikologik kimyo kafedrasida olib borilayotgan xo‘jalik shartnomasi

Buyurtmachi tashkilot nomi Ishlab chiqarish yoki hizmat ko’rsatish yo’nalishi (maxsulot nomi, ixtisoslashuvi va x.k.) Muammoning echimidan kutilayotgan natija Innovatsion guruh Ilmiy rahbari Bajarish muddati
1. “GOLD RAY PHARMACEUTICALS” MCHJ Mahalliylashtirilgan

xom ashyolar asosida silicon moylar ishlab chiqish

       Ishlab chiqilgan innovatsion  mahsulot   mahhaliylashtirish dasturi orqali valyutani tejash, hamda  yassioyoqlik kasalligi bilan og‘rigan bemorlarga arzon, zarasiz biriktirgichlarni ishlab chiqarishga qaratilgan. Ilmiy ish natijasida ilmiy maqola tayyorlash va patent olish Z.O`.Usmanaliyeva 2019-2020 y
2 “GOLD RAY PHARMACEUTICALS” MCHJ «Я» и «ТЫ» silikon moylarning dermato-toksikologik xususiyatini o`rganish        Ishlab chiqilgan innovatsion  mahsulot   mahhaliylashtirish dasturi orqali valyutani tejash, hamda  yassioyoqlik kasalligi bilan og‘rigan bemorlarga arzon, zarasiz biriktirgichlarni ishlab chiqarishga qaratilgan. Ilmiy ish natijasida ilmiy maqola tayyorlash va patent olish Z.O`.Usmanaliyeva 2019-2020 y

Fan dasturlari

Namunaviy oraliq va yakuniy nazorat savollari

Xodimlarning akademik profili

28.01.2020, 16:27   11154