Toshkent farmatsevtika instituti hodimlarining Toshkent viloyati, Yangiyo‘l tumanidagi 57-son umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrifi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining 2018 yil 15 oktabrdagi 09-2520-son topshiriq xati ijrosini ta’minlash maqsadida 2018 yil 1 dekabr kuni Toshkent farmatsevtika instituti Farmatsiya fakulteti dekani A.A.Nurmuhamedov, Farmasevtlar malakasini oshirish fakulteti kafedra mudiri U.Akromov, Dori turlari texnologiyasi kafedrasi mudiri Yo.S.Karieva, Yangiyo‘l tumanidagi 57-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif buyurdilar. Mazkur tashrif o‘quvchi yoshlarni bilim olishga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida tashkil etildi.
Farmatsiya fakulteti dekani A.A.Nurmuhamedov o‘quvchi-yoshlarga Toshkent farmatsevtika instituti to‘g‘risida ma’lumot berdi. Institutda dorixonalar uchun farmasevt kadrlar tayyorlash bilan bir vaqtda ishlab chiqarish korxonalari uchun farmasevt-texnologlar ham tayyorlanishini, ularning yuqori malakali mutaxassis bo‘lib yetishishlari uchun muntazam o‘z ustilarida ishlashlarini, yuqori natijalarga erishgan talaba-yoshlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi, Ibn Sino nomidagi Davlat stipendiyasi, Islom Karimov nomli Davlat stipendiyalariga sazovor bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lishlari mumkinligi hususida tushunchalar berdi.
Shuningdek o‘quvchi-yoshlarni qiziqtirgan savollarga Farmatsevtlar malakasini oshirish fakulteti kafedra mudiri U.Akromov, Dori turlari texnologiyasi kafedrasi mudiri Yo.S.Karievalar to‘laqonli javob berdilar.
Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova