Koronovirus yurtimizga chetdan kirib kelshini oldini olish hamda axborot makonida tarqalayotgan turli hil yolg’on xabarlar va ularga joylarda tegishli, aniq va to’g’ri ma’lumotlarni taqdim etish yuzasidan tashkil etilgan seminar bo’lib o’tmoqda
Ma’lumki, bugungi kunda jahonda koronovirus infeksiyasi bo’yicha epidemik vaziyat murakkablashishi bois mamlakatimizda qator chora- tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan ayni damda O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan tashkil etilgan, koronovirusning yangi turi yurtimizga chetdan kirib kelshini oldini olish hamda axborot makonida tarqalayotgan turli hil yolg’on xabarlar va ularga joylarda tegishli, aniq va to’g’ri ma’lumotlarni taqdim etish yuzasidan tashkil etilgan seminar bo’lib o’tmoqda. Mazkur seminarda O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligiga qarashli bo’lgan tashkilotlarning matbuot kotiblari qatnashmoqdalar. Seminarni O’zbekiston Republikasi Sog’liqni Saqlash vazirining o’rinbosari Bahodir Yusupaliyev kirish so’zi bilan ochib berdi.
Institut matbuot kotibi N. L. Usmanova