“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” shiori ostida Samarqand shahriga tashrif buyurildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 fevraldagi “Ichki turizmni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘rsida”gi PQ-3514-sonli qarorining qabul qilinishi mamlakatimiz ijtimoiy hayotidagi muhim voqealardan biri bo‘ldi. Ushbu qaror orqali ichki turizm tobora rivojlanib borayotgan mamlakatimizda ko‘plab vatandoshlarimizning yurtimiz bo‘ylab sayohat qilishiga keng imkoniyatlar yaratildi. Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida 2020-yilning 1-mart kuni Toshkent farmasevtika instituti farmatsiya fakultetining 204 A,B guruh talabalari guruh murabbiysi Farmakognoziya kafedrasi assistenti Ismatullaeva Yulduz Atxamovna boshchiligida “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” shiori ostida Samarqand shahriga tashrif buyurdilar. Sayohat davomida talabalar guruh rahbari bilan birgalikda A.Temur maqbarasiga, Bibixonim, Mirzo Ulug‘bek, Islom Karimov maqbaralarini ziyorat qildilar. Sayohat juda qiziqarli va mazmunli o‘tib, talabalar xotirasida o‘chmas iz qoldirdi.