Institut Talabalar turar joyida “Koronavirus infeksiyasining kelib chiqishi, ularning tarqalish omillari” mavzusida targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.

14.03.2020, 08:44 Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar 2070

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning yangi turi kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasini tashkil etish to‘g‘risida”gi F-5537-son Farmoyishining mazmun-mohiyatini institutning barcha talaba va o‘quvchilariga yetkazish maqsadida 2020-yil 12-mart kuni institut talabalar turar joyi talabalari o‘rtasida “Koronavirus infeksiyasining kelib chiqishi, ularning tarqalish omillari, oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Tadbirda sanoat farmatsiya fakulteti dekani Z.U.Mamatqulov, Toshkent tibbiyot akademiyasi epidemiologiya kafedrasi dotsenti M.F.Abduqahhorova, Toshkent tibbiyot akademiyasi epidemiologiya kafedrasi katta o‘qituvchi B.Yu.Toshboev, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish instituti ilmiy kotibasi, vrach-infeksionist, t.f.n. N.M.Mirraximovalar  mavzu yuzasidan targ‘ibot ishlarini olib bordi.Tadbir davomida mavzuga oid videolavha namoyish etildi. Tadbirda 60 nafar talaba ishtirok etdi.