Tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan psixologik trening o‘tkazildi

20.06.2020, 02:34 Institut yangiliklari, Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, Tadbirlar, Yangiliklar 1571

2020-yil 19-iyun kuni institutning  xorijiy talabalari  ya’ni Turkmanistonlik talabalar bilan institut psixologi K.Axrorova va tarbiyachi-pedagog N.Yusupova seminar trening o‘tkazdilar. Trening davomida talabalarga  insonning qobiliyati, iste’dodi, temperamenti, xarakteriga hos  ruhiy hodisalar kabi psixologik jarayonlarning  faoliyati haqida to‘xtalib, talabalarnihg xarakter  xususiyatlari, qiziqishlari  yuzasidan munozara o’tkazildi.
Shuni ham aytishimiz joizki, Toshkent farmatsevtika  instituti talabalar turar joyida yashayotgan xorijiy yoshlarimiz uchun institut rahbariyati tomonidan barcha sharoitlar yaratilmoqda. Yoshlar bilan ishlash prorektori O.I.Xudoyberdiyev, institut tarbiyachi pedagogi N. Yusupova, TTJ mudirasi N.Xudoyberdiyeva hamda talabalar turar joyining mas’ul xodimlari tomonidan doimiy ravishda xorijiy talabalarimizning holidan xabar olinmoqda va kamchiliklari bartaraf etilmoqda. Ularni bo’sh vaqtlarini sermazmun tashkil etish maqsadida o’tkazib borilayotgan uchrashuvlar va treninglar so’zimiz dalilidir.

Institut matbuot kotibi