“O‘zbek adabiyotining durdona asarlari”

16.10.2020, 14:44 Institut yangiliklari, Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, Tadbirlar, Yangiliklar 1477

 Tillar kafedrasi tashabbusi bilan talabalar ishtirokida adiblar xiyoboniga tashrif uyushtirildi. O‘zbek adabiyotining zabardast vakili, go‘zal axloq sohibi, ulkan va nozik qalb egasi Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek hayoti va ijodiga bag‘ishlab hamda o‘zbek adabiyoti vakillari ijodidan talabalarni bahramand etish maqsadida “O‘zbek adabiyotining durdona asarlari”, “Talabalar o‘rtasida turli yot g‘oyalarning oldini olishda badiiy asarlarning o‘rni” mavzularida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda institut adabiy masalahatchi F.Umarova, kafedra katta o‘qituvchilari M.Umarova, S.Shukurdjanovalar ishtirok etdi va mavzu yuzasidan targ‘ibot ishlarini olib bordi. O‘z so‘zlarida Oybek o‘z hayot yo‘li va ijodi bilan avlodlarga namuna bo‘lishga arziydigan siymoligi qayd etildi. Oybek nazm va nasrda bir xilda barakali ijod qilgan. Uning ijodi haqida ulug‘ shoirimiz Hamid Olimjon shunday degan: “Oybek prozada shoir-u, poeziyada prozaikdir”. Darhaqiqat, uning she’rlarida romanga sig‘adigan fikrlar bo‘lsa, nasriy asarlari xuddi she’rday yengil o‘qiladi.  Uning ijodini shartli ravishda uchga bo‘lamiz:  She’rlar, tarixiy asarlar va  zamondoshlari haqidagi asarlar. Asarlarining hammasida Oybek inson tuyg‘ularini, dardini birinchi o‘ringa qo‘ydi. Aynan, mana shu sifat Oybek asarlarini kitobxon qalbiga kirib borishini ta’minladi.

Institut matbuot xizmati