Mehr muruvvat-bu insonning eng yuksak tuyg‘ularidan biridir

23.12.2020, 16:30 Institut yangiliklari, Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, Tadbirlar, Yangiliklar 2551

Mehr bu insonning eng yuksak tuyg‘ularidan biridir. Sharq falsafasida rahm – shafqat, muruvvat, odamiylik kabi fazilatlar doimo ulug‘lanib, madh etib kelingan. Odamiylik – bu kishining boshqa odamlarga, mehr-shafqat ko‘rsatishi, yaxshilik qilishini,  insonparvarlik munosabatlarida bo‘lishini taqozo etadigan fazilatdir.

Institut rahbar xodimlari, professor-o’qituvchilari hamda talabalari o’rtasida Sahovat hayriya aksiyasi e’lon qilingan edi. Mazkur aksiya yakuniga ko’ra  to’plangan mablag’lardan Toshkent shahri Sergeli tumanidagi  33-sonli “Mehribonlik uyi” tarbiyalanuvchilariga yaqinlashib kelayotgtan Yangi yil bayrami munosabati bilan bayram sovg’alari, kiyim-kechaklar, 3/1 printer, bilim olishlarida yanada qulaylik yaratish maqsadida  doskalar  va markerlar hamda boshqa kerakli sovg’a salomlar harid qilindi.

2020-yil 23-dekabr kuni institut  rahbar xodimlari va talabalari  mazkur mehribonlik uyiga tashrif  buyurdilar va bolajonlarga sovg’alarni ulashdilar. Institut talabalari tomonidan tashkil etilgan yangi yil bayram dasturi bolajonlarning hursandchiligiga  yanada quvonch qo’shdi.

           

      

Institut matbuot xizmati