Ijtimoiy fanlar kafedrasining professor-o’qituvchilari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining 29-yilligi munosabati bilan tadbir tashkil qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining 29-yilligi munosabati bilan ijtimoiy fanlar kafedrasining professor-o’qituvchilari tomonidan institut talabalar turar joyida tadbir tashkil qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonun 1991-yil 18-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari o‘tkazilgan VII-sessiyasida qabul qilingan. Davlat bayrog‘i va uning ramzi bugungi O‘zbekiston sarhadida qadimda mavjud bo‘lgan davlatlar bilan tarixan bog‘liqligini anglatadi hamda Respublikaning milliy-madaniy an’analarini o‘zida mujassamlashtiradi. Tadbirda Abduqodirov P.A, Abdurahimova D.M, Yuldasheva L.S, Kamalova D.Olar tomonidan talabalarga O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i to‘g‘risidagi ma’lumotlar batafsil tushuntirilib, talabalar tomonidan berilgan savollarga yetarlicha ma’lumotlar berildi.
Institut matbuot xizmati