Hamkorlik ishlari davom etmoqda
Toshkent farmatsevtika instituti Ijtimoiy fanlar kafedrasi 2-Respublika tibbiyot kolleji bilan hamkorlik ishlarini yo’lga qo’ygan.Kafedra oʼqituvchilari kafedra mudiri rahbarligida oʼquv yili davomida kollej oʼqituvchilari bilan oʼquv, uslubiy, maʼnaviy-maʼrifiy ishlarda hamkorlik qilib keladilar.
Mazkur ishlar doirasida “Oʼzbekiston Respublikasi SSVning tasarrufidagi tibbiyot kolejlari bitiruvchilari uchun yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil etish va uni oʼtkazish toʼgʼrisida”gi 100-sonli buyrugʼi ijrosini taʼminlash maqsadida maxsus reja-jadval asosida bitiruvchi guruhlarda joriy yil 1-10 iyun kunlari YaDА oʼtkazildi.Unda institut ijtimoiy fanlar kafedrasi katta oʼqituvchisi N.S.Salimsakova rais sifatida ishtirok etdi.
YaDА jarayonlari online tarzida oʼtkazilib, unda bitiruvchi kurs oʼquvchilari faol ishtirok etdilar.YaDАda 26 ta guruhda 842 nafar talabalarning barchasi ishtirok etib, test savollariga javoblarini yoʼlladilar.
Ijtimoiy fanlar kafedrasi katta oʼqituvchisi N.S.Salimsakova
Institut matbuot xizmati