Ijtimoiy fanlar kafedrasining online tarzda navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
2020- yilning 2- iyul kuni Ijtimoiy fanlar kafedrasining Zoom platformasi orqali navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Online tarzda o’tgan uchrashuvda ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri K.Ismailov qatnashuvchilarga bugungi kunning eng dolzarb va bartaraf etilshi kerak bo’lgan muammolaridan biri korrupsiya va unga butkul barham berish kerakligini ta’kidlab, “Korrupsiyaga qarshi kurashish borasida O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari”, “Korrupsiyaga qarshi kurashish va uni profilaktikasi” mavzularida ma’ruza qildi.
Shuningdek yig’lishning kun tartibiga kiritilgan yana ko’plab masalalar yuzasidan ham to’xtalib o’tildi.
Online yig’lishda qatnashgan ijtimoiy fanlar kafedrasi professor-o’qituvchilari mazkur yig’lishda ko’rilgan mavzularga oid fikrlarini va mulohazalarini bildirdilar. O’tkaZilgan uchrashuv kafedra yig’lishining qarorini qabul qilish bilan yakunlandi.
Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova