Toshkent farmasevtika institutida talabalar va o‘quvchilarning qishki ta’tili davrida institutga biriktirilgan Mirobod va Yakkasaroy tumanlari umumta’lim maktablarining o‘qituvchilarigao‘tkazilgan o‘quv-uslubiy master-klasslar haqida
2021 yil 8-9 yanvar’ kunlari talabalar va o‘quvchilarning qishki ta’tili davrida institutga biriktirilgan Mirobod va Yakkasaroy tumanlari umumta’lim maktablarining o‘qituvchilariga fiziologiya odam anatomiyasi asoslari bilan, botanika va kimyo fanlari bo‘yicha o‘quv-uslubiy master- klasslar o‘tkazildi.
Mazkur o‘quv-uslubiy master- klasslar o‘tkazishdan maqsad yurtimizda oliy farmasevtik ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish, yoshlarning sifatli ta’lim olishi uchun imkoniyatlarni kengaytirish, respublika miqyosida oliy ta’lim muassasasining reytingini oshirish yo‘llarini belgilash, o‘quvchilarda innovasion va tadbirkorlikka yo‘naltirilgan ta’limni rivojlantirishdan iborat.
O‘quv-uslubiy master-klasslar o‘tkazish jarayoniga institutning salohiyatli va amaliyotchi mutaxassislari professor-o‘qituvchilari jalb etildi.
Jumladan,
Tibbiy va biologik fanlar kafedrasi professori E.S.Bagdasarova, Tibbiy va biologik fanlar kafedrasi dosenti V.B.Rasulova, Noorganik, fizik va kolloid kimyo kafedrasi professori X.R.To‘xtaev, Noorganik, fizik va kolloid kimyo kafedrasi dosenti B.T.To‘raev, Farmakognoziya kafedrasi dosenti A.Jabbarov, Tibbiy va biologik fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi M.T.Karieva, Organik va biologik kimyo kafedrasi katta o‘qituvchisi I.Sh.Ko‘charova, Tibbiy va biologik fanlar kafedrasi assisenti N.M.Kasimova hamda institutga biriktirilgan umumta’lim maktablarini rahbar va o‘qituvchilari Zoom orqali qatnashib, ilm-fan va ta’limga oid dolzarb masalalarning yechimi, masofaviy ta’limning kamchiliklari va afzalliklari bo‘yicha qizg‘in davra muzokaralari olib borildi.
“Talabalarga va o‘quvchilarga fiziologiya fanidan dars o‘tish tartibi” to‘g‘risida,”Primenenie innovasionnix texnologii dlya modernizasii uchebnogo prosessa”, “O‘simlik tuqimalarni mavzusini o‘tishda ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalanish”, “Kimyoviy reaksiyalar tezligi”,”Oqsil haqida tushuncha”.”Oqsillarning tuzilishi, tarkibi va funksiyasi” kabi mavzularda ma’ruzalar qilindi.