Sankt-Peterburg davlat kimyo-farmatsevtika universiteti rektori Narkevich Igor Anatolevich tashrifi kutilmoqda
2018 yil oktyabr oyida tashkil etilgan Rossiya va O’zbekiston ta’lim forumida Toshkent farmatsevtika instituti hamda Sankt-Peterburg davlat kimyo-farmatsevtika universiteti bilan hamkorlik memorandumi imzolangan. 2018 yil noyabr oyida Toshkent farmatsevtika instituti rektori Alimdjanov Ibrohim Inamovichning Sankt-Peterburg davlat kimyo-farmatsevtika universitetiga tashrifi davomida qo’shma fakultet tashkil etish xususidagi qo’shimcha kelishuv imzolandi. Ta’lim dasturi 3+2 algoritmi bo’yicha amalga oshirilishi rejalashtirilgan. 3 yil Toshkent farmatsevtika institutida, 2 yil Sankt-Peterburg davlat kimyo-farmatsevtika universitetida tahsil olib,2 davlat oliy ta’lim muassasalarining diplomini qo’lga kiritishlari kelishilgan. Dastlabki 3 yil ta’lim jarayoni davomida talabalar malakaviy amaliyotning bir qismini Sankt-Peterburgda o’tashlari rejalashtirgan. Mazkur fakultetga hujjat topshirish jarayoni 2019 yil 5 iyulga qadar davom etidi. Hujjat topshirgan abiturientlar soni 145 dan ortdi. Kirish Imtihonlari test ko’rinishida bo’lib, kimyo, biologiya, rus tili va adabiyoti fanlari bo’yicha amalga oshiriladi. Qo’shma fakultetga hujjat topshirgan abiturientlar rus tilini mukammal bilishlari kerak. 2019 yil 9 iyul kuni Sankt-Peterburg davlat kimyo-farmatsevtika universiteti rektori I.A.Narkevichning Toshkentga tashrifi kuzatilmoqda. 2019 yil 10 iyul kuni qo’shma fakultetga kirish imtihonlari ikki hamkor oliy ta’lim muassasalari rektorlari – I.A.Narkevich va I.I.Alimdjanov ishtirokida amalga oshiriladi.
Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova