Institut rahbar xodimlari ishtirokida navbatdagi yig’lish o’tkazildi

20.11.2020, 18:51 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1190

Yurtimizda Oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalaridan kelib chiqqan holda, kadrlar tayyorlash tizimini qayta ko‘rish, xalqaro standartlar darajasiga mos oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratilshini ta’minlash maqsadida muhtaram Prezidentimiz tomonidan qator chora-tadbirlar , qarorlar va farmonlar qabul qilinmoqda . Ularni amalga joriy etish uchun, yoshlarga ta’lim berishda zamonaviy usullardan foydalanilgan holda barcha Oliy ta’lim muassasalarida ko’plab islohatlar amalga oshirilmoqda. 2020-yil 20-noyabr kuni Toshkent farmatsevtika instituti rektori K.S.Rizayev tomonidan mazkur mavzu yuzasidan  navbatdagi yig’lish o’tkazildi. Majlisda barcha rahbar xodimlar, bo’lim boshliqlari va kafedra mudirlari qatnashib, bugunga qadar amalga oshirgan ishlar yuzasidan rahbariyatga xisobot taqdim etdilar. Shuningdek, majlis davomida yana qator masalalar yuzasidan muhokamalar o’kazildi va rahbar xodimlarga, bo’lim boshliqlari va kafedra mudirlariga kelgusi yig’lishga qadar bajarilshi lozim bo’lgan topshiriqlar berildi.

      

Institut matbuot xizmati