Toshkent farmatsevtika instituti hodimlarining Toshkent viloyati, Yangiyo‘l tumanidagi 57-son umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrifi.

04.12.2018, 14:46 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2661

O‘zbekiston Respublikasi  Prezidenti maslahatchisining 2018 yil 15 oktabrdagi 09-2520-son topshiriq xati ijrosini ta’minlash maqsadida 2018 yil 1 dekabr kuni Toshkent farmatsevtika instituti  Farmatsiya fakulteti dekani A.A.Nurmuhamedov, Farmasevtlar malakasini oshirish fakulteti kafedra mudiri U.Akromov, Dori turlari texnologiyasi kafedrasi mudiri Yo.S.Karieva, Yangiyo‘l tumanidagi 57-sonli  umumiy  o‘rta  ta’lim  maktabiga tashrif buyurdilar.  Mazkur  tashrif  o‘quvchi yoshlarni bilim olishga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida tashkil etildi.

Farmatsiya fakulteti dekani A.A.Nurmuhamedov   o‘quvchi-yoshlarga Toshkent farmatsevtika instituti to‘g‘risida ma’lumot berdi. Institutda dorixonalar uchun farmasevt kadrlar tayyorlash bilan bir vaqtda ishlab chiqarish korxonalari uchun farmasevt-texnologlar ham tayyorlanishini, ularning yuqori malakali mutaxassis bo‘lib yetishishlari uchun muntazam o‘z ustilarida ishlashlarini, yuqori natijalarga erishgan talaba-yoshlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi, Ibn Sino nomidagi Davlat stipendiyasi, Islom Karimov nomli Davlat stipendiyalariga  sazovor  bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lishlari mumkinligi hususida tushunchalar berdi.

Shuningdek  o‘quvchi-yoshlarni qiziqtirgan savollarga Farmatsevtlar malakasini oshirish fakulteti kafedra mudiri U.Akromov,  Dori turlari texnologiyasi kafedrasi mudiri Yo.S.Karievalar to‘laqonli javob berdilar.

 

Institut matbuot kotibi       N.L.Usmanova