Arxiv
Xudayberdiyeva Nilufar Erkindjanovna
Ilmiy darajasi va unvoni:
Lavozimi:
Bo'lim boshlig'i
Qabul vaqti:
Har kuni (9:00-17:00)
Tel.:
+998712563645
E-pochta:
O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti tashabbusi bilan 2010 yil 15 iyunda qabul qilingan “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni mamlakatimizda arxiv fondini shaklantirish, hujjatlarni hisobga olish va ulardan foydalanishning yagona tartibini belgilash hamda xalqimizning ijtimoiy, ilmiy, madaniy axborotlarga bo‘lgan ehtiyojini o‘z vaqtida va sifatli ta’minlashda muhim omil bo‘ldi.
Arxiv fondi ikki guruhdan – davlatga tegishli va davlatga tegishli bo‘lmagan qismlardan iborat bo‘lib, arxiv fondining davlatga tegishli qismi tarkibiga doimiy saqlanishi zarur bo‘lgan, davlat mulki hisoblangan arxiv hujjatlari, nodavlat korxona, muassasa hamda tashkilotlar faoliyati natijasida yaratilgan doimiy saqlanishi lozim bo‘lgan arxiv hujjatlari davlatga tegishli bo‘lmagan qismlarga kiritildi. Nodavlat korxona, idora, muassasa va tashkilotlarning asosiy vazifasi, qisman oid doimiy saqlanishi zarur bo‘lgan davlatga tegishli bo‘lgan arxiv hujjatlarini, milliy arxiv fondi saqloviga topshirishdan iborat. Milliy arxiv fondi har yili fond tashkil etuvchi tashkilotlarning, jamlash manbalarining ro‘yxatini tuzib boradi. Bu ro‘yxatga davlat organlari, jamoat tashkilotlari, korxona va muassasalar kiritiladi. Biroq barcha jamoat tashkilotlari, korxona va muassasalarning doimiy hujjatlarini davlat saqloviga olishning imkoni yo‘qligi bois saqlash hujjatlarini jamlash manbalari ro‘yxatiga davlatga arxiviga tegishli bo‘lmagan qismiga kiritilishi mumkin bo‘lganlarini ajratib olib, doimiy yoki vaqtincha arxiv hujjatlarini alohida saqlash vazifasi korxona, idora, muassasa va tashkilotlar zimmasiga yuklatildi. Bu davlat tashkilotlari, korxona va muassasalar zimmasiga, mamlakatimiz hayotiga oid muhim ahamiyatga ega hujjatlarning saqlovini ta’minlash bo‘yicha qator mas’uliyatli vazifalarni yukladi.
Ijro intizomini mustahkamlash, ish yuritishni takomillashtirish, boshqaruvning barcha darajalardagi rahbar va mutaxassislar javobgarligini oshirish, boshqaruv hujjatlarni tayyorlash qoidalari, usullari va jarayonlarini, ular bilan ishlash tartibini belgilash borasidagi ishlarni amalga oshirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 29 martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo‘yicha normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida”gi № 140-sonli qarori asosida institutda hujjatlar bilan ishlash, institut faoliyatida vujudga keladigan doimiy muddatga saqlanadigan hujjatlarni tanlab olish, hisobga olish, ishlov berish sifatini olib borish, foydalanishni va ushbu hujjatlarni o‘z vaqtida belgilangan tartibda saqlash ishlari hamda foydalanuvchining so‘rovi asosida arxiv ma’lumotnomasini taqdim etish vazifasi tarkibiy bo‘linma rahbari yoki ushbu vazifa uchun tayinlangan maxsus xodim zimmasiga yani 1999 yildan 2003 yilga qadar tajribali Nina Anatolevna Kuchirina, 2003 yildan 2012 yilga qadar tajribali Shoxida Tolibova zimmasiga javobgarlik asosida yuklatildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 5 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan “Arxivlar va idoraviy arxivlar tomonidan xizmat ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidani Nizom talablari” hamda qabul qilingan tegishli qarorlar asosida davlat va nodavlat arxiv faoliyatiga foydalanuvchining so‘rovi bilan bepul amalga oshiriladigan xizmatlar, arxiv hujjatlaridan foydalanish, xizmat ko‘rsatish, ijtimoiy-huquqiy so‘rovlarni qog‘oz va elektron shaklda tegishli organlar hamda yuridik va jismoniy shaxslarga taqdim etishni ta’minlash, ish yuritish faoliyatida vujudga keladigan doimiy muddatga saqlanadigan hujjatlarning tanlab olinishini, hisobga olinishini, saqlanishini, ishlanish sifatini va doimiy va uzoq vaqt (10 yildan ko‘proq) muddatga saqlanadigan hujjatlarni o‘z vaqtida davlat saqloviga topshirilishini ta’minlash vazifalarini belgilangan muddatlarda va o‘rnatilgan tartibda amalga oshirish borasidagi ishlarni amalga oshirish uchun tegishli vazirlik va idoralar ruhsati hamda institut rektori buyrug‘i asosida institutning devonxona negizida Idoraviy arxiv faoliyati va arxiv ish faoliyatini olib borish uchun arxiv mudiri hamda arxivarius shtat birliklari 2012 yilda tasdiqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 5 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori asosida institutning doimiy ekspert komissiyasi tashkil etilib, idoraviy arxiv Nizomi va arxiv mudiri hamda arxivarius lavozim yo‘riqnomasi ishlab chiqildi va doimiy ekspert komissiyasi qarori asosida maqullandi. Idoraviy arxiv Nizomi, Lavozim yo‘riqnomasi institut rektori tomonidan tasdiqlanib O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivining Ekspert tekshiruv uslubiy komissiyasi tomonidan 2012 yilda kelishib berildi. 2012 yildan 2013 yilga qadar idoraviy arxiv arxiv mudiri lavozimida Nilufar Bakirova, 2013 yildan 2015 yilga qadar idoraviy arxiv arxiv mudiri lavozimida Shaxlo Dehqonova, 2015 yildan bugungi kunga qadar idoraviy arxiv arxiv mudiri lavozimida Nilufar Xudayberdieva va 2016 yildan idoraviy arxiv arxivariusi lavozimida Zilola Yusupovalar arxiv ish faoliyatini olib borishmoqda.
Institutning idoraviy arxiv arxiv xodimlari, arxiv ishi va ish yuritish bo‘yicha qonun va qonunosti hujjatlari;
O‘zR Qonunlari;
- -2001 yil 30 avgustdagi “Madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi № 269-II-sonli Qonuni;
- – 2010 yil 15 iyundagi “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi № 252-sonli Qonuni;
O‘zR Prezidenti Qarori;
- 2008 yil 21 avgustdagi “Koreya Respublikasi Hukumatining grant mablag‘larini jalb etgan holda O‘zbekiston Respublikasi markaziy davlat arxivlarini rekonstruksiya qilish hamda ularni texnik modernizatsiyalash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi № 949-sonli qarori.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasin qarorlari;
- 1999 yil 30 oktabrdagi “Arxiv ishi buyicha me’yoriy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi № 482-sonli qarori;
- 2004 yil 3 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini boshqarishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi № 49-sonli qarori;
- 2008 yil 26 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi № 194-sonli qarori;
- 2012 yil 5 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini takomillashtirish to‘g‘risida”gi №101-sonli qarori;
- 2014 yil 22 apreldagi “Arxiv asosiy ish turlari bo‘yicha vaqt va ishlab chiqarish namunaviy normalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi №100—sonli “Idoraviy arxivlarda ish yuritish, boshqaruv va xizmat hujjatlarini belgilangan tartibda jamlash, ularning hisobini yuritish, but saqlanishini ta’minlash, hujjatlarni rasmiylashtirishga oid bo‘lgan talablar asosida ulardan foydalanishni tashkil etish”ning yagona tartibi asosida ish faoliyatlarini olib borishmoqda.
Idoraviy arxiv institutning tasdiqlangan Ichki-tartib qoidalari va institut rektori bilan tuzilgan Mehnat shartnomasi asosida dushanba kunidan juma kuniga qadar soat 08:30 dan 16:30ga qadar, shanba kuni soat 08:30 dan 14:30ga qadar ish faoliyatlarini olib boradi.
Idoraviy arxiv telefon raqami 71-256-36-45
khudayberdieva.nilufar@gmail.com elektron pochtasi
Asosiy vazifalari.
- Foydalanuvchining so‘rovi, talabnomada yuridik shaxsning nomi (fuqarolar uchun – familiyasi, ism va otasining ismi), pochta manzili va/yoki foydalanuvchining elektron pochta manzili, mavzu (masala) va so‘ralayotgan ma’lumotning xronologiyasi ko‘rsatilgan bo‘lsa, arxiv mudiri tomonidan ko‘rib chiqiladi va bajariladi.
- Foydalanuvchining so‘roviga javob O‘zbekiston Respublikasining davlat tilida yoki so‘rov-murojaat yozilgan tilda beriladi.
- Mavzuli so‘rovlarni bajarish bepul tashkil etiladi
- Ijtimoiy-huquqiy mazmundagi so‘rovlar arxiv mudiri tomonidan bajariladi.
- ijtimoiy-huquqiy mazmundagi so‘rovni arxivda bajarish muddati ro‘yxatga olingan vaqtdan boshlab 30 kun.
- ushbu muddat, zarurat bo‘lganda, arxiv mudiri tomonidan majburiy tarzda foydalanuvchiga ma’lum qilgan holda uzaytirilishi mumkin.
- arxivning ilmiy-ma’lumotnoma apparati bo‘yicha so‘rovni bajarish muddati ro‘yxatga olingan vaqtdan boshlab 15 kun.
- Arxiv mudiri arxiv ma’lumotlarini, arxiv ko‘chirmalarini va arxiv nusxalarini rasmiylashtiradi.
- -arxiv ma’lumotnomasi, arxiv ko‘chirmasi, arxiv nusxasi va so‘rovlarga javoblar oddiy xat sifatida pochta orqali institut devonxona tomonidan yuboriladi.
- -MDHga qatnashchi davlatlarga yuborilishi mo‘ljallangan arxiv ma’lumotnomasi, arxiv ko‘chirmasi, arxiv nusxasi, so‘ralgan ma’lumotlarning mavjud emasligi to‘g‘risidagi javoblar bevosita ariza beruvchilarning manzillariga institut devonxona tomonidan yuboriladi.
- Fuqaro yoki uning ishonchli vakili arxivga shaxsan murojaat qilganda arxiv ma’lumotnomasi, arxiv ko‘chirmasi va arxiv nusxasi fuqaroga uning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat ko‘rsatilgan holda; ishonchli vakilga – belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma asosida beriladi.
- аrxiv ma’lumotnomasini va arxiv ko‘chirmasini oluvchi ularning nusxalariga yoki ularga qo‘shimcha xatlar orqasiga ularni olgan sanasini ko‘rsatgan holda imzo qo‘ydiriladi.
- Arxiv ma’lumotnomasida ma’lumotlar arxiv hujjatlarida qanday keltirilgan bo‘lsa xuddi shunday yoziladi, mos kelmagan, aniq bo‘lmagan nomlar, ismi, familiyasi va otasining ismi ko‘rsatilmaganligi yoki ulardan faqat birining borligi ma’lumotnomadagi matnda qavsda ko‘rsatiladi (“Hujjatda shunday”, “Matnning asl nusxasida shunday”).
Xizmat turlari.
- Arxivda saqlanayotgan arxiv hujjatlari to‘g‘risida axborot berish.
- Tadqiqotchilarga xizmat ko‘rsatish.
- Belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxalar va ko‘chirmalar tayyorlab
- Ijtimoiy-huquqiy mazmundagi ma’lumotnomalarni belgilangan tartib va muddatda berish;
Arxiv hujjatlaridan foydalanish tartibi.
Institut rektori ruhsati asosida arxiv hujjatlaridan qonunchilikda belgilangan tartibda foydalanish mumkin.
Ijtimoiy-huquqiy so‘rovlar.
- Ish haqi to‘g‘risida ma’lumot
- Mehnat staji to‘g‘risida ma’lumot
- Mukofotlanish to‘g‘risida ma’lumot
- Ta’lim olganlik to‘g‘risida.
- Ishlaganlik to‘g‘risida.
Quydagilarga amal qilish lozim.
Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport) bilan kelish.
Arxiv hujjatlari bilan foydalanish uchun beriladigan muddat.
- Bo‘lim, kafedra, fakultetlarga-bir oygacha
- Sud- huquqni muhofaza qiluvchi organlariga va boshqa vakolatli organlarga – olti oygacha.
- Boshqa tashkilotlarga institut rektori ruhsati asosida berish muddati –3 oy.