Tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan psixologik trening o‘tkazildi
2020-yil 19-iyun kuni institutning xorijiy talabalari ya’ni Turkmanistonlik talabalar bilan institut psixologi K.Axrorova va tarbiyachi-pedagog N.Yusupova seminar trening o‘tkazdilar. Trening davomida talabalarga insonning qobiliyati, iste’dodi, temperamenti, xarakteriga hos ruhiy hodisalar kabi psixologik jarayonlarning faoliyati haqida to‘xtalib, talabalarnihg xarakter xususiyatlari, qiziqishlari yuzasidan munozara o’tkazildi.
Shuni ham aytishimiz joizki, Toshkent farmatsevtika instituti talabalar turar joyida yashayotgan xorijiy yoshlarimiz uchun institut rahbariyati tomonidan barcha sharoitlar yaratilmoqda. Yoshlar bilan ishlash prorektori O.I.Xudoyberdiyev, institut tarbiyachi pedagogi N. Yusupova, TTJ mudirasi N.Xudoyberdiyeva hamda talabalar turar joyining mas’ul xodimlari tomonidan doimiy ravishda xorijiy talabalarimizning holidan xabar olinmoqda va kamchiliklari bartaraf etilmoqda. Ularni bo’sh vaqtlarini sermazmun tashkil etish maqsadida o’tkazib borilayotgan uchrashuvlar va treninglar so’zimiz dalilidir.
Institut matbuot kotibi