“Biz buyuk yurt farzandimiz!” shioriostida Buxoro shahriga sayohat uyushtirildi

02.12.2019, 15:27 Institut yangiliklari, Tadbirlar, Yangiliklar 1916

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 –yil 7-fevraldagiIchki turizmni jadal rivojlantirish choratadbirlari to‘g‘rsidagi PQ-3514-sonli qarorining qabul qilinishi mamlakatimiz ijtimoiy hayotidagi muhim voqeadan  biri bo‘ldi. Ushbu qaror orqali ichki turizm tobora rivojlanib borayotgan mamlakatimizda ko‘plab vatandoshlarimizning yurtimiz bo‘ylab sayohat qilishiga keng imkoniyatlar yaratildi. Mazkur qaror  ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent farmatsevtika  institut farmatsiya fakultetining  3-kurs 306- A guruh talabalari Biz buyuk yurt farzandimiz!” shiori ostida Buxoro shahriga tashrif buyurdi. Tashrif chog’ida  Buxoro viloyatining qadimiy obidalariga, jumladan, Baxovuddin Naqshband ziyoratgohiga, Amirulloxon saroyi ko‘rgazmasi hamda eski shaharga  sayohat uyushtirildi. Sayohat jarayonida O’zbekiston xalqining buyuk allomalari,ularning dunyo ilm faniga  qo‘shgan hissalalari hamda ularning ilmiy merosi, obidalar, qadimiy qo‘l yozmalar yuzasidan targ’ibot ishlari olib borildi.