Dori turlari texnologiyasi kafedrasi Olmazor tibbiyot kolleji bilan hamkorlikda.

24.02.2020, 16:53 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2180

Toshkent farmatsevtika institutining Olmazor tibbiyot kolleji bilan o‘zaro hamkorlik faoliyati reja asosida olib borilmoqda.  2020- yilning 24-fevral kuni  institutning “Dori turlari texnologiyasi” kafedrasi prof. Z.A.Nazarova tomonidan   tibbiyot kollejining  “Farmatsiya” yo‘nalishi  3–bosqich 323-guruh  o‘quvchilariga “Antibiotiklar bilan tayyorlanadigan dori shakllari” mavzusida laboratoriya mashg‘uloti o‘tkazildi. Shuningdek, “Dori turlari texnologiyasi” kafedrasi f.f.d, dotsent I.Sh.Sharipova tomonidan tibbiyot kollejining  “Farmatsiya” yo‘nalishi  3-bosqich 324-guruh o‘quvchilariga “In’eksion dorilar. Fiziologik va qon o‘rnini bosuvchi eritmalar” mavzusida laboratoriya mashg‘uloti o‘tkazildi.

      

      

Kafedra mudiri, prof. Yo.S. Kariyeva