Toshkent farmatsevtika instituti “Doktorantlar maktabida” tahsil olayotgan 3-bosqich tayanch doktorant (Phd), doktorant (DSc) va mustaqil izlanuvchilari faoliyatining samaradorligi boʼyicha monitoringi boʼlib oʼtdi

05.07.2020, 14:51 Institut yangiliklari, Tadbirlar, Yangiliklar 1980

Oʼzbekiston Respublikasi Oliy va Oʼrta Maxsus Taʼlim Vazirligining 2019-yil 26 -iyundagi  572-son buyrugʼi bilan tasdiqlangan “Talabgorlarning yakka tartibdagi rejasi bajarilishini har chorakda monitoring qilish tartibi toʼgʼrisida”gi nizomning ijrosini taʼminlash maqsadida hamda Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlarlar Mahkamasining 2017- yil 22 -maydagi “Oliy oʼquv yurtidan keyingi taʼlim tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari toʼgʼrisidagi”gi 304-son Qarori bilan tasdiqlangan “Oliy oʼquv yurtidan keyingi taʼlim toʼgʼrisidagi Nizom” ning 52-bandiga muvofiq “Doktorantlar maktabida” tahsil olayotgan 3 -bosqich tayanch doktorant (Phd), doktorant (DSc) larning faoliyati samaradorligi monitoringi boʼlib oʼtdi. Hozirda Respublikamizda karantin munosabati bilan monitoring Zoom platformasi orqali tashkil etildi. Monitoring Toshkent farmatsevtika instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʼyicha prorektori k.f.d. N.S.Normaxamatov va ilmiy tadqiqot, innovatsiyalar va ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash boʼlimi boshligʼi M.T.Mullajonovalar tomonidan oʼtkazildi. Har bir 3-bosqich tayanch doktorant (Phd), doktorant (DSc) va mustaqil izlanuvchilar bilan individual gaplashilib, ularni ilmiy ishlarini reja asosida olib borilayotganligi, chop etilgan maqolalari va kutilayotgan natijalar toʼgʼrisida batafsil suhbatlashildi.

Innovatsiyalar va ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash boʼlimi boshligʼi M.T.Mullajonova

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova