Jannat Onalarning oyog‘i ostidadir
8-mart Xotin-qizlar bayrami go‘zal va betakror yurtimizga bahor nafasi kirib kelganidan darak beradi.
Ayol azaldan mehr-shafqat va sadoqat timsoli bo‘lib kelgan. Ayol deganda ko‘z o‘ngimizda avvalo, ulug‘ va tabarruk ona siymosi gavdalanadi. Inson zoti borki, olamdagi barcha yaxshilik va ezguliklarni, hayot siru-asrorlari va saboqlarini onaning mehru-sahovati tufayli o‘rganadi.
Ayol borki, olam munavvar, ayol borki, hayot go‘zal va maftunkor. Inson, oila, ayol tushunchalarini bir-biridan ajralgan holda tasavvur etib bo‘lmaydi.
Oilani ham, jamiyatimizni ham birlashtirib, unga fayzu barokot kiritadigan xonadonlarimizni mehr-muhabbat, nafosat, ezgulik nuri bilan munavvar qiladigan zotlar ham aslida mo‘’tabar onalarimiz, munis opa-singillarimizdir.
Ulug‘ donishmandlar Vatanga eng munosib ta’rif izlaganda, uni Ona siymosiga qiyos etganlarida katta ma’no bor. Dunyoda “muqaddas” degan so‘zga eng munosib zot ham – Onadir.
O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston qahramoni A.Oripov aytganidek:
Bu yorug‘ olamda Vatan bittadir,
Bittadir dunyoda Ona degan nom.
Aziz va Mo’tabar AYOLLAR! Sizlarni kirib kelgan 8 – mart Xalqaro
xotin – qizlar bayrami bilan chin yurakdan muborakbod etamiz. Sizlarga uzoq umr, sihat-salomatlik, baxt omad tilaymiz. Oilangizga tinchlik hotirjamlik, ishlaringizda eng katta yutuqlarga erishishingizda tilakdoshmiz.
Institut rahbariyati.