Biyotexnologiya kafedrasining 2-bosqich tasyanch doktoranti Iroda Shermatovani “Innovatsion gʻoyalar yetakchisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi

10.11.2020, 15:20 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1297

“Innovatsion gʻoyalar yetakchisi” koʻkrak nishonining 2020-yilgi gʻoliblarini eʼlon qilindi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Innovatsion gʻoyalar yetakchisi” koʻkrak nishonini taʼsis etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qarori bilan “Innovatsion gʻoyalar yetakchisi” koʻkrak nishoni taʼsis etilgan.

Joriy yil Respublika miqyosida 428 ta loyihalar koʻrib chiqilgan boʻlib, yakunida Respublika Komissiyasi aʼzolari tomonidan har bir hududdan eng munosib 14 nafar nomzodlar “Innovatsion gʻoyalar yetakchisi” koʻkrak nishoni gʻolibi deb topildi.

Hududlar kesimida “Innovatsion gʻoya yetakchisi” koʻkrak nishonining g’oliblaridan biri Toshkent farmatsevtika institutining Biyotexnologiya kafedrasining 2-bosqich tasyanch doktoranti Iroda Shermatova Baxtiyor qizi.

 Iroda “Kumush nanozarracha saqlovchi gel olish texnologiyasini ishlab chiqarish” loyihasi bilan ishtirok etdi.

Mazkur mukofot bilan institut jamoasi nomidan Irodaxonni tabriklab ishlarida omad tilaymiz.

Institut matbuot xizmati