Rektorat yig’lishi bo’lib o’tdi
2020-yil 7-sentabr kuni institut katta faollar zalida rektorat qatnashchilari ishtirokida navbatdagi yig’lish o’tkazildi. Yig’lishni institut rektori K.S.Rizaev kirish so‘z bilan ochib berdi va kun tartibiga qo‘yilgan masalalar bilan yig‘ilish ishtirokchilarini tanishtirib o‘tdi.
Shuningdek, institut rahbariyatiga yuqori tashkilot vakillari tomonidan taqdim etilayotgan qaror, farmon, buyruqlarning mazmun – mohiyati, ularning ijro holati, ularda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida, sifatli tarzda amalga oshirish lozimligi qayd etildi. Kun tartibiga qo’yilgan birinchi masala yuzasidan institut Farmatsiya fakulteti dekani U.X.Usmanov va Sanoat farmatsiyasi fakulteti dekani Z.U.Mamatqulov, ikkinchi masala yuzasidan “Murabbiylar” kengashi raisi N.S.Salimsakova so‘zga chiqib axborot berdilar, hamda davomida yana ko’plab masalalar yuzasidan to’htalib o’tildi.
Institut matbuot xizmati