Endilikda AQSHning Vebster universiteti magistrlik diplomini O‘zDJTUda ham olish mumkin.

03.08.2018, 12:56 Institut yangiliklari, Yangiliklar 4141

O‘zbekiston davlat jaxon tillari universiteti va AQSHning Vebster universiteti hamkorlikda TESL – “Ingliz tilini ikkinchi til sifatida o‘rganish” akademik dasituri bo‘yicha bir yillik magistraturaga taklif etadi.

Bu Amerika oliy ta’lim muassasaining Markaziy Osiyodagi ilk magistrlik ta’lim loyihasi hisoblanadi.

2018-2019 o‘quv yilida ushbu dasturda ishtirok etish uchun nafaqat O‘zbekiston balki, Markaziy Osiyoning barcha davlatlaridan mutaxassisligidan qat’iy nazar bakalavr darajasiga ega bitiruvchilar  xujjat topshirishi mumkin.

Vebster universitetining O‘zDJTUdagi magistraturasiga qabul joriy yilning 1-avgustidan 20-avgustigacha qadar davom etadi va buning uchun quydagi xujjatlar taqdim etilishi lozim:

  • Bakalavrlik diplomi;
  • Diplom ilovasining ingliz tilidagi tarjimasi;
  • Ingliz tilidagi bilim darajasi IELTS-6.0 yoki undan yuqori ball yoki tenglashtirilgan til bilimini baholash bo‘yicha boshqa xalqaro sertifikatlar (575 yoki undan yuqori bo‘lgan TOEFL yozma imtixoni sertifikati (kompyuterdagi test bo‘yicha 230 ball yoki Internet orqali topshirilgan test bo‘yicha 89 ball) yoki PEARSON testi bo‘yicha 53 yoki undan yuqori ball);
  • CV (ingliz tilida);
  • pasport

Tanlov AQSHning Vebster universitetiga o‘qishga talabgorlarning hujjatlari  asosida amalga oshiriladi.

2018-2019 o‘quv yili uchun 100 nafar talaba qabul qilinadi va o‘qitish to‘liq Vebster universiteti akademik dasturi asosida tashkil qilinib, darslar Vebster universiteti  va O‘zDJTU pofessor-o‘qituvchilari tomonidan olib boriladi.

Dastur yakunida bitiruvchilarga Vebster universiteti mgistrlik diplomi beriladi.

Hujjatlar O‘zDJTU Xalqaro aloqalar bo‘limida qabul qilindi.

Elektron shaklda ham yuborishingiz mumkin.

Manzil: Toshkent Shaxar Uchtepa tumani Kichik xalqa yo‘li GA – 9, 21 A.

Tel: (+998971) 2301289; +99890 9181173; +998909511942.

e-mail: Webster@uzswlu.uz