“Biz buyuk yurt farzandimiz!” shioriostida Buxoro shahriga sayohat uyushtirildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 –yil 7-fevraldagi “Ichki turizmni jadal rivojlantirish chora–tadbirlari to‘g‘rsida”gi PQ-3514-sonli qarorining qabul qilinishi mamlakatimiz ijtimoiy hayotidagi muhim voqeadan biri bo‘ldi. Ushbu qaror orqali ichki turizm tobora rivojlanib borayotgan mamlakatimizda ko‘plab vatandoshlarimizning yurtimiz bo‘ylab sayohat qilishiga keng imkoniyatlar yaratildi. Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent farmatsevtika institut farmatsiya fakultetining 3-kurs 306- A guruh talabalari “Biz buyuk yurt farzandimiz!” shiori ostida Buxoro shahriga tashrif buyurdi. Tashrif chog’ida Buxoro viloyatining qadimiy obidalariga, jumladan, Baxovuddin Naqshband ziyoratgohiga, Amirulloxon saroyi ko‘rgazmasi hamda eski shaharga sayohat uyushtirildi. Sayohat jarayonida O’zbekiston xalqining buyuk allomalari,ularning dunyo ilm faniga qo‘shgan hissalalari hamda ularning ilmiy merosi, obidalar, qadimiy qo‘l yozmalar yuzasidan targ’ibot ishlari olib borildi.