“Siz o‘z huquq va majburiyatlaringizni bilasizmi?”
Institut talabalari o‘rtasida huquqiy savodxonlikni oshirish, ular o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish maqsadida 2019-yil 15-noyabr kuni 1-sonli talabalar turar joyida tarbiyachi–pedagog N.E.Yusupova va institut psixologi K.B.Axrorovalar rahbarligida “Siz o‘z huquq va majburiyatlaringizni bilasizmi?”mavzusida tadbir tashkil etildi. Tadbir jarayonida tarbiyachi–pedagog N.E.Yusupova va institut psixologi K.B.Axrorovalar o‘rtasida jinoyatlarning sodir etilish sabablari va ularga imkon berayotgan shart–sharoitlarni aniqlash borasida amalga oshirilgan ishlar huqubuzarliklarning oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berish bilan bir qatorda huquqbuzarlik va jinoyatchilikning kelib chiqish omillari, uning asl sabablari, oilaviy jarayonlar yuzasidan tahliliy ma’lumotlar ham taqdim etildi. Tadbirda jami 80 nafar talabalarning ishtiroki ta’minlandi.