Institut Biotexnologiya kafedrasi umumta’lim maktablar  o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ydi

21.12.2020, 14:01 Institut yangiliklari, Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, Tadbirlar, Yangiliklar 1099

Toshkent farmatsevtika instituti “Biotexnologiya” kafedrasiga biriktirilgan Toshkent shahar Mirobod  tumanidagi  83 – sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida tabiiy fanlar o‘qitiladigan sinfxonalarining xolati va xonalarda joylashgan jihozlar, 9, 10, 11 sinflarning kimyo, biologiya fanlari o‘quv rejalari bilan tanishib chiqdi. Shundan so‘ng o‘quvchilar va o‘qituvchilarga tashkil etilishi kerak bo‘lgan mahorat (master klass) seminar darsi mavzularini rejasi tuzilib, rejada ko‘zda tutilgan barcha masalalar muhokama qilindi.

 O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘ribosari va biologiya o‘qituvchisi Kostina Olga Aleksandrovna hamda institutninig Biotexnologiya kafedrasidan biriktirilgan ma’sul Norboboeva Risolat Botirovna maktabning tabiiy fanlar o‘qitiladigan sinfxonalarini jihozlash borasida kelshib olindi.

    

Institut matbuot xizmati