Tibbiy va biologik fanlar kafedrasi
Nuraliyeva Xafiza Otayevna
Ilmiy darajasi va unvoni:
Lavozimi:
Kafedra mudiri
Qabul vaqti:
Dushanba-Chorshanba-Juma (9:00-15:00)
Tel.:
(0 371) 256-39-34
E-pochta:
Veb-sayt:
Kafedra tarixi
Toshkent farmatsevtika instituti rektorining 2013-yil 29-avgustdagi “Institut fakultetlari strukturasini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 361-sonli buyrug‘iga muvofiq institut fakultetlarining moddiy-texnik bazasini mustaxkamlash, turdosh fanlarni bir kafedraga birlashtirish va institut o‘quv binolaridan oqilona foydalanish maqsadida farmakognoziyava botanika kafedrasi tarkibidagi “ekologiya” fani hamda farmakologiyava klinik farmatsiya kafedrasi tarkibidagi “mikrobiologiya”, “kimyoviy mikrobiologiya”, “gigiena” va “sanoat gigienasi” fanlari ajratilib, ular asosida ekologiya va mikrobiologiya kafedrasi tashkil etildi. 2018-yil sentyabr oyidan boshlab kafedraning nomi “Tibbiy va biologik fanlar kafedrasi deb yuritilmoqda.
Yuqorida zikr etilgan fanlarning o‘qitilishi 1947 yildan boshlanganini e’tirof etgan holda, ular mikrobiologiya va gigiena kafedrasida o‘qitilgan.
Kafedra yillar davomida har xil sabablarga ko‘ra turlicha nomlanib, unga katta tajribaga ega bo‘lgan quyidagi olimlar raxbarlik qilganlar:
1047 – 1950 yillar – T.I. Medvedeva, t.f.d, professor;
1950 – 1957 yillar – M.A. Petrova, t.f.d., professor;
1957 – 1972 yillar – N.Q. Boboxodjaev, t.f.d., professor;
1972 – 1995 yillar – I.V. Raximova, t.f.d , professor;
1995 – 1997 yillar – T.N. Isaxodjaeva, t.f.n., dotsent;
1997 – 2006 yillar – M.X. Nurmuxamedova, t.f.n., dotsent;
2006 – 2007 yillar – X.U. Aliev, t.f.d., professor;
2007 – 2012 yillar – O‘.A. Axmedov, f.f.d., professor;
2012 – 2013 yillar – S.A. Saidov, t.f.d., dotsent;
2013 – 2016 yillar – A.A. Nurmuxamedov, q/x.f.n., dotsent;
2016 yildan hozirgacha – X.O. Nuralieva, t.f.n., dotsent.
Boboxodjayev N.O. | Abdullayev X.A. | Xrustov V.Ya. | Raximova I.V. | Xusainova S.A. | Bolotova M.N. |
Isadxodjayeva T.N. | Nurmuhamedova M.X. | Karimova D.S. | А.Ergashev | Nurmuhammedov A.A. | Nuraliyeva X.O. |
Kafedra mudiri haqida va erishgan yutuqlari
Nuralieva Xafiza Otaevna Toshkent Farmatsevtika Instituti Ekologiya va mikrobiologiya kafedrasi mudiri lavozimiga 2016 yildan boshlab tаyinlangan.Nuralieva Xafiza Otaevna 1964-yilda tug‘ilgan. 1989-yilda Toshkent Davlat tibbiyot instituti sanitariya gigiena fakultetini tugatgan. 1989-yildan Toshkent Davlat tibbiyot instituti ijtimoiy gigiena kafedrasida faoliyatini boshlagan. 1994-yildan 2014-yil 2-yanvargacha Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali Jamoat salomatligi va umumiy gigiena kafedrasida dotsent, kafedra mudiri lavozimlarida, 2014-yil 3-yanvardan 2014-yil 15-sentyabrgacha O‘zR SSV sanitariya, gigiena va kasb kasalliklari ilmiy tekshirish institutida katta ilmiy xodim lovazimida ishlaganlar. 2014-2015 o‘quv yilidan boshlab Toshkent farmatsevtika instituti ekologiya va mikrobiologiya kafedrasida dotsenti, 2016-yil sentyabr oyidan shu kafedraning mudiri lavozimida ishlab kelmoqdalar.
1996-yilda “Toshkent shahrida yashovchi bolalar va katta yoshdagi aholi o‘rtasida kuyishdan jarohatlanishni tibbiy-gigienik jixatdan o‘rganish va oldini olish yo‘llarini mukammallashtirish” mavzusida 14.00.33 “Jamoat salomatligi va sog‘liqni saqlashni tashkil qilish” bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan. 2001 yilda dotsentlik ilmiy unvonini olgan.
Hozirgacha ular tomonidan 116 tadan ortiq ilmiy ishlar chop etilgan bo‘lib, shundan 1 ta darslik, 14 o‘quv uslubiy qo‘llanma va qolganlari jurnallardagi maqolalar va tezislar.
Hozirgi kunda Nuraliyeva X.O. Toshkent Farmatsevtika Instituti Tibbiy va biologik fanlar kafedrasi mudiri lavozimida ishlamoqda. Farmatsiya va sanoat farmatsiyasi fakulteti talabalariga mikrobiologiya va gigiena fanlaridan o‘zbek va rus tillarida ma’ruzalar o‘qib, amaliy mashg‘ulotlar olib boryapti. U talabalarga saboqni yuqori uslubiy darajada interfaol usullarni, zamonaviy axborot resurslarini qo‘llagan holda, ma’ruzalarni esa multimediyalar orqali talabalarga tushunarli tarzda etkaza oladi. Har doim ma’ruza matnlari va amaliy mashg‘ulotlar mavzulariga doir materiallarni yangi manbalar asosida to‘ldirib boradi.
Nuraliyeva X.O. kafedra, fakultet va institut miqiyosidagi jamoat ishlarida faol.
Kafedrashu vaqtga qadar erishganyutuqlari
X.O.Nuralieva rahbarligida Tibbiy va biologik fanlar kafedrasida ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarni o‘quv jarayoniga kiritish, xorijiy va respublikamizning yetakchi ilmiy muassalari bilan hamkorlik qilish borasida bir qator yutuqlarga erishildi.
Malakali farmatsevtlar tayyorlash kafedrada olib borilayotgan o‘quv-uslubiy ishlarga bevosita bog‘liqdir. Tibbiy va biologik fanlar kafedrasida o‘quv jarayonini yanada takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar muntazam ravishda amalga oshirilib kelinmoqda: ma’ruza matnlari, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, fan dasturlari, fanlar bo‘yicha o‘quv majmualari doimo yangilanib boriladi, laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlarda yangi pedagogik texnologiyalari hamda axborot texnologiyalaridan foydalaniladi. Kafedrada ekologiya, mikrobiologiya, kimyoviy mikrobiologiya, gigiena, sanoat gigienasi fanlaridan barcha mavzular bo‘yicha ma’ruza matnlari, laboratori yava amaliy mashg‘ulotlar uchun o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar chop etildi. Bundan tashqari , kafedra qoshida mikrobiologik laboratoriya mavjud bo’lib, hozirgi kunda ushbu laboratoriyani yanada rivojlantirish bo’yicha chora tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ushbu davrdagi yana bir kattaYutuq kafedra xodimi dotsent A.A.Abzalovning erishgan yutuqlaridir.
A.A.Abzalov raxbarligida 2017-yil 15-may – 15-iyun kunlarida Moskvada o‘tkazilgan “Mejdunarodniy intellektualniy konkurs studentov, aspirantov i doktorantov” tanlovida 14ta talabalar ishtirok etdilar. Ulardan A. Dodiyev va F. Namozovlar mos ravishda 2 va 3-o‘rinlarni egalladilar. Doktorantlar guruxida esa A.A.Abzalov raxbarligidagi Toshkent Davlat agrar universite assistenti A. To‘raqulov 1-o‘rinni egallashga erishdi. Toshkent Farmatsevtika institutidan ushbu tanlovda qatnashgan professor v/b A.A. Abzalov esa talabalar ilmiy raxbarlari reytingida 1-o‘rinni olishga sazovor bo‘ldi.Shu yillar davomida u jamoat ishlarida xam faol ishtirok etdi. Masalan, Agrobiotexnologiya fakulteti o‘quv-uslubiy komissiyasi xamda institut miqyosida “Ustoz-shogird” kengashining raisi lavozimlarida xam faoliyat ko‘rsatdi.Xozirgi vaqtda u “Start v nauke” (EL № FS77-67279) va “Mejdunarodniy shkolniy nauchniy vestnik” (EL № FS77-67254) nomli xalqaro ilmiy jurnallarning taxririyat kengashi (Redaksionniy Sovet) a’zosi sifatida ham faoliyat olib bormoqda. U 2012-yilda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan soxa buyicha o‘tkazilgan “Eng yaxshi farmatsevt-ixtirochi” tanlovida faxrli 3-darajali diplom bilan taqdirlangan. O‘ziga 6 ta mamlakatlar Akademiyalarini birlashtirgan Evropa ilmiy-sanoat konsorsiumi tomonidan o‘tkazilgan turli konferensiyalardagi ma’ruzalari uchun u “Adam Smit” va “Evropa sifati” nomli oltin medallar bilan taqdirlangan. A.A.Abzalov 2015-yilda ixtirochilik soxasidagi ishlari uchun Rossiya tabiatshunoslik Akademiyasi Prezidiumi tomonidan “A.Nobel” medali bilan taqdirlangan. Respublikamiz farmatsevtika soxasi uchun yuqori malakali kadrlarni tayyorlashda ko‘p yillik, samarali mexnati bilan o‘zining munosib xissasini qo‘shib kelayotgani uchun va Toshkent Farmatsevtika instituti tashkil topganiga 75 yil to‘lishi munosabati bilan Abzalov A.A 2012-yilda “O‘ZFARMSANOAT” Davlat-aksiyadorlik konsernining faxriy yorlig‘i bilan mukofotlangan.Rossiya Tabiatshunoslik Akademiyasining ta’lim va ilm soxasidagi loyixalarini bajarishda faol qatnashganligi hamda fan taraqqiyotiga qo‘shgan xissasini inobatga olib mazkur Akademiyaning Prezidiumi tavsiyasiga muvofiq “Evropa ilmiy-sanoat konsorsiumi” (Evropeyskiy nauchno-promishlenniy konsorsium) tomonidan u “Za slujenie nauke i prosvenseniyu”, “Orden Aleksandra Velikogo” hamda “PRIMUS INTER PARES” (Perviy sredi ravnix) ordenlari bilan mukofotlangan.Fan taraqqiyotini rivojlanishiga qo‘shgan xizmatlarini e’tiborga olib mazkur Akademiya Prezidiumi A.Abzalovning ilmiy-pedagogik faoliyati xaqidagi ma’lumotlarni “Izvestnie uchenie Rossii” nomli ensiklopediyaning 12 tomiga (13-14 betlar) kiritgan. A.Abzalov bundan tashkari Xalkaro tabiatshunoslik akademiyasining “Faxriy fan doktori” ilmiy unvoni, Rossiya tabiatshunoslik akademiyasining professor ilmiy darajasi xamda “Xizmat ko‘rsatgan fan va maorif xodimi” xamda “Fan va texnika arbobi” faxrli unvonlarini olishga xam sozovor bo‘lgan. U 2017-yilda Moskvada o‘tkazilgan “Za novatorskuyu rabotu v oblasti visshego obrazovaniya” tanlovida qatnashib g‘olib bo‘ldi va oltin medal bilan taqdirlandi. Bundan tashqari A.Abzalov Moskva va Germaniyaning Frankfurt na Mayne shaxarlarida 2017 va 2018 yillarda o‘tkazilgan Xalqaro yarmarkalarda o‘zining chop etgan o‘quv va ilmiy adabiyotlari bilan qatnashib oltin medallar olishga sazavor bo‘lgan. A.Abzalov 1990-yilda “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan xalq maorifi xodimi” nomli faxriy unvonini olishga sazovor bo‘ldi.
Kafedra jamoasi institut miqyosida o‘tkazilgan barcha tashkiliy-tarbiyaviy, ma’naviy-ma’rifiy ishlarida faol ishtirok etib kelmoqda. Jumladan, 2014-yil 27-mart kuni “Soglom bola” yili Davlat dasturini amalga oshirish maqsadlda “Soglom bolani voyaga yetkazishda milliy qadriyatlarning o’rni” mavzusida bo’lib o’tgan ko’rik – tanlovida faol qatnashganligi uchun “Faxriy yorliq” bilan taqdirlandi. 2015-yil 8-iyunkuni “Keksalarni e’zozlash yili” munosabati bijan “Dorishunos –farmatsevtlarning sodiqvorislarimiz” mavzusida o’tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda faol ishtirok etdi hamda “Yoshlar hayotini eng yaxshi aks ettirgan kafedra” nominatsiyasi bo’yicha e’tirof etildi va kompyuter bilan taqdirlandi. 2017-yil 22-mart kuni Ekologiya va mikrobiologiya kafedrasi tomonidan “Butunjahon suv kuni” gabag’ishlab, institutfaollar zalida tadbir tashkil etildi. Ushbu tadbirga mehmon sifatida Innavatsion texnologiya va ekologik novatsiyalar markazi raxbari, falsafa fanlari doktori,professor Y.Sh.Shodimetov “Markaziy Osiyoning suv energetik muammolari”, Tabiatni muhofaza qilish Davlat Qo’mitasi bo’lim boshlig’i X.T.Asilbeko’va “O’zbekistonda suv siyosati va suv muammolari”, O’zbekistonda hizmat ko’rsatgan xalq ta’limi xodimi, biologiya fanlari doktori, professor T.U.Raximova “O’zbekistonda cho’llanish muammolari” mavzularida o’z ma’ruzalarini o’z ma’ruzalarini taqdim etdilar. Bundan tashqari kafedramiz ayollari 2017-yil 21-mart “Navro’z umumxalq bayrami” munosabati bilan institutda sportning “Voleybo’l” va “Estafeta” turlari bo’yicha uyushtirilgan sport musobaqasida faol ishtirok etib, faxrli 2-o’rinni egallashdi. 2017-yil “Navro‘z 2017” ko‘rik tanlovida esa Qashqadaryo viloyatiga xos zamonaviy hamda milliy qo‘shiqlari va raqslari, shuningdek, milliy taomlari va an’analarini o‘zida aks ettirgan sahna ko‘rinishi bilan faxrli o’rinni qo‘lga kiritdi.
Bu borada institut raxbarining hamda ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektorning ulkan amaliy hissalari borligini aytish joiz. So‘nggi yillardagi ishtirok etgan xalqaro hamda Respublika miqyosidagi musobaqalarimizning nufuzi va yutuqlarimiz bunga misoldir.
Kafedra jamoasi haqida batafsil ma’lumot
Bugungi kunda kafedrada 1 fan doktori, 13 ta fan nomzodi mavjud bo‘lib, ulardan 7 tasi dotsentlar, 3 tasi katta o‘qituvchi, 2 ta assistant, shuningdek 7 ta katta o‘qituvchi, va 8 ta assistent faoliyat kursatib kelmoqda. Ular ekologiya, mikrobiologiya, kimyoviy mikrobiologiya, gigiyena, fiziologiya va jismoniy tarbiya fanlaridan amaliy, laboratoriya mashg’ulotlarini olib boradilar va ma’ruzalar o’qiydilar
Bagdasarova Elmira Sergevna
Lavozimi: Kafedra professori Tel.: (0 371) 256-06-54 Tug’ilgan yili:1953-yil E-pochta:mirabagdasarova@mail.ru |
|
1977-1979 yy. – Toshkent farmasevtika instituti “Fiziologiya” kafedrasi assistenti, 1979-1981 yy. – Toshkent davlat universiteti izlanuvchi-stajori, 1981-1984 yy. – Toshkent davlat universiteti aspiranti, 1985-1986 yy. – Fiziologiya instituti kichik ilmiy xodim, 1986-1988 yy. – O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasining stajori, 1988-1992 yy. – Toshkent farmasevtika instituti “Fiziologiya” kafedrasi assistenti, 1992-2005 yy. – Toshkent farmasevtika instituti “Fiziologiya, odam anatomiyasi asoslari va patalogiya”, kafedrasi dotsenti, 2005-2007 yy. – Toshkent farmasevtika instituti “Tibbiy fanlar” kafedrasi dotsenti, 2007-2010 yy – Toshkent farmasevtika instituti “Botanika, fiziologiya va mikrobiologiya” kafedrasi, dotsenti 2010-2016 yy.–Toshkent farmatsevtika instituti “Farmakologiya va klinik farmatsiya” kafedrasi dotsenti, 2016-2018 yy.- Toshkent farmatsevtika instituti “Farmakologiya va klinik farmatsiya” kafedrasi professori, 2018-yildan – Toshkent farmasevtika instituti “Tibbiy va biologik fanlar” kafedrasi professori. |
Abzalov Akmal Abzalovich
Lavozimi:Dotsent Telefoni: +99890 348-95-48 Tug`ilgan yili: 15.11.1938-yil Elektron manzili:akmal.38@yandex.com |
|
1965-1994 yillarda Toshkent Davlat agrar universitetida (ToshDAU) dastlab assistent (1965-1978 yillar) so‘ngra esa dotsent lavozimlarida (1979-1994 yillar) ishlagan. U 1971-1981 yillarda ToshDAUda Agrokimyo va tuproqshunoslik fakulteti dekani muovini, 1982-1994 yillarda esa Agrokimyo va o‘simliklarni ximoya qilish fakultetining dekani lavozimlarida xizmat qildi. So‘ngra u Toshkent Farmatsevtika institutiga o‘tib 1994-1996 yillarda Agrobiotexnologiya fakultetini tashkil qilishda faol ishtirok etdi va uning 1-dekani, 1996-2004 yillarda esa dorivor o‘simliklar biologiyasi kafedrasida mudir va dotsent lavozimlarida xizmat qildi.A.Abzalov 2006-2009 yillarda ToshDAU ning ilmiy tadqiqotlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishladi.2010 yilning boshidan u Toshkent Farmatsevtika institutiga qaytib unda avval dotsent, 2015 yildan boshlab 2018-yil 15-fevralgacha professor vazifasini bajaruvchi lavozimida ishladi. |
Atamuradov Shamsidin Ilashevich
Lavozimi: Dosent Telefoni: +99897 760-32-44 Tug`ilgan yili: 12.12.1960-yil Elektron manzili: atamuradov@mail.ru |
|
1979 – 1981 yy. – Sadvinsovxozda ishchi, 1981 – 1988 yy. – Toshkent Davlat tibbiyot instituti talabasi, 1988 – 1989 yy. – Toshkent Davlat tibbiyot instituti epidemiologiya kafedrasida stajer, 1989- 1992 yy. Ikkinchi Toshkent Davlat tibbiyot instituti epidemiologiya kafedrasi assistenti, 1992-1993 yy. – Birinchi Toshkent Davlat tibbiyot instituti, ijtimoiy gigiena va sog‘liqni saqlash gigiena kafedrasida stajer tadqiqotchi, 1993-1996 yy. – Birinchi Toshkent Davlat tibbiyot instituti, ijtimoiy gigiena va sog‘liqni saqlash gigiena kafedrasi aspiranti, 1996-1997 yy. – Birinchi Toshkent Davlat tibbiyot instituti, ijtimoiy gigiena va sog‘liqni saqlash gigiena kafedrasi assistenti, 1997-1998 yy. – Birinchi Toshkent Davlat tibbiyot instituti, ijtimoiy gigiena va sog‘liqni saqlash gigiena kafedrasining katta o‘qituvchisi, 1998-1998 yy. – Birinchi Toshkent Davlat tibbiyot instituti, ijtimoiy gigiena va sog‘liqni saqlash gigiena kafedrasi dotsenti, 1998- 2012 yy. O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi xizmatchisi, 2013-2014 yy. – Sirg‘ali tibbiyot kolledjida o‘qituvchi, 2014- 2015 yy. OOO < Hi Tech Laboratories > rahbari. 2018 yil 02 oktyabrdan hozirgi vaqtgacha Toshkent farmasevtika instituti “Tibbiy va biologik fanlar” kafedrasi dotsenti lavozimida ishlab kelmoqda. |
Piraxunova Farida Nurmamatovna
Lavozimi:Dotsent Telefoni:+99893 516 96 70 Tug`ilgan yili:03.09.1970-yil Elektron manzili: |
|
1995-1998 yy. – Toshkent davlat agrar universiteti ilmiy -tadqiqot bo‘limida xodim lavozimida faoliyat olib borgan, 1998-2001 yy. – Toshkent davlat agrar universiteti tuproqshunoslik va agrokimyo kafedrasi assisteti, 2001-2005 yy. – Toshkent agro-tijorat kasb-xunar kolleji kasbiy ta’lim ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari, 2005-2005 yy. – Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti “Botanika va xujayra biologiyasi” kafedrasi dotsenti, 2005-2008 yy. – Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti “Tabiy fanlar” fakulteti o‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovini, 2008-2009 yy. – Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti “Botanika va xujayra biologiyasi” kafedrasi dotsenti, 2009-2014 yy. – Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti “Tabiy fanlar” fakulteti o‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovini, 2014-2016 yy. – Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti o‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i, 2016 y. – 2018 yy. – Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti “Biologiya” fakulteti dekani lavozimida faoliyat olib borgan, 2018 yildan h.v. gacha – Toshkent farmasevtika instituti “Tibbiy va biologik fanlar” kafedrasi dotsenti lavozimida ishlab kelmoqda. |
Khashirbarva Dinora Makkambaevna
Lavozimi: Dotsent Telefoni:+99890 947-29-29 Tug`ilgan yili: 02.01.1978-yil Elektron manzili: dkhashirbaeva@mail.ru |
|
1995-2001 yy. – 2-chi Toshkent Davlat tibbiyot instituti talabasi, 2002-2005 yy. 2-chi Toshkent Davlat tibbiyot instituti aspiranti, 2005-2006 yy. Toshkent tibbiyot akademiyasi kommunal va mehnat gigienasi kafedrasi assistenti, 2006-2013 yy. shu kafedrasining katta o‘qituvchisi, 2013-2014 yy. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Sanitariya, gigiena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti – katta ilmiy xodimi, 2014- 2015 yy. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Sanitariya, gigiena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy kotibi, 2015 -2018 yy. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Sanitariya, gigiena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti katta ilmiy xodim-izlanuvchi, 2018-2018(avgust). O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Sanitariya, gigiena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy kotibi, 2018 (avgust) – 2019 (may). O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Sanitariya, gigiena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti direktori, 2019 yil 04 sentyabrdan hozirgi vaqtgacha Toshkent farmasevtika instituti “Tibbiy va biologik fanlar” kafedrasi dotsenti lavozimida ishlab kelmoqda. |
Qodirova Dildora Ergashbayevna
Lavozimi:Katta o`qituvchi Telefoni:+99890 984-64-38 Tug`ilgan yili:30.09.1972-yil Elektron manzili:dildora.qodirova.72@mail.ru |
|
1996-2008 – yillar oralig`ida “Sanitariya, gigiyena va kasalliklari” ilmiy tekshirish institutida ilmiy xodim sifatida faoliyat olib bordi. 2008 – yildan boshlab 2010 – yilgacha Toshkent Farmatsevtika Instituti “Botanika, Fiziologiya va Mikrobiologiya” kafedrasida katta o`qituvchi bo`lib, 2010-2012 – yillarda “Botanika va Mikrobiologiya” kafedrasida katta o`qituvchi, 2012-2013 – yillarda esa shu institutni “Farmakologiya va Klinik Farmatsiya” kafedrasida katta o`qituvchi bo`lib xizmat qildi.Hozirda vaqtda esa “Tibbiy va biologik fanlar” kafedrasida katta o`qituvchi sifatida faoliyat yuritmoqda. |
Boltayeva Klara Shamuratovna
Lavozimi: Katta o`qituvchi Telefoni: +998 97 781-03-28 Tug`ilgan yili: 29.01.1963-yil Elektron manzili: vip.boltayeva@mail.ru |
|
Toshkent Davlat Meditsina Instituti “Mikrobiologiya, Immunologiya va Virusologiya” kafedrasida 1988-1993 – yillarda assistent bo`lib xizmat qildi. 1993-1996 – yillarda Toshkent Davlat Meditsina Institutining klinika baklaboratoriyasida Vrach-Bakteriolog lavozimida faoliyat yuritdi.Keyingi 5 yil mobaynida BoltaevaK.Sh. Toshkent shahrida xususiy tadbirkor-hunarmandchilik bilan shug`ullandi. 2001 – yilda Toshkent Davlat Meditsina Akademiyasi “Mikrobiologiya, Immunologiya va Virusologiya” kafedrasida 2007 – yilgacha assistentlik qildi. 2007 – yildan boshlab Toshkent Farmatsevtika Instituti “Fiziologiya va Mikrobiologiya” kafedrasida assistant lavozimida o`z faoliyatini boshladi. 2011 – yilda dotsent lavozimiga ko`tarildi va bir yil mobaynida “Botanika va Mikrobiologiya” kafedrasida ish olib bordi. 2012-2013 – yillarda Toshkent Farmatsevtika Instituti “Farmakoligiya va Klinik farmatsiya” kafedrasi dotsenti bo`ldi. 2013 – yilning sentyabr oyidan 2014 – yilning 9 – yanvarigacha “Ekologiya va Mikrobiologiya” kafedrasida assistant sifatida yarim stavkada ishladi. Keyin esa 2014 – yil 2 – sentabrgacha to`liq stavkada faoliyat yuritdi. 2014 – yil sentabrdan to hozirgi kungacha “ Tibbiy va biologik fanlar ”kafedrasida katta o`qituvchi bo`lib ishlab kelmoqda. |
Rajapov Alisher Jumaboevich
Lavozimi: Kafedra 0.5 katta o‘qituvchisi. Tel.:+99890 962-33-77 Tug’ilgan yili: 1973-yil E-pochta: |
|
1995-1996 yy. – Toshkent shaxar 215-o‘rta maktab biologiya fani o‘qituvchisi, 1996-1998 yy. – Qoraqolpog‘iston respublikasi Amudaryo tumani 80-sonli maktab Biologiya fani o‘qituvchisi, 1998-2004 yy. – Toshkent farmasevtika instituti “Tibbiy fanlar” kafedrasi laboratoriya mudiri va assistent, 2004-2012 yy. – Toshkent farmasevtika instituti Sanoat farmatsiyasi fakulteti dekani muovini, 2012 – 2018 yy. – Toshkent farmasevtika instituti “Farmakologiya va klinik farmatsiya” kafedrasi assistenti, 2018-dan – Toshkent farmasevtika instituti “Tibbiy va biologik fanlar” kafedrasi asistenti |
Abduraxmanova Alla Akmalevna
Kafedra katta o‘qituvchisi Tel.:(0 371) 256-06-54 Tug’ilgan yili:1964-yil E-pochta: |
|
1985-1986 yy. – 18 – kasb-xunar texnika bilim yurti komsomol komiteti sekretari, 1986-1989 yy. – Toshkent injener va transport institutida “Jismoniy tarbiya” o‘qituvchisi, 1989-1992 yy. – Toshkent Politexnika institutida “Jismoniy tarbiya” o‘qituvchisi, 1995-1997 yy. – Toshkent Politexnika instituti qoshidagi ayollar kollejida o‘qituvchi, 2005-2010-2011 yy. – Toshkent farmasevtika institutining “Jismoniy tarbiya” kafedrasi o‘qituvchisi, 2011-2018 yy.– Toshkent farmasevtika instituti “Farmakologiya va klinik farmatsiya” kafedrasi katta o‘qituvchisi, 2018-yildan – Toshkent farmasevtika instituti “Tibbiy va biologik fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi |
Qosimova Visola Sagdullayevna
Kafedra katta o‘qituvchisi Tel.:(0 371) 256-06-54 Tug’ilgan yili:1976-yil E-pochta: |
|
1995-1999 yy. – Toshkent Mirzo Ulug‘bek tumani 279 – maktab o‘qituvchisi, 1999-2008 yy. – Shayxontohur tumani 137 – maktab o‘qituvchisi, 1999-2008 yy. – Shayxontohur tumani 137 – maktab o‘qituvchisi, 2008-2011 yy. – Toshkent farmasevtika instituti “Jismoniy tarbiya” kafedrasi o‘qituvchisi, 2011-2018 yy. – Toshkent farmasevtika instituti “Farmakologiya va klinik farmatsiya” kafedrasi o‘qituvchisi, 2018-yildan – Toshkent farmasevtika instituti “Tibbiy va biologik fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi |
Kostrikova Irina Vasilevna
Kafedra katta o‘qituvchisi. Tel.:(0 371) 256-06-54 Tug’ilgan yili:1966-yil E-pochta: |
|
1987-1991 yy. – Toshkent meditsina institutida jismoniy tarbiya o‘qituvchisi, 1991-2011 yy. – Toshkent farmasevtika instituti “Jismoniy tarbiya” kafedrasi katta o‘qituvchisi, 2011-2018 yy. – Toshkent farmasevtika instituti “Farmakologiya va klinik farmatsiya” kafedrasi katta o‘qituvchisi, 2018 dan – Toshkent farmasevtika instituti “Tibbiy va biologik fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi |
Shakirova Dinora Ne’matovna
Lavozimi:Assistent Telefoni:+99890 972 49 91 Elektron manzili:shakirovad@gmail.com Tug`ilgan yili:30.11.1976-yil |
|
1999 – yilda Sh.D.Ne’matovna Ikkinchi Toshkent Davlat tibbiyot oliygohini tamomlab, Toshkent viloyati metallurgiya va mashinasozlik sanoati kasaba uyushma qo`mitasi vrachi bo`lib 2000 – yilgacha ishladi. So`ng u Sobir Rahimov tuman davlat sanitariya epidemiologiya nazorat markaziga o`tib bir muddat vrach epidemiolog sifatida faoliyat yuritdi. 2000 – 2013 yillar oralig`ida Olmazor tuman Davlat Sanitariya Epidemiologiya Nazorat Markazi ovqatlanish gigiyena bo`linmasida sanitariya vrachi lavozimida ish yuritdi. 2013- yildan 2014 – yilgacha Olmazor tuman Davlat Sanitariya Epidemiologiya Nazorat Markazi ekologiya va aholi salomatligini ximoya qilish bo`limi mudiri bo`lib ish olib bordi. 2014 – yildan hozirgi vaqtga qadar Toshkent Farmatsevtika Instituti “ Tibbiy va biologik fanlar ” kafedrasi assistenti sifatida faoliyat yuritmoqda. |
Madaminova Matlyuba Axmetovna
Lavozimi:Assistent Telefoni:+99890 909 65 87 Elektron manzili:matlyuba_86@mail.ru Tug`ilgan yili: 01.09.1986-yil |
|
M.M.Axmetovna 2005 – yilda Toshkent Pediatriya Institutining Nukusdagi filialiga o`qishga qabul qilingan va u yerni 2011 – yili tamomlagan. Institutni tamomlab u shu yilning o`zida Toshkent Tibbbiyot akademiyasiga magistraturasiga o`qishga kiradi. U yerda 2 yil davomida taqsil oladi. 2012-2013 – yillarda Toshkent shahar Olmazor tumani DSENM epidemiolog vrach lavozimida faoliyat olib boradi. 2013 – yilda esa Toshkent Farmatsevtika Institutining “ Tibbiy va biologik fanlar ” kafedrasiga assistent bo`lib ishga qabul qilinadi. |
Kariyeva Manzura Tulkunovna
Lavozimi:Assistent Telefoni:+998 93 516 15 35 Elektron manzili:kmanzura@yandex.ru Tug`ilgan yili:10.04.1964-yil |
|
1988-1990 yy. – Toshkent Davlat Tibbiyot instituti ijtimoiy gigiena kafedrasi assistenti, 1990-1993 yy. – Jizzah shahar 1-son poliklinikasi, vrach-infeksionist, 1993-1995 yy. – 2-ToshDavTI ijtimoiy gigiena kafedrasida assistent, keyinchalik katta o‘qituvchi, 1995-2000 yy. – Dermatologiya va venerologiya Ilmiy-tekshirish instituti, kichik ilmiy xodim, 2000-2008 yy. – Toshkent pediatriya tibbiyot instituti sog‘liqni saqlashni tashkil qilish va boshkarish kafedrasi assistenti, keyinchalik katta o‘qituvchi, 2008-2018 yy. – Toshkent tibbiyot kolleji umumkasbiy fanlar kafedrasi o‘qituvchi, keyinchalik katta o‘qituvchi va yetakchi o‘qituvchi lavozimida ishlab kelgan. Hozirgi vaqtda esa Toshkent farmastvtika institutining “Tibbiy va biologik fanlar” kafedrasida assistant lavozimida faoliyat yuritmoqda |
Maqsudova Saboxat Abitxanovna
Lavozimi: Kabinet mudiri, assistent Telefoni: +998 90 805 60 75 Elektron manzili:– Tug`ilgan yili:29.12.1977-yil |
|
Maqsudova S.A. 1994 – yildan 1999 – yilgacha Toshkent Farmatsevtika Institutida taqsil oldi. Institutni tamomlab 1999 – yilning so`ngiga qadar mazkur oliygohning “Dorivor o`simliklarni o`stirish texnologiyasi” kafedrasida katta laborant sifatida tajriba orttirdi. 2000 – yilning fevral oyida u assistent lavozimiga ko`tarildi va 2005 – yilning mart oyigacha faoliyat olib bordi. 2012 – 2013 yillar oralig`ida Toshkent Farmatsevtika Instituti “Biotexnologiya” kafedrasida laboratoriya mudiri bo`lib ishladi. 2013 – yilning sentabr oyidan hozirgi vaqtgacha Toshkent Farmatsevtika Intituti “Tibbiy va biologic fanlar” kafedrasida laboratoriya mudiri va assistent bo`lib ishlab kelmoqda. |
Babaxanov Otabek Omarovich
Lavozimi: Kafedra assistenti Tel.:+998 90 182-08-82 Tug’ilgan yili:1973-yil E-pochta: |
|
1992-1998 yy. – 2-Toshkent Tibbiyot instituti davolash fakulteti talabasi. 1998-2001 yy. – 2-Toshkent Tibbiyot instituti o‘quv tajriba laboratoriyasi kichik ilmiy xodimi. 2001-2004 yy. – 2-Toshkent Tibbiyot instituti katta ilmiy xodimi. 2004-2007 yy. – NIIG donarlik bo‘limi terapevti. 2008-2011 yy. – Tez tibbiy yordam bo‘lim mudiri № 1 bo‘lim. 2011-2016 yy. – Tez tibbiy yordam bo‘lim mudiri № 7 bo‘lim. 2017-2018 yy. Toshkent farmatsevtika instituti Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasi assistenti. 2018 yy. h.v Toshkent farmatsevtika instituti “Tibbiy va biologik fanlar” kafedrasi dotsenti. |
Ibragimova Shoira Abdunabiyevna
Lavozimi: Assistent Telefoni: +99890 353-95-75 Tug`ilgan yili: 08.11.1973-yil Elektron manzili: sh73ibr@gmail.com |
|
1997 – 1999 yy. – Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti qoshidagi neonatologiya kafedrasi ordinatori, 1999 – 2019 yy. – P.F. Borovskiy nomli tibbiyot kollejining Pediatriya fani o‘qituvchisi, 2019 yilning 06 sentyabrdan Toshkent farmatsevtika instituti Tibbiy va biologik fanlar kafedrasi assistent lavozimida ishlab kelmoqda. |
Masharipova Mamlakat Satiboldiyevna
Lavozimi: Assistent Telefoni: +99899 800-70-67 Tug`ilgan yili: 29.08.1979-yil Elektron manzili: masharipova@mail.ru |
|
2004-2008 yy. – TTA Urganch filiali “UASH” tayyorlash kafedrasi assistenti, 2008–2018 yy. – ToshVMOI “UASH MO” kafedrasi assistenti, 2018 yilning 20 noyabrdan hozirgi vaqtgacha Toshkent farmasevtika instituti “Tibbiy va biologik fanlar” kafedrasi assistent lavozimida ishlab kelmoqda. |
Kasimova Nodira Maxamadjanovna
Lavozimi: Assistent Telefoni: +99897 766-79-31 Tug`ilgan yili: 28.12.1969-yil Elektron manzili: nodrakasimova@gmail.com |
|
1987-1988 yy. – 6-sonli SHahar kasalxonasi kichik tibbiy xodim, 1990-1998 yy. – I Respublika klinik kasalxonada o‘rta tibbiy xodim, 1998-2019 yy. – P.F. Borovskiy nomli tibbiyot kollejida o‘qituvchi. 2019 yil 04 sentyabrdan hozirgi vaqtgacha Toshkent farmasevtika instituti “Tibbiy va biologik fanlar” kafedrasi assistent lavozimida ishlab kelmoqda. |
Raximova Yaqitjon Azimovna
Lavozimi: Assistent Telefoni: +99890 806-07-46 Tug`ilgan yili: 30.03.1989-yil Elektron manzili: rahimova3003@bk.ru |
|
2012-2019 yy. – MCHJ “Remedy Group” qo‘shma korxonasi sifat nazorati bo‘limi ximik nazoratchisi, 2019 yil 04 sentyabrdan hozirgi vaqtgacha Toshkent farmasevtika instituti “Tibbiy va biologik fanlar” kafedrasi assistent lavozimida ishlab kelmoqda. |
Achilova Jamila Akramovna
Lavozimi: Assistent Telefoni: +99897 700-43-82 Tug`ilgan yili: 27.07.1990-yil Elektron manzili: achilova@mail.ru |
|
2017-2018 yy. “IMMUNOPLANT” oilaviy korxona rahbari. 2018 yil 01 noyabrdan hozirgi vaqtgacha Toshkent farmasevtika instituti “Tibbiy va biologik fanlar” kafedrasi assistent lavozimida ishlab kelmoqda. |
Kafedrada olib borilayotgan o’quv-uslubiy faoliyat haqida ma’lumot
Tibbiy va biologik fanlar kafedrasida Farmatsiya fakulteti farmatsiya va kasb-ta’limi yo’nalishlari hamda Sanoat farmatsiya fakulteti sanoat farmatsiya, biotexnologiya va metrologiya yo’nalishlari 1, 2 va 3 kurs talabalariga ekologiya, mikrobiologiya, kimyoviy mikrobiologiya, gigiyena, fiziologiya, patologiya, valeologiya, jismoniy tarbiya, o’simliklar fiziologiyasi va biokimyosi, fanlaridan amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari hamda ma’ruzalar olib boriladi.
Farmatsiya fakulteti 3-kurs talabalari uchun mikrobiologiya fanidan 2015-yilda “Virusli kasalliklar” 40 nusxada, 2014-yilda “Mikrobiologiya” 30 nusxada o‘quv-uslubiy qo‘llanmalari, 2016-yilda “Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiyadan atlas” 30 nusxada, 2016-yilda “Uchebno- metodicheskoe posobie k prakticheskim zanyatiyam po ximicheskoy mikrobiologii dlya studentov 3 kursa po spetsialnosti promыshlennoy farmatsii, biotexnologii farmatsevticheskogo instituta” 15 nusxada chop etildi. Sanoat farmatsiya fakulteti 2-kurs talabalari uchun 2014-yilda rus tilida 2ta o‘quv qo‘llanma “Uchebno–metodicheskoe posobie po promishlennoy gigiyene” 25 nusxada, “Uchebno-metodicheskoe posobie k prakticheskim zanyatiyam po promыshlennoy gigiene” 20 nusxada, 2015-yilda “Toshkent farmatsevtika instituti sanoat-farmatsiya fakulteti talabalari uchun sanoat gigienasi fanidan o‘quv-uslubiy qo‘llanma” 30 nusxada, 2015-yilda “Gigiena va sanoat gigienasi fanlaridan interfaol o‘yinlar to‘plami” farmatsiya va sanoat farmatsiyasi fakulteti talabalari uchun o‘quv uslubiy qo‘llanma 30 nusxada chop etildi. Ekologiya fanidan 2014-yilda “Uchebno – metodicheskoe posobie po ekologii” (dlya bakalavriatov po vsem napravleniyam) 25 nusxada o‘quv qo‘llanma chop etildi. Kafedrada o‘qitiladigan barcha fanlar bo‘yicha elektron darsliklar tayyorlangan bo‘lib, farmatsevtika ishini tashkil qilish kafedra kutubxona majmuasi tayyorlangan va «Ziyo-NET» internet tarmog‘iga joylashtirilgan.
Kafedra bakalavriat ta’lim yo’nalishi:
5510500 – Farmatsiya (Farmatsevtik tahlil)
5510500 – Farmatsiya (Klinik farmatsiya)
5111000 –Kasb ta’limi (5510500 – Farmatsiya (Farmatsevtika ishi))
5510600- Sanoat farmatsiyasi (dori vositalari)
5320500- Biotexnologiya (Farmatsevtik biotexnologiya)
5310901- Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (dori vositalari)
5510600- Sanoat farmatsiyasi (Farmatsevtik biotexnologiya)
Kafedrada o’qitiladigan fanlar:
Bakalavriat
1.Ekologiya (1,2 kurs)
2.Mikrobiologiya (Farmatsiya fakulteti 3-kurs)
3.Gigiena (Farmatsiya fakulteti 2-kurs)
4.Kimyoviy mikrobiologiya (Sanoat farmatsiya fakulteti 3-kurs)
5.Valeologiya
6.Jismoniy tarbiya
7.O’simliklar fiziologiyasi
8.Fiziologiya
9.Patologiya
Fiziologiya fanidan Farmatsiya, Kasbiy ta`lim yo‘nalishi 2018-2019 o‘quv yili uchun ma’ruza rejasi
Fiziologiya fanidan Sanoat farmatsiyasi yo‘nalishi 2018-2019 o‘quv yili uchun ma’ruza rejasi
Fiziologiya fanidan Metrologiya yo‘nalishi 2018-2019 o‘quv yili uchun ma’ruza rejasi
Fiziologiya fanidan Metrologiya yo‘nalishi 2018-2019 o‘quv yili uchun amaliy mashg’ulotlar rejasi
Fiziologiya fanidan Biotexnologiya yo‘nalishi 2018-2019 o‘quv yili uchun ma’ruza rejasi
Fiziologiya fanidan Biotexnologiya yo‘nalishi 2018-2019 o‘quv yili uchun amaliy mashg’ulotlar rejasi
Patologiya fanidan 2018-2019 o‘quv yili uchun ma’ruzalar rejasi
Patologiya fanidan 2018-2019 o‘quv yili uchun amaliy mashg’ulotlar rejasi
Kafedrada olib borilayotgan ilmiy ishlar haqida batafsil ma’lumot
Tibbiy va biologik fanlar kafedrasida keng ko‘lamda ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Kafedra xodimlari tomonidan 2013-yildan hozirgi kunga qadar 115 dan ziyod ilmiy ishlar chop etilgan bo‘lib, shulardan 3 tasi monografiya (2 tasi Germaniyada chop etilgan), 6 ta patent, 2 ta mualliflik guvohnomasi, 4 ta darslik va 9 ta o‘quv qo’llanmalar, va 35 ta dorivor o‘simliklarni etishtirish bo‘yicha tavsiyanomalar chop etilgan. Mazkur tavsiyanomalar “Shifobaxsh” ilmiy ishlab chiqarish markaziga qarashli ixtisoslashgan xo‘jaliklarda dorivor o‘simliklarni etishtirishda qo‘llanilmoqda. Bulardan tashqari, 80 ga yaqin maqola va tezislar chop etilgan bo‘lib, shulardan 30 ga yaqin chet el va MDX davlatlari jurnallarida chop etilgan.
Kafedraning ilmiy-tadkikot ishlari asosan ekologiya bo‘limida dorivor o‘simliklarni yetishtirish texnologiyasini o‘rganishga, mikrobiologiya bo‘limida dorivor o‘simliklarning mikrobiologik faolligini o‘rganishga, gigiena bo‘limida esa ishlab chiqarishdagi salbiy omillar ta’sirini, ovqatlanish gigienik me’yorlari hamda bolalar va o‘smirlar gigienasini o‘rganishga qaratilgan. 2013-yildan hozirgi kunga qadar quyidagi ilmiy ishlar olib borilgan:
Tibbiy va biologik fanlar kafedrasi mudiri, dotsent X.O.Nuraliyeva “O‘tkir bakterial kon’yunktivitlar mikrobiologik tashhisiga zamonaviy qarashlar”
– Tibbiy va biologik fanlar kafedrasi mudiri, dotsent X.O.Nuraliyeva “Shalfey (Salviya) O‘simligidan tayyorlangan quruq ekstraktning mikroblarga qarshi faolligini aniqlash”
– Dotsent. A.A.Abzalov “Tikanli artishokni yetishtirish texnologiyasini ishlab chiqish”
-Dotsent. A.A.Abzalov “O’zbekistonda yetishtirilayotgan tikanli artishok (Cynarascolymus L.) xomashyosi asosida gepatoprotektor va o’t haydovchi ta’sirga ega bo’lgan yangi dori preparatlarni olish texnologiyasini ishlab chiqish va standartlash”
– Dotsent. A.A. Abzalov “Ekish sxemasi va suv rejimining tikanli artishokni o‘sishi, rivojlanishi, xosildorligi va undagi biofaol moddalarning biosinteziga ta’siri”
– Dotsent. A.A. Abzalov “Tikanli artishokning o‘sishi, rivojlanishi, xosildorligi va uning xomashyosidagi biologik faol moddalarning miqdoriga Mova Zn mikroelementlarining ta’siri”
– Dotsent A.A.Abzalov “Tikanli artishok nafas olishi samaradorligini (energetikasi) o‘rganish”
– dotsent A.A.Nurmuxammedov “Tikanli artishok yetishtirilayotgan plantatsiya tuproqlarining agrokimyoviy xossalarini o’rganish”
– dotsent A.A.Nurmuxamedov “Dorivor rozmarin va dorivor mavrak o‘simliklari o‘stirilayotgan tuproqlarning tarkibini o‘rganish”
– dotsent Z.R.Fayzullaeva “Chakamug‘ o‘simligidan tayyorlangan ekstraktning mikrobiologik faolligini o‘rganib tibbiyotga tadbiq qilish.”
– dotsent FayzullaevaZ.R. va assistant D.N.SHakirova“Tikanli artishok fitomoyining mikrobiologik faolligini o‘rganish”
– katta o‘qituvchi D.E.Qodirova “Qizilmiya ildizi, tubulg‘ibargli bo‘ymadaronguli va kiyik o‘ti yer ustki qismi o‘simliklaridan tayyorlangan urologik yig‘ma quruq ekstraktning mikroblarga qarshi faolligini aniqlash.”
– katta o‘qituvchi D.E.Qodirova“Nefrolitik yig‘ma quruq ekstraktining mikroblarga qarshi faolligini aniqlash» .
– katta o‘qituvchi F.M.Dusmuratova “Labguldoshlar oilasiga xos bo‘lgan ba’zi dorivor o‘simliklarning keyingi vegetatsiya yillaridagi bioekologik ko‘rsatkichlari”
– K.Sh.Boltaeva “Poligonum (goretsptichiy) o‘simligidan tayyorlangan quruq ekstraktning mikroblarga qarshi faolligini aniqlash.”
– katta o‘qituvchi K.Sh.Boltayeva “Ocimumbasilicum (oddiyrayxon) o‘simligi efir moyining mikroblarga qarshi faolligi»
-katta o‘qituvchi K.Sh.Boltayeva “AervaLaneta (pol – pola) o‘simligi asosida olingan kumush nanozarralarini saqlagqan sustantsiyaning mikrobiologik faolligini aniqlash.”
– assistant D.N.Shakirova “Qizilmiyaildizi, tubulg‘ibargli bo‘yma daronguli va kiyik o‘ti yerustki qismi o‘simliklaridan tayyorlangan urologik yig‘ma damlamasining mikroblarga qarshi faolligini aniqlash”
– assistant D.N.Shakirova “Gulxayri ildizi, ko’ka bargi, tog’rayxon yer ustki qismi o’simliklaridan tayyorlangan bajgam ko’chiruvchi yig‘ma damlamasining mikroblarga qarshi faolligini aniqlash”
– assistent M.A.Madaminova “Gulxayri ildizi, ko’ka bargi, zubturum bargi o’simliklaridan tayyorlangan bajgam ko’chiruvchi yig‘ma damlamasining mikroblarga qarshi faolligini aniqlash”
Kafedrada olib borilayotganma’naviy–ma’rifiy ishlar haqida batafsil ma’lumot.
Ekologiya va mikrobiologiya kafedrasida ma’naviy-ma’rifiy ishlar institut rejasiga ko’ra amalga oshiriladi. Kafedra ma’naviy-va’rifiy ishlar bo’yicha mutassadi etib 2018-yilning mart oyidan D.N.Shakirova tayinlangan. Kafedrada 4 ta o’qituvchi murabbiylik faoliyati bilan shug’ullanadi. Jumladan, F.M.Dusmuratova Sanoat farmatsiya fakulteti 1-kurs 1/1,1/2-guruhlarida, K.Sh.Boltaeva Sanoat farmatsiya fakulteti 1-kurs 7/1, 7/2-guruhlarida, D.N.Shakirova Sanoat farmatsiya fakulteti 1-kurs 3/1, 3/2-guruhlarida, M.A.Madaminova Sanoat farmatsiya fakulteti 1-kurs 2/1, 2/2-guruhlarida murabbiylik faoliyatini amalga oshiradi.Ekologiya va mikrobiologiya kafedrasiga “Talabalar turar joyi”ning 3-qavatida joylashgan 50-59 xonalar biriktirilgan bo’lib, bu xonalarda yashaydigan talabalar bilan muntazam ravishda kafedra pedagog xodimlari ishtirokida tashkiliy-tarbiyaviy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilib kelinadi. Shuningdek, kafedraga biriktirilgan yer uchastkasida yillar davomida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda.
2017-2018 o’quv yili davomida kafedrada quyidagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar amalga oshirildi:
Sentyabr oyida
2017-yilning sentyabr oyida kafedra professor – o‘qituvchilari tomonidan birinchi dars “Mustaqillik darsi” ni o‘tishdan va mustaqillik bayrami oldidan bildirilgan ezgu g‘oyalarbilan boshlandi. Shu sababli davra suhbatini nomini ulug‘ rahbarimizning Vatanimiz ravnaqi, xalqimiz oldidagi buyuk xizmatlarini yodga olish maqsadida “Xotira darsi” deb ataldi. So‘ngra bu yilgi mustaqillik bayrami shiori “Fidoying bo‘lgaymiz seni O‘zbekiston” mavzusida ham davra suhbatlari o‘tkazildi.
Sentyabr oyining keyingi haftalarida akadem guruhlarda mashg‘ulotlar davomida kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909 sonli “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 2017-yil 27-iyuldagi PQ-3151-sonli “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”giqarorlar bo‘yicha ma’lumotlar etkazildi.
Talabalar turar joyidagi 50-57 xonalarda yashovchi talabalar bilan 5-sentyabr kunikafedra xodimlari tomonidan reja asosida uchinchi qavatdagi “Ma’naviyat xona”sida suhbat tashkil etildi. Davra suhbatida kafedra dotsenti Z.R.Fayzullayeva so‘zladi. Davra suhbati “Mustaqillik darsi”ga bag‘ishlandi va mustaqillik bayrami oldidan bildirilgan ezgu g‘oyalar bilan boshlandi.
Suhbatdan so‘ng kafedra xodimlari 50-59 xonalarda yashovchi talabalar o‘rtasida reja asosida uchinchi qavatdagi “Ma’naviyat xona”sida Birinchi kurs talabalarini institut Talabalar turar joyidagi mavjud shart-sharoitlarga ko‘niktirish, adaptatsiya jarayonini samarali tashkil etish mavzusida suhbat o‘tkazdilar. Kafedra rejasiga asosan talabalar turar joyidagi navbatdagi ma’anaviy ma’rifiy ishlar 2017-yilning 19-sentyabr kuni tashkil etildi. Kafedra dotsenti Z.R.Fayzullayeva talabalar turar joyidagi 50-59 xonalarda yashovchi talaba-qizlar bilan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tavsiya etilgan “Oliy ta’lim muassasalarining odob va axloq qoidalari” bo‘yicha keng tushuntirish ishlari olib bordi.
Rejaga asosan kafedra assitenti M.P.Djuraeva talabalar bilan “Vatanparvarlik o‘lka tarixini o‘rganishdan boshlanadi” mavzusida davra suhbati o‘tkazdi. Vatanimiz juda ham serqirra tarixga egadir. Kafedra mudiri, dotsent X.O.Nuraliyeva esa talaba-qizlar bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-sondi qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 27-iyuldagi PQ-3151-sonli qarori mazmuni va mohiyati haqida tushuntirishishlari olib bordi.
Kafedra murabbiylari tomonidan “Axborot va murabbiylik soatlari” mashg‘ulotlari uchun namunaviy ish rejasiga asosan sentyabr oyining birinchi haftasida “Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston”, “Tinchlik-osoyishtalik – farovon hayotimiz asosi” 15 sentyabr – “Xalkaro tinchlik kuni”ga bag‘ishlab, “Buyuk ajdodlarga ehtirom” mavzusida, “Oltnn kuz nematlari” 22-23 sentyabr – kuzgi teng kunlik – “Mehrjon” bayrami munosabati bilan davra suhbatlari tashkil etildi.
Dusmuratova F.M. Sanoat farmatsiya 1-kurs 3/1, 3/2-guruxi bilan fotolavhasi.
Institut tomonidan 2017-yil sentyabr oyi uchun berilgan ma’naviyat kuni rejasiga asosan kafedra murabbiylari “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” ning mohiyati va ahamiyati mavzusida suhbat o‘tkazishdi. Suhbatdan so‘ng kitob olami do‘koniga tashrif buyurdilar.
Madaminova M.A Sanoat farmatsiya yo‘nalishi 1-kurs 2/1 va 2/2-gurux talabalari bilan fotolavhasi.
Oktyabr oyida:
2017-yilning oktyabr oyida Ekologiya va mirobiologiya kafedrasining professor-o‘qituvchilari tomonidan kafedraning ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasiga asosan bir qator chora tadbirlar amalga oshirildi. Jumladan, akadem guruhlarda mashg‘ulotlar davomida o‘qituvchilar talabalar bilan “Harakatlar strategiyasi maqsad va vazifalarini” talaba-yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilib, tushuntirish ishlari olib borildi. Bundan tashqari kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan mashg‘ulotlar davomida 1-oktyabr – “O‘qituvchi va murabbiylar kuni”ga bag‘ishlab “Ustozlarni qadrlaymiz” mavzusida davra suhbatlari o‘tkazildi. Oktyabr oyining keyingi haftalarida kafedra prfessor-o‘qituvchilari tomonidan “Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora tadbirlar Dasturi”da belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida talaba-yoshlar bilan davra suhbatlari o‘tkazdilar.
Ekologiya va mikrobiologiya kafedrasi professor o‘qituvchilari tomonidan talabalar turar joyida 2017-yilning oktyabr oyi ham bir qator ma’naviy – ma’rifiy ishlar olib borildi. Jumladan, 10-oktyabr kuni TTJ 3-kavatidagi 50-59 xonalarda yashovchi talabalarni ma’naviyat xonasiga taklif etildi. Rejaga asosan kafedra assistenti S.A.Maksudova talabalar bilan yo‘l qoidalari, avtotransport vositalaridan foydalanish hamda ularni boshqarish tartiblari to‘g‘risida davra suhbati o‘tkazdi: “Yo‘l qoidasi-umr foydasi” deganlaridek, har bir talaba bu qoidalarga juda qattiq amal qilishi kerak. Navbatdagi 1-oktyabr – Ustoz va murabbiylar kuniga bagishlab “Ustozlarni kadrlaymiz” mavzu bo‘yicha talabalar bilan M.A.Madaminova suxbat o‘tkazdi.
So‘ngra kafedramiz xodimlari “Eng tartibli va ozoda xona” tanlovini o‘tkazish uchun 3-qavatda joylashgan 50-59 xonalarni nazoratdan o‘tkazdilar. Ushbu tanlov asosida 55-xona talablarga javob berdi. Ushbu xonada Farmatsiya fakulteti kasb ta’limi yo‘nalishi 2-kurs 7/1-kurs talabalari O‘razova Dildora va Baxronova Guljaxon yashaydi.
2017-yil 24-oktyabr kuni Ekologiya va mikrobiologiya kafedrasi xodimlari navbatdagi yig‘ilishni o‘tkazdilar. Kafedra katta o‘qituvchisi F.M.Dusmuratova talaba qizlar bilan “Kiyinish madaniyati”ruknida milliy liboslarning yangi talqiniga bag‘ishlangan” davra suxbati o‘tkazdi. Keyingi masala yuzasidan katta o‘qituvchi D.E.Qodirova talabalar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining “Yuksak ma’naviyat -yengilmas kuch” asarida olg‘a surilgan g‘oyalarni keng targ‘ib qildi.
Kafedra murabbiylari tomonidan “Axborot va murabbiylik soatlari” mashg‘ulotlari uchun namunaviy ish rejasiga asosanoktyabr oyining birinchi haftasida “Ustozlik sharafi va mas’uliyati” mavzusida 1-oktyabr – “O‘qituvchilar va murabbiylar kuni” munosabati bilan davra suhbati o‘tkazildi. Ikkinchi haftasida “Sharq javohirlari” 18-oktyabr – Samarqand shahri kuni, 20-oktyabr – Xiva shahri kuni va boshqa tarixiy shaharlarimizning paydo bo‘lishi va hozirgi kundagi qiyofasi, qilinayotgan o‘zgarishpar to‘g‘risida talaba-yoshlarga tushuntirish olib borildi. Uchinchi haftasida esa “Dunyo uzra jaranglayotgan til” 21-oktyabr – O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingan kun munosabati bilan, o‘zbek tilimizning rivoji yo‘lida hammamiz mas’ul ekanligimizni talaba-yoshlarga uqtirish bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi.
Institut tomonidan 2017-yil sentyabr oyi uchun berilgan ma’naviyat kuni rejasiga asosan kafedra murabbiylari tomonidan “Talabalarni qonunga itoatkorlik ruhida tarbiyalashda ta’lim muassasasining o‘rni” mavzusida suhbat o‘tkazildi. Suhbatdan so‘ng Prezident oqsaroyiga tashrif buyurdilar. Guruh murabbiylari F.M.Dusmuratova va M.A.Madaminova guruh talabalari bilan fotolavhasi.
Suhbatdan so‘ng Prezident oqsaroyiga tashrif buyurdilar.
Guruh murabbiysi D.N.Shakirova Sanoat Farmatsiya fakulteti 1-kurs 3/1, 3/2-guruh talabalari bilan fotolavhasi.
Noyabr oyida:
Joriy yilning noyabr oyida kafedra katta o‘qituvchisi K.SH.Boltayeva tomonidan Farmatsiya fakulteti kasb-ta’lim yo‘nalishi 3-kurs 2/1-guruh talabalari bilan “Vatanparvarlik o‘lka tarixini o‘rganishdan boshlanadi.” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Kafeda assistenti M.A.Madaminova tomonidan Farmatsiya fakulteti kasbiy ta’lim 2-kurs 1/2-guruh talabalari bilan “Talaba qanday axloqqa ega bo‘lishi kerak” mavzusida davra suhbati o‘tkazdi. Kafedra o‘qituvchilari tomonidan o‘tkazilgan davra suhbatlari talabalarda juda katta qiziqish uyg‘otti va ular bergan barcha savollarga o‘qituvchilar etarlicha javob berishdi.
Ekologiya va mikrobiologiya kafedrasi tomonidan 2017-yil noyabr oyida institutimiz talabalar turar joyida 3-qavatida joylashgan 50 – 59- xonalarda yashovchi talaba qizlar bilan kafedra TTJda olib boriladigan ma’naviy – ma’rifiy ishlar rejasiga muvofiq bir qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan, 2017-yilning 7-noyabr kuni TTJning 3-kavatdagi ma’naviyat xonasida kafedra professor-ukituvchilari tomonidan navbatdagi tadbir tashkil etildi. Ushbu davra suxbatida kafedra mudiri X.O.Nuraliyeva so‘zga chiqib, “Oilaviy tadbirkorlik, unga yaratib berilayotgan imkoniyatlar” mavzusida suhbat o‘tkazdi. So‘ngra kafedra dotsenti Z.R.Fayzullayeva so‘zga chiqib, talaba-yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish mavzusida davra suhbati o‘tkazdi. Kafedra grafigi asosida 2017-yil 21-noyabr kuni kafedra xodimlari navbatdagi davra suxbatlarini uyushtirdilar. Unda kafedra assistenti D.N.SHakirova talabalar bilan ”Biz nechun sevamiz, O‘zbekistonni” mavzusida davra suhbati o‘tkazdi. Sungra kafedra katta o‘qituvchisi K.SH.Boltayeva so‘zga chiqib, “Jismoniy tarbiya va sport – salomatlik garovi” mavzusida suhbatlashdi.
Kafedra murabbiylari tomonidan “Axborot va murabbiylik soatlari” mashg‘ulotlari uchun namunaviy ish rejasiga asosannoyabr oyining birinchi haftasida “Insoniyat taraqqiyotining tayanchi” 23-oktyabr – O‘zbekiston Respublikasi YUNESKOga a’zo bo‘lgan kun 24-oktyabr – Xalkaro BMT kuni munosabati bilan, inson qadri, uning farovon hayot kechirishi omillari to‘g‘risida tushuncha berildi. Ikkinchi haftasida “Taraqqiyot strategiyasi – farovon kelajagimiz kafolati” “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yunalishi buyicha Harakatlar strategiyasini “Halk bilan muloqot va inson manfaatlari ynli”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi mazmun-mohiyatini talaba-yoshlarga tushuntirish. Uchinchi haftasida “Buyuk yurtning baxtiyor farzandlari” 10-noyabr – “Butunjahon yoshlar kuni” munosabati bilan mamlakatimizda yoshlarga karatilayotgan e’tibor, yangi tashkil etilgan O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi kabi tashkilotlarning o‘rni va yoshlarimizdan kutilayotgan natijalar xususida targ‘ibot ishlarini olib borildi.To‘rtinchi haftasida “Tarbiya – hayot-mamot masalasi” Milliy pedagogikaning taraqqiyot tarixiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazildi.
Institut tomonidan 2017-yil noyabr oyi uchun berilgan ma’naviyat kuni rejasiga asosan kafedra murabbiylari tomonidan o‘z guruhlarida “Tejamkorlik xalqimizga xos qadriyat” mavzusida suhbat o‘tkazildi.Suhbatdan so‘ng A.Navoiy nomli kinoteatrga tashrif buyurdilar. Guruh murabbiysi D.N.SHakirovaning talabalar bilan fotolavhasi.
Guruh murabbiysi M.A Madaminovaning guruh talabalari bilan fotolavhasi.
Kafedra katta o‘qituvchisi K.SH.Boltayevaga noyabr oyidan boshlab qo‘shimcha olingan guruh talabalari murabiyligi topshirildi. Sanoat farmatsiya fakulteti 1-kurs 7/1 , 7/2-guruh talabalari bilan fotolavhasi.
Dekabr oyida:
Joriy yilning dekabr oyida rejaga asosan kafedra dotsenti Z.R.Fayzullayeva tomonidan kimyoviy mikrobilogiya fanidan laboratoriya mashg‘uloti davomida sanoat farmatsiya fakulteti 3-kurs 5/1-gurux talabalari bilan “Fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishning ma’naviy-ma’rifiy omillari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Kafedraning barcha professor – o‘qituvchilari mashg‘ulotlar davomida gurux talabalari bilan 8-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan “Konstitutsiya va qonunlarni o‘rganish” oyligida talabalarning huquqiy ongi va savodxonligini oshirishga qaratilgan davra suhbatlari o‘tkazdilar. Bulardan tashqari barcha guruhlarda qishki ta’tilga tayyorgarlik haqida ham suhbatlashildi hamda yo‘l-qoidalari, avtotransport vositalaridan foydalanish va ularni boshqarish tartiblari to‘g‘risida darva suhbatlari o‘tkazildi. Kafedraning ma’naviy – ma’rifiy ishlar rejasiga asosan o‘qituvchilar tomonidan hayot xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan yoshlarni yoshlarni OIV infeksiyasining profilaktikasi bo‘yicha har tomonlama xabardor qilish, giyohvandlik, OIV va boshqa yuqumli kasalliklar hamda sog‘lom turmush tarzi mavzularini yoritish maqsadida talaba-yoshlar o‘rtasida “Sog‘lom turmush tarzi” va “OIV prfilaktikasi” mavzularida davra suhbatlari o‘tkazildi.
Ekologiya va mikrobiologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilarining talabalar turar joyida navbatdagi yigilishi xam kafedra rejasiga asosan utkazildi. Jumladan, 2017-yilning 5-dekabr kuni TTJni 3-qavatida joylashgan 50-59 xonadagi talaba-kizlari bilan kafedra dotsenti Z.R.Fayzullayeva “Ogohlik va xushyorlik davr talabi”1 dekabr – “Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni” munosabati bilan davra suhbati o‘tkazdi.
Kafedra katta uqituvchisi D.E.Qodirova xam talabalar bilan 8-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bag‘ishlab davra suhbati o‘tkazdi. Kafedra rejasiga asosan navbatdagi davra suxbatlari 2017-yilning 19-dekabr kuni tashkil etildi. Kafedra katta o‘qituvchisi F.M.Dusmuratova talabalar bilan “Yoshlarda mafkuraviy immunitetni shakllantirish va g‘oyaviy kurashchanlik jamiyatimiz barqaror taraqqiyoti garovidir” mavzusida davra suhbati o‘tkazdi. Rejadagi keyingi mavzu buyicha kafedra assistenti M.A.Madaminova ”Fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishning ma’naviy-ma’rifiy omillari” mavzusida davra suhbati o‘tkazdi.
Kafedra murabbiylari tomonidan “Axborot va murabbiylik soatlari” mashg‘ulotlari uchun namunaviy ish rejasiga asosandekabr oyida “Kitobxonlik – millat ko‘zgusi” talabalarni kitobni sevishga, eng kitobxon mamlakat darajasiga chiqishimiz yo‘lida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan masalalarga qaratilgan, “Ogohlik va xushyorlik davr talabi” 1-dekabr – “Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni” munosabati bilan talabalrni sog‘lom turmush tarzi tamoyillari asosida yashashga o‘rgatish mavzusida, “Qomusimiz – erkin va farovon hayotimiz kafolati” 8-dekabr – “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingan kun” – umumxalk bayramiga bag‘ishlab, “Qadriyatlar qadr topgan yurt” 10-dekabr “Inson huquqlari kuni” munosabati bilan, “Xalq qudrati mujassam qo‘shiq” 10-dekabr – O‘zbekiston Respublikasining davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan, “Adabiyotga e’tibor – ma’naviyatga, kelajakka e’tibor” Prezidentimiz SH.Mirziyoyevning ijod ahliga ko‘rsatayotgan yuksak e’tibori, hozirgi zamon adabiy muhitida sodir bo‘layotgan ijobiy jarayonlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berish bo‘yicha davra suhbatlari o‘tkazildi. Har bir murabbiy guruh talabalari bilan qishki ta’tilni oila davrasida o‘tkazish lozimligi hamda yo‘l harakati va transport qoidalari haqida tushuntirish ishlari olib borildi. Viloyatdan kelgan talabalarni ota-oanlari uylariga kuzatildi.
Yanvar oyida:
Joriy yilning yanvar oyida kafedra assistenti S.A.Maksudova Farmatsiya fakulteti 1-kurs 4/1-gurux talabalari bilan mashg‘ulot davomida “14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni”ga bag‘ishlab davra suhbati o‘tkazdi.
Bundan tashqari rejaga asosan O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning “Yuksak ma’naviyat- yengilmas kuch” nomli asarlarida olg‘a surilgan g‘oyalarni keng targ‘ib qilish bo‘yicha hamda “Kecha kim edigu, bugun kim bo‘ldik” kabi mavzusida mashg‘ulotlar davomida talabalar bilan davra suhbatlari o‘tkazildi. Institutda talaba-qizlarni sharm-hayo, ibo, iffat singari o‘zbekona odob-axloq qoidalari asosida tarbiyalashning ahamiyatini keng targ‘ib qilish maqsadida mashg‘ulotlar davomida talaba qizlarga milliy qadriyatlarimizni qadrlash, odobli qizlarga mos keladigan liboslar kiyish, sochlarni chiroyli turmaklab yurish, o‘zaro so‘zlashish madaniyatiga e’tibor berish, chetda kirib kelayotgan, milliy qadriyatlarimizga butkul yot bo‘lgan “madaniyat” larning talaba- qizlar orasida tarqatmaslik kabi mavzularda ham suhbatlar o‘tkazildi.
Yanvar oyida TTJda xam kafedra professor o‘qituvchilari tomonidan kafedra rejasiga asosan 3-qavatda joylashgan 50-59 xonalarda yashaydigan talaba-qizlar bilan bir qator ma’naviy-ma’rifiy ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, 2018-yil 15-yanvar kuni talabalar turar joyining 3-qavatidagi ma’naviyat xonasida talabalar bilan davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda kafedra katta o‘qituvchisi D.E.Qodirova 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlab davra suhbati o‘tkazdi. Kafedra katta o‘qituvchisi F.M.Dusmuratova talaba-qizlar bilan “Talabalar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olishda jamoatchilik bilan hamkorlikdagi faoliyatni yanada rivojlantirish chora tadbirlarini amalga oshirish maqsadida” davra suhbati o‘tkazdi. Kafedra assistenti M.P.Djuraeva so‘zga chiqib, “Giyoxvandlik, alkogolizm, tamaki chekishning zararli oqibatlari” haqida ma’lumotlar yetkazdilar.
20-yanvar kuni kafedra assistenti D.N.SHakirova “Tinchlik eng aziz ne’mat” mavzusida davra suhbati o‘tkazdi. Shu kuni kafedra assistenti M.Madaminova, O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning “Yuksak ma’naviyat engilmas kuch” nomli kitoblarida olg‘a surilgan g‘oyalarni keng targ‘ib qilish maqsadida mavzusida davra suhbati o‘tkazdi. So‘ngra kafedra assistenti S.A.Maksudova talabalar bilan. ”Oilada sog‘lom muhitni shakllantirish” mavzusida davra suhbati o‘tkazdi.
Kafedra murabbiylari tomonidan “Axborot va murabbiylik soatlari” mashg‘ulotlari uchun namunaviy ish rejasiga asosan yanvar oyida murabbiylik guruhlarida “Yangi yilingiz kutlug bo‘lsin, aziz yurtdoshlar!” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yangi yil tabrigi zamirida yurt kelajagi va vatan ravnaqi masalalarini targ‘ib kilish, “Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni” 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan o‘tkaziladigan “Jasorat darslari” mashg‘ulotlarini olib borish, “Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch” Ma’naviy kamol naqadar muhim ekanligi yoshlar ongiga singdirish maqsadida davra suhbatlari o‘tkazildi.
Institut tomonidan 2018-yil yanvar oyi uchun berilgan ma’naviyat kuni rejasiga asosan kafedra murabbiylari o‘z guruhlarida “Biz go‘zallik va ezgulik uchun yashaymiz” mavzusida hamda “Biz buyuk ajdodlar vorisimiz” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Suhbatdan so‘ng Yoshlar ijod saroiyga “Xikmatlar olami” deb nomlangan 1-Respublika xattotlik festivaliga xamda Oq saroy majmuasiga tashrif buyurdilar. F.M.Do‘smuratova sanoat farmatsiya 1-kurs 1/1, 1/2-guruh talabalari bilan fotolavhasi.
M.A.Madaminova sanoat farmatsiya 1-kurs 2/1, 2/1-guruh talabalari bilan fotolavhasi.
D.N.Shakirova sanoat farmatsiya 1-kurs 3/1, 3/2-guruh talabalari bilan fotolavhasi.
K.SH.Boltayeva sanoat farmatsiya 1-kurs 7/1, 7/2-guruh talabalari bilan fotolavhasi.
Ekologiya va mikrobiologiya kafedrasi xodimlari Toshkent farmatsevtika instituti va farmatsevtika sohasining rivoji uchun o‘z hissalarini qo‘shish maqsadida shijoat bilan mehnat qilmoqdalar.
2012-2015 yillarda bajarilayotgan ilmiy- amaliy tadqiqot ishlar.
№ | Shifr | Loyiha rahbari | Loyiha nomi | Loyihamablag’i (2012 y, mln.so’m) |
1. | KA 11-008 | Prof. A.A.Abzalov | “Tikanli artishokni yetishtirish texnologiyasini ishlab chiqish” | 71500000 |
2015-2017 yillarda bajarilayotgan ilmiy- amaliy tadqiqot ishlar.
№ | Shifr | Loyiha rahbari | Loyiha nomi | Loyihamablag’i (2015 y, mln.so’m) |
1. | ПЗ-2014- 0912135142 АДСС 15.28.2 | R.T.To’laganov | “O’zbekistonda yetishtirilayotgan tikanli artishok (Cynara scolymus L.) xom ashyosi asosida gepatoprotektor va o’t haydovchi ta’sirga ega bo’lgan yangi dori preparatlarni olish texnologiyasini ishlab chiqish va standartlash” | 91000000 |
Fan dasturlari
- Patologiya
- Fiziologiya odam anatomiyasi asoslari bilan
- Ekologiya va gigiena
- Gigiena
- Sanoat gigienasi
- Oʼsimliklar fiziologiyasi va biokimyosi
- Ekologiya
- Kimyoviy mikrobiologiya
- Mikrobiologiya
Namunaviy oraliq va yakuniy nazorat savollari