“O’zbekistonda ijtimoiy sheriklikning zamonaviy modelini ishlab chiqish” mavzusida online davra suhbati tashkil etildi

28.05.2020, 21:58 Новости института, Духовно-просветительская деятельность, Мероприятия, Новости 1661

Mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish va bu jarayonda ijtimoiy sheriklik munosabatlarini takomillashtirish mexanizmlarini amaliyotga joriy etish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Mirzo Ulugʼbek nomidagi Oʼzbekiston Milliy universiteti tashabbusi bilan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʼzbekiston Liberal Demokratik partiyasi, Oʼzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari Milliy assotsiatsiyasi hamkorligida tashkil etilgan “Oʼzbekistonda ijtimoiy sheriklikning zamonaviy modelini ishlab chiqish” mavzusidagi onlayn davra suhbati ana shunday muhim masalalar tahliliga bagʼishlandi. Davra suhbati 2020-yil 28-may kuni zoom platformasida oʼtkazildi. Mazkur online davra suhbatida Toshkent farmatsevtika institutidan yoshlar bilan ishlash prorektori O.I.Hudoyberdiyev, ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri K.Q.Ismailov va kafedraning katta o’qituvchisi F.Ahmedova , sanoat-farmatsiya fakulteti dekani Z.Mamamtqulov, farmatsiya va sanoat-farmatsiyasi fakultetlarining dekan muovinlari hamda qator professor-o’qituvchilar qatnashdilar.
Mazkur online davra suhbatida Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qoʼmitasi raisi Bafaev Shuxrat Gafurovich, Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi apparatining Mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish boʼlimi yetakchi mutaxassisi Rahmanov Ruslan Shavkatovich, Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti dotsenti Ernazarov Dilmurod Zuhriddinovichlarning maʼruzalari katta qiziqish bilan tinglandi va qizgʼin muhokama qilindi.
Toshkent farmatsevtika institutining ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o’qituvchisi F.Ahmedova tomonidan “O’zbekistonda ijtimoiy sheriklikning zamonaviy modelini ishlab chiqish” mavzusidagi online davra suhbatiga oid maqola nashrga uchun taqdim etildi.

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova