Koronovirus yurtimizga chetdan kirib kelshini oldini olish hamda axborot makonida tarqalayotgan turli hil yolg’on xabarlar va ularga joylarda tegishli, aniq va to’g’ri ma’lumotlarni taqdim etish yuzasidan tashkil etilgan seminar bo’lib o’tmoqda

12.03.2020, 11:06 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1578

Ma’lumki, bugungi kunda jahonda koronovirus infeksiyasi bo’yicha  epidemik vaziyat murakkablashishi bois  mamlakatimizda qator chora- tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan ayni damda O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan tashkil etilgan, koronovirusning yangi turi yurtimizga chetdan kirib kelshini oldini olish hamda axborot makonida  tarqalayotgan turli hil yolg’on xabarlar va ularga joylarda tegishli, aniq va to’g’ri ma’lumotlarni taqdim etish yuzasidan tashkil etilgan seminar bo’lib o’tmoqda. Mazkur seminarda O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligiga qarashli bo’lgan tashkilotlarning matbuot kotiblari qatnashmoqdalar. Seminarni  O’zbekiston Republikasi Sog’liqni Saqlash vazirining o’rinbosari Bahodir Yusupaliyev kirish so’zi bilan ochib berdi.

Institut matbuot kotibi N. L. Usmanova