Toshkent farmasevtika instituti bilan Sankt-Peterburg Davlat kimyo-farmasevtika universiteti orasida ilk marotaba videokonferensiya bo‘lib o‘tdi

26.04.2019, 08:41 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2155

2019 yil 25 aprel kuni Toshkent farmasevtika instituti bilan Sankt-Peterburg Davlat kimyo-farmasevtika universiteti orasida ilk marotaba videokonferensiya bo‘lib o‘tdi. Tadbirda ikki  davlat oliy ta’lim muassasalarining rektorlari, prorektorlar, bo‘lim boshliqlari va kafedra mudirlari ishtirok etishdi. 2018 yil oktyabr-noyabr oylarida imzolangan hamkorlik Memorandumiga asosan tashkil etilgan “Farmatsiya” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shma fakultetiga abiturientlarni qabul qilish  va o‘qitish masalalari ko‘rib chiqildi va halqaro hamkorlikni davom ettirish uchun zarur masalalar kun tartibiga qo‘yildi.

2018 yil noyabrda qo‘shma fakultet uchun tayyorlangan va barcha tegishli idoralar tomonidan tasdiqlangan o‘quv rejasi asosida qo‘shma fakultet 1-kurs talabalarini o‘qitish uchun fan dasturlari muxokamasi; ikki tomon OTM professor-o‘qituvchilari o‘rtasida hamkorlikda o‘quv adabiyotlarini yaratilishi; hamkor ikki davlatning farmasevtik jurnallarida professor-o‘qituvchilarning ilmiy maqola va tezislarini chop etilishi; pedagoglarning hamkor  davlat OTMiga stajirovka uchun yuborilishi va fanlar bo‘yicha leksiyalar siklini o‘qishi,  talabalarni akademik mobilligini ta’minlash maqsadida horijiy   amaliyot doirasida almashinuvi, ularni tanishuv, o‘quv, ishlab chiqarish va bitiruvoldi amaliyotiga yuborish va yana bir qator masalalar muxokama etildi.