Ta’lim sifatini yanada oshirish maqsadida yig’ilish tashkil etildi

16.09.2020, 16:36 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1337

Mamlakatimizda oliy ta’lim sohasini takomillashtirish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish bo’yicha qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda .

Ayniqsa, jahonda koronavirus pandemiyasi yoyilishi  institut jamoasi zimmasiga mutlaqo yangi vazifalarni  yukladi. Karantin davrida ko‘plab oliy ta’lim muassasalari qatori Toshkent farmatsevtika institutida ham masofadan o‘qitish yo‘lga qo‘yildi. Yangi o’quv yili ham masofaviy ta’lim shaklida, online tarzda ZOOM platformasi orqali olib borilmoqda.  Online  tashkil etilgan dars jarayonlari institut rektori tomonidan doimiy nazoratga olingan bo’lib, talabalarni yanada sifatli bilim olishlari uchun qator choralar ko’rilmoqda.

2020-yil 16-sentabr kuni institut  o’quv va tarbiyaviy ishlar bo’yicha prorektori Yuldashev Z.A. va institut TSNQB bo’limi  tomonidan fakultet dekanlari va  barcha kafedra mudirlari   ishtirokida yig’ilish tashkil etildi.

Yig’ilishda  darslarni ZOOM platformasida olib borilishi, o’quv uslubiy ishlar jarayoni va  ta’lim sifatini yanada oshirishga qaratilgan masalalar ko’rib chiqildi. Shuningdek mavzu yuzasidan tegishli xodimlarga vazifalar berildi.

       

Institut matbuot xizmati