Kelajakga yana bir qadam

01.04.2019, 21:40 Institut yangiliklari, Xalqaro yangiliklar, Yangiliklar 2581

2019 yil 1 aprel kuni  O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligida Respublika Sog‘liqni Saqlash vaziri professor Shodmonov A.K ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilishda Turkiyaning Tibbiy fanlar  universiteti rektori professor, doktor Javdat Erdol boshchiligidagi Turkiya delegatsiyasining Respublikamizdagi bir qator yetakchi tibbiyot oliygoxlari,  Toshkent Tibbiyot Akademiyasi, Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti, Toshkent farmasevtika instituti, Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti va Samarqand davlat tibbiyot  universitetlari bilan o‘zaro ilmiy-texnik  hamkorlik memorandumlarini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda Toshkent farmasevtika instituti  rektori professor I.I.Alimdjanov hamda ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor N.S.Normaxamatov ishtirok etdilar. Hamkorlik memorandumida o‘zaro ilmiy va o‘quv maqsadlarida akademik almashuvlar, shu bilan birga ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, o‘quv dasturlarini ishlab-chiqish, uzluksiz ta’lim va boshqa uquv dasturlari doirasida hamkorlik qilish, simpoziumlar, halqaro konferensiyalar va seminarlar tashkil etish, qo‘shma va 2 tomonlama diplom dasturlarini yo‘lga qo‘yish, talabalar va o‘qituvchilar malakasini oshirish, tibbiy  yo‘nalishda ilmiy hodimlar almashinish kabi masalalar o‘rtaga qo‘yildi.

Ma’lumot uchun: Istanbul Tibbiyot fanlari universiteti, Turkiyadagi yagona ixtisoslashgan tibbiyot universiteti va Evropaning etakchi ta’lim muassasalaridan biri. Universitet 1903 yilda tashkil etilgan. Bugungi kunda Istanbul Tibbiyot fanlari universitetida 7 ta fakultet, 2 ta institut, 2 ta tibbiyot maktabi va 1 ta maktab mavjud. Hozirgi kunda universitetda 5,4 mingdan ortiq talaba tahsil oladi.

Institut matbuot kotibi  N.L.Usmanova