“Sog‘lom turmush tarzi” marfoni bo‘lib o‘tdi

05.03.2019, 17:41 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2023

Mamlakatimizda sog‘lom avlodni tarbiyalash, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, aholi genofondini asrash borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. “Cog‘lom avlodni tarbiyalash – buyuk davlat poydevorini, farovon hayot asosini qurish deganidir”. Bugungi kunda yurtboshimiz tomonidan yoshlarga barcha sohalarda keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Jumladan sport sohasida ham  turli xil yig‘ilish, tadbirlar, marafonlar tashkil etib kelinmoqda.

2019 yil 3 mart kuni Mirobod tumani xotin-qizlari o‘rtasida  “Sog‘lom turmush tarzi” nomli sport marafoni bo‘lib o‘tdi. Mazkur marafonda “Oybek” mahallasi bilan hamkorlikda Toshkent farmasevtika institutining   TTJ talaba-qizlaridan 15 nafari ishtirok etdi.Marafon yuqori saviyada tashkil etilgan bo‘lib  unda qatnashish uchun TTJ talabalariga institut tarbiyachi pedagogi va N.Yusupova va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi B.Boltaeva biriktirildi.

     

     

Institut  matbuot kotibi  N.L.Usmanova