Mehr muruvvat-bu insonning eng yuksak tuyg‘ularidan biridir
Mehr bu insonning eng yuksak tuyg‘ularidan biridir. Sharq falsafasida rahm – shafqat, muruvvat, odamiylik kabi fazilatlar doimo ulug‘lanib, madh etib kelingan. Odamiylik – bu kishining boshqa odamlarga, mehr-shafqat ko‘rsatishi, yaxshilik qilishini, insonparvarlik munosabatlarida bo‘lishini taqozo etadigan fazilatdir.
Institut rahbar xodimlari, professor-o’qituvchilari hamda talabalari o’rtasida Sahovat hayriya aksiyasi e’lon qilingan edi. Mazkur aksiya yakuniga ko’ra to’plangan mablag’lardan Toshkent shahri Sergeli tumanidagi 33-sonli “Mehribonlik uyi” tarbiyalanuvchilariga yaqinlashib kelayotgtan Yangi yil bayrami munosabati bilan bayram sovg’alari, kiyim-kechaklar, 3/1 printer, bilim olishlarida yanada qulaylik yaratish maqsadida doskalar va markerlar hamda boshqa kerakli sovg’a salomlar harid qilindi.
2020-yil 23-dekabr kuni institut rahbar xodimlari va talabalari mazkur mehribonlik uyiga tashrif buyurdilar va bolajonlarga sovg’alarni ulashdilar. Institut talabalari tomonidan tashkil etilgan yangi yil bayram dasturi bolajonlarning hursandchiligiga yanada quvonch qo’shdi.
Institut matbuot xizmati