Toshkent farmatsevtika instituti rektorining 8-dekabr Konstitutsiya kuni munosabati bilan tabrigi
Sizlarni, bugungi ulug‘ ayyom – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 28-yillik bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.
Mamlakatimiz rivojlanishi yo‘lida har birimiz amalga oshirayotgan ishlarimizning samarasini birgalikda ko‘rib yurish nasib etsin! Taraqqiyotning asosi bo‘lmish ta’lim-tarbiya va ilm-fan yo‘lida mehnat qilayotgan ahil jamoamizga mustahkam salomatlik, kuch-g‘ayrat, tuganmas yangi g‘oyalar va katta yutuqlar tilayman!
Barchangizga oilaviy xotirjamlik, baxt, farovonlik va qut-baraka tilayman!
Insoniylik qadrimiz baland, mustaqilligimiz mustahkam bo‘laversin!!
Hurmat bilan,
Toshkent farmatsevtika instituti rektori K.S.Rizaev