Rektor tabrigi

Hurmatli hamkasblar va bo‘lajak dorishunoslar!

Mustaqillik tufayli mamlakatimizda ilm-fan taraqqiyotiga alohida e’tibor berilib, yuksak salohiyatli kadrlar zamon talabidir. Kadrlar tayyorlash borasida jahondagi ko‘pgina davlatlar tomonidan e’tirof etilgan Kadrlar tayyorlash Milliy dasturimiz barcha sohalar taraqqiyoti orqali xayotda o‘z natijasini ko‘rsatmoqda.

Farmatsevtika sanoati bugungi kunda mamlakatimizda jadal rivojlanib kelayotgan sohalardan biridir. Institut farmatsevtika sohasini rivojlantirish uchun har yili 300 dan ziyod kadrlarni xalq xo‘jaligiga etkazib bermoqda. Institutimizda 2 ta fakultet bakalavriatura va magistratura bosqichlarida kadrlar tayyorlamoqda. Institutda farmatsiya va sanoat farmatsiyasi fakultetlarida 6 mutaxassislik bo‘yicha kadrlar tayyorlanmoqda.

Toshkent  farmatsevtika instituti – bu yuksak ilmiy-pedagogik salohiyatga ega, ilm olishning keng imkoniyati, xalqaro aloqalar taraqqiy topgan, yuksak mutaxassislarni tayyorlovchi oliy o‘quv muassasasining zamonaviy ko‘rinishidir. So‘nggi yillarda institut yanada chiroyli, fayzli bo‘lib, yaxshi an’analar yo‘lga qo‘yildi, moddiy-texnik baza yaxshilandi. Evropa va Osiyodagi etakchi oliy ta’lim muassasalari bilan xalqaro hamkorlik aloqalari o‘rnatilmoqda. Jumladan, Ukraina, Germaniya, Janubiy Koreya hamda yaqin qo‘shni davlatlar bilan ilmiy, o‘quv yo‘nalishlarda aloqalar o‘rnatilmoqda.

Inson salomatligi tibbiyot hodimlari qatori farmatsevtlar qo‘lidadir. Hozirgi kunda nojo‘ya ta’siri kam, tabiiy xom ashyodan tayyorlangan dori vositalarini yaratish sohamizning dolzarb muammolaridan. Mazkur masalalarni yechish davomida biz izlanish, innovatsion rivojlanish yo‘lidamiz. Buning uchun esa, bizga yosh va iqtidorlilar kerak.

Toshkent farmatsevtika instituti rektori,

tibbiyot fanlari doktori

04.08.2020, 10:25 31353