Jannat Onalarning oyog‘i ostidadir 

07.03.2019, 15:55 Institut yangiliklari, Yangiliklar 3754

8-mart Xotin-qizlar bayrami go‘zal va betakror yurtimizga bahor nafasi kirib kelganidan darak beradi.

Ayol azaldan mehr-shafqat va sadoqat timsoli bo‘lib kelgan. Ayol deganda ko‘z o‘ngimizda avvalo, ulug‘ va tabarruk ona siymosi gavdalanadi. Inson zoti borki, olamdagi barcha yaxshilik va ezguliklarni, hayot siru-asrorlari va saboqlarini onaning mehru-sahovati tufayli o‘rganadi.

Ayol borki, olam munavvar, ayol borki, hayot go‘zal va maftunkor. Inson, oila, ayol tushunchalarini bir-biridan ajralgan holda tasavvur etib bo‘lmaydi.

Oilani ham, jamiyatimizni ham birlashtirib, unga fayzu barokot kiritadigan xonadonlarimizni mehr-muhabbat, nafosat, ezgulik nuri bilan munavvar qiladigan zotlar ham aslida mo‘’tabar onalarimiz, munis opa-singillarimizdir.

Ulug‘ donishmandlar Vatanga eng munosib ta’rif izlaganda, uni Ona siymosiga qiyos  etganlarida  katta ma’no bor. Dunyoda “muqaddas” degan so‘zga eng munosib zot ham – Onadir.

O‘zbekiston  xalq  shoiri, O‘zbekiston  qahramoni A.Oripov aytganidek:

Bu yorug‘ olamda Vatan bittadir,

Bittadir dunyoda Ona degan nom.

Aziz va Mo’tabar AYOLLAR! Sizlarni kirib kelgan 8 – mart  Xalqaro

xotin – qizlar bayrami bilan chin yurakdan muborakbod etamiz. Sizlarga uzoq umr, sihat-salomatlik, baxt omad tilaymiz. Oilangizga tinchlik hotirjamlik, ishlaringizda eng katta  yutuqlarga  erishishingizda tilakdoshmiz.

 

Institut  rahbariyati.