Sultanova Ra’no Xakimovnaning PhD ilmiy darajasini olish uchun online tarzda dissertatsiya himoyasibo‘lib o‘tdi

28.05.2020, 23:22 Новости института, Новости 1562

2020-yil 28-may kuni soat 13-00 da Toshkent farmatsevtika institutida Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasi katta o‘qituvchisi Sultanova Ra’no Xakimovnaning 14.00.17- farmakologiya va klinik farmakologiya ixtisosligi bo‘yicha «Ruh va vismutning yangi koordinatsion preparatlarini farmakologiyasi» mavzusidagi (farmatsevtika fanlari) falsafa doktorlik (PhD) ilmiy darajasini olish uchun DSs.04/30.12.2019.Far.32.01 raqamli Ilmiy kengashida onlayn dissertatsiya himoyasi Zoom tizimi orqali bo‘lib o‘tdi. Barcha ilmiy kengash a’zolari karantin talablariga ko’ra masofaviy ishtirok etdilar. Isntitutning kichik faollar zalida ilmiy kengash rais o’rinbosari f.f.d., dots. A.F.Dusmatov, ilmiy kotib f.f.d., prof. Yo.S.Karieva, ilmiy va innovatsiya bo‘yicha prorektori, k.f.d. N.S. Normahamatov va dissertantning ilmiy rahbari b.f.d., dots. R.T.Tulyaganov ishtirok etdilar.

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova