Toshkent farmatsevtika instituti Toshkent shahri Mirobod tumani va Yakkasaroy tumanidagi 10 ta maktab bilan hamkorlikni yo’lga qo’ydi

01.12.2020, 16:47 Institut yangiliklari, Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, Tadbirlar, Yangiliklar 1330

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  PQ-3151-son, PQ-3160-son, PQ-4307-son, PQ-3271-sonli Qarorlariga tayangan holda Toshkent farmatsevtika instituti Toshkent shahri Mirobod tumani va Yakkasaroy tumanidagi  10-ta maktab  bilan hamkorlikni yo’lga  qo’ydi.

Hamkorlik  yo’lga q’yilgan  umumta’lim maktablari faoliyatini takomillashtirish, o‘qituvchilarining kasbiy va pedagogik mahoratini yanada oshirish, o‘quvchilarning ilm-fan va kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishlarini kuchaytirish, ularning  ma’naviy-ma’rifiy bilimlari va dunyoqarishini yanada oshirish hamda institut va umumta’lim maktabi o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash har tomon uchun manfaatli ekanini va bu har ikki tomonning asosiy vazifasi sifatida bajarilishi maqsadida  mazkur maktablarga institut rahbar xodimlari va professor-o‘qituvchilarining tashrifi amalga oshirilib maktablardagi kamchiliklar o‘rganib chiqilmoqda.

Shuningdek mazkur maktablarga mos fakultet va kafedralar biriktirilib, institutdagi fanlar kesimida o‘qituvchilarning kasbiy mahorati va ularga metodik yordam ko‘rsatish orqali malakasini oshirish, institut  professor-o‘qituvchilari va maktab o‘qituvchilari o’rtasida “Ustoz-shogird” tizimini joriy etish rejalashtirilgan.

                     

Institut matbuot xizmati