Farmatsevtika sohasining bugungi holati: muammolar va istiqbollar” mavzusidagi xalqaro ilmiy- amaliy anjumanning ochilish qismi bo’lib o’tdi
Ayni damda Toshkent farmatsevtika institutida “Farmatsevtika sohasining bugungi holati: muammolar va istiqbollar” mavzusidagi xalqaro ilmiy- amaliy anjumanning ochilish qismi bo’lib o’tmoqda.
Konferensiya Toshkent farmatsevtika instituti rektori K.S.Rizayev hamda Sog‘liqni saqlash vaziri A.M.Xadjibayev, O‘zbekiston Respublikasi SSV farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori S.Kariyev, O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi O‘simliklar moddallari kimyosi instituti direktori, professor Sh.Sh Sagdullayevlar tomonidan ochib berildi va qatnashchilarga tabrik so‘zi bildirildi.
Anjumanning ochilish qismidan so’ng, qatnashchilar o’zlariga biriktirilgan seksiyalarda ma’ruzalarini taqdim etadilar.
Institut matbuot xizmati