Toshkent shahar Mirobod tumanidagi 83- sonli umumta’lim maktabga Toshkent Farmatsevtika institutining DVS va SM kafedrasi professor-o’qituvchilarining tashrifi

03.12.2020, 15:43 Institut yangiliklari, Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, Tadbirlar, Yangiliklar 1207

Toshkent Farmatsevtika instituti “Dori vositalarini standartlashtirish va sifat menejmenti” kafedrasi hamda Toshkent shahar Mirobod tumanidagi 83- sonli umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘rtasida hamkorlik shartnomasi tuzildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev raisligida  2020 yil 30 oktabrdagi  “Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirish masalalari” muhokamasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalar ijrosi bo‘yicha maktablar faoliyatini takomillashtirish, o‘qituvchilarning kasbiy va pedagogik mahoratini yanada oshirish, o‘quvchilarning ilm-fan va kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishlarini kuchaytirish, ularning bilimlari va dunyoqarashini yanada oshirish hamda oliy ta’lim muassasalari va umumta’lim maktablari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash har ikki tomon uchun manfaatli ekanini va bu har ikki tomonning asosiy vazifasi sifatida bajarilishi maqsadida Toshkent farmatsevtika instituti  rektori K.S.Rizaev bir tomondan, Mirobod tumani 83-sonli maktab direktori M.B.Piryazova  ikkinchi tomondan o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish, Kimyo, Biologiya, Matematika, Informatika, Fizika, Ingliz tili fanlari bo‘yicha professor-o‘qituvchilar va o‘quvchilar o‘rtasida o‘quv-uslubiy, ta’lim-tarbiya va ilmiy-tadqiqot bo‘yicha aloqalarni kengaytirish hamda mustahkamlash maqsadida ushbu shartnoma tuzildi.

Shartnoma bandlarining to‘liq va samarali bajarilishini ta’minlash maqsadida Toshkent Farmatsevtika instituti DVSvaSM kafedra mudiri dotsent F.S.Jalilov, kafedra  assistentlari Ch.S.Toshtemirova, Yo.T.Saidkarimovalar va    83-sonli maktab direktori M.B.Piryazova, o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari S.V.Mudrechenko, kimyo fani o‘qituvchilari L.Z.Adjiasman, Yu.R.Gerasimenkolarning o‘zaro kelishuv suhbatlari  asosida umumta’lim maktabida tahsil olayotgan o‘quvchilarning ilm-fan va kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish maqsadida professor-o‘qituvchilar va o‘quvchilar o‘rtasida o‘quv-uslubiy, ta’lim-tarbiya va ilmiy-tadqiqot bo‘yicha aloqalarni kengaytirish, o‘qituvchilarning mas’uliyatini yanada oshirish yuzasidan oliy ta’lim muassasasi va umumta’lim maktabi o‘rtasida kelishuv suhbatlarini o‘tkazdilar. Shuningdek  fanlari bo‘yicha  o‘quv yili uchun reja qabul qilindi va tasdiqlashga berildi.

            

Institut matbuot xizmati