Institut talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Men diniy ekstremizm va terrorizm tahdidini qanday tushunaman?” mavzusidagi “Eng yaxshi maqola” nominatsiyasi bo‘yicha tanlovda 1-o‘rinni Farmatsiya fakulteti 4-bosqich 401 B guruh talabasi Zokirova Maftuna Zokir qizi qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2020-yilning 20-iyun kunidagi “Men diniy ekstremizm va terrorizm tahdidini qanday tushunaman?”, “Biz korrupsiyaga qarshimiz” va “Odam savdosi – davr muammosi” mavzularida o‘tkaziladigan “Eng yaxshi maqola” nominatsiyalari bo‘yicha masofaviy respublika onlayn tanlovlarini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 330-sonli buyrug‘ining hamda institut rektorining 2020-yilning 26-iyun kunidagi 403-sonli buyrug‘ining ijrosini ta’minlash maqsadida institut talabalari o‘rtasida “Men diniy ekstremizm va terrorizm tahdidini qanday tushunaman?” , “Biz korrupsiyaga qarshimiz” va “Odam savdosi – davr muammosi” mavzularida “Eng yaxshi maqola” nominatsiyalari bo‘yicha masofaviy onlayn tanlovlari o‘tkazildi. Tanlov Nizom shartlari asosida tashkil etildi va hakamlar xay’ati tomonidan talabalarning ijodiy ishlari baholandi.
Tanlov natijalariga ko‘ra “Men diniy ekstremizm va terrorizm tahdidini qanday tushunaman?” mavzusidagi “Eng yaxshi maqola” nominatsiyasi bo‘yicha 1-o‘rinni Farmatsiya fakulteti 4-bosqich 401 B guruh talabasi Zokirova Maftuna Zokir qizi qo‘lga kiritdi. Institut rektori tomonidan Zokirova Maftuna Zokir qizi moddiy va ma’naviy rag‘batlantiriladi. Tanlov g‘olibini institut rahbariyati chin dildan muborakbod etadi. Ijodiy izlanishlari davomli bo‘lsin.
Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘lim boshlig‘i N.X.Ashurova