Dori turlari texnologiyasi kafedrasi Olmazor tibbiyot kolleji bilan hamkorlikda.
Toshkent farmatsevtika institutining Olmazor tibbiyot kolleji bilan o‘zaro hamkorlik faoliyati reja asosida olib borilmoqda. 2020- yilning 24-fevral kuni institutning “Dori turlari texnologiyasi” kafedrasi prof. Z.A.Nazarova tomonidan tibbiyot kollejining “Farmatsiya” yo‘nalishi 3–bosqich 323-guruh o‘quvchilariga “Antibiotiklar bilan tayyorlanadigan dori shakllari” mavzusida laboratoriya mashg‘uloti o‘tkazildi. Shuningdek, “Dori turlari texnologiyasi” kafedrasi f.f.d, dotsent I.Sh.Sharipova tomonidan tibbiyot kollejining “Farmatsiya” yo‘nalishi 3-bosqich 324-guruh o‘quvchilariga “In’eksion dorilar. Fiziologik va qon o‘rnini bosuvchi eritmalar” mavzusida laboratoriya mashg‘uloti o‘tkazildi.
Kafedra mudiri, prof. Yo.S. Kariyeva