“Adabiyot va huquq uyg’unligi: G’afur G’ulom ijodida insonparvarlik, odillik va mehr-oqibat masalalari” mavzusida online konferensiya bo’lib o’tmoqda
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-may kuni Milliy bog’da barpo etilgan Adiblar hiyoboniga tashrifi davomida bergan topshiriqlari hamda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2020- yil 15-iyun kunidagi 87-04-1615-sonli xatiga muvofiq tashkil etilgan va ayni damda bo’lib o’tayotgan “Adabiyot va huquq uyg’unligi: G’afur G’ulom ijodida insonparvarlik, odillik va mehr-oqibat masalalari” mavzusidagi Respublika online konferensiyasida Toshkent farmatsevtika institutidan Yoshlar bilan ishlash prorektori O.I.Xudoyberdiyev, yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’lim boshlig’i N.X.Ashurova hamda qator professor o’qituvchilar qatnashmoqdalar.
Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova