Toshkent farmatsevtika instituti rektorining 8-dekabr Konstitutsiya kuni munosabati bilan tabrigi

09.12.2020, 15:18 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1196

Sizlarni, bugungi ulug‘ ayyom – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining  28-yillik bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.

Mamlakatimiz rivojlanishi yo‘lida har birimiz amalga oshirayotgan ishlarimizning samarasini birgalikda ko‘rib yurish nasib etsin!  Taraqqiyotning asosi bo‘lmish ta’lim-tarbiya va ilm-fan yo‘lida mehnat qilayotgan ahil jamoamizga mustahkam salomatlik, kuch-g‘ayrat, tuganmas yangi g‘oyalar va katta yutuqlar tilayman!

Barchangizga oilaviy xotirjamlik, baxt, farovonlik va qut-baraka tilayman!

Insoniylik  qadrimiz baland, mustaqilligimiz mustahkam bo‘laversin!!

Hurmat bilan,

Toshkent farmatsevtika instituti rektori K.S.Rizaev