“Siz o‘z huquq va majburiyatlaringizni bilasizmi?”

16.11.2019, 21:58 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1878

Institut talabalari o‘rtasida huquqiy savodxonlikni  oshirish, ular o‘rtasida jinoyatchilik va  huquqbuzarlikni oldini olish maqsadida 2019-yil 15-noyabr kuni 1-sonli talabalar turar joyida tarbiyachipedagog N.E.Yusupova va institut psixologi  K.B.Axrorovalar rahbarligida Siz o‘z huquq va majburiyatlaringizni bilasizmi?”mavzusida tadbir tashkil etildi. Tadbir jarayonida tarbiyachipedagog N.E.Yusupova va institut  psixologi  K.B.Axrorovalar o‘rtasida jinoyatlarning sodir etilish sabablari va ularga imkon berayotgan shartsharoitlarni aniqlash borasida amalga oshirilgan ishlar huqubuzarliklarning oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berish  bilan bir qatorda huquqbuzarlik va jinoyatchilikning kelib chiqish omillari, uning asl sabablari, oilaviy jarayonlar  yuzasidan tahliliy ma’lumotlar ham taqdim etildi. Tadbirda jami 80 nafar talabalarning ishtiroki ta’minlandi.