Abdulla Tangriyev va Shuhrat Arslonov bilan uchrashuv bo’lib o’tdi

20.02.2020, 15:48 Institut yangiliklari, Tadbirlar, Yangiliklar 2124

Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasida sportni rivojlantirishga va yosh sportchilarni Xalqaro miqyosda raqobatbardoshligini oshirish, jismoniy salohiyati yuqori, ruhiy tetik sportchilarni tayyorlashga katta e’tibor ko’rsatib kelinmoqda. Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasida mavjud barcha Oliy ta’lim muassasasida sport bilan shug’ullanishga barcha shart-sharoitlar mavjud.  Ushbu sharoitlardan unumli foydalanish talabalarning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida muassasalarda ko’plab musobaqalar g’oliblari, chempionlar bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda. 2020-yil 20-fevral kuni Toshkent farmatsevtika institutining katta faollar zalida Olimpiada O‘yinlari va Osiyo O‘yinlari kumush medallari sovrindori, Jahon chempioni, O‘zbekiston iftixori Abdulla Tangriyev va  dzyudo, sambo kurash turlari bo‘yicha sport ustasi, karate bo‘yicha beshinchi dan (qora belbog‘) sohibi, MDH chempioni, Jahon chempionati sovrindori Shuhrat Arslonovlar bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Tadbirni institutning o’quv va tarbiyaviy ishlar bo’yicha prorektori Z.A.Yo’ldoshev kirish so’zi bilan ochib berdi. Tashrif buyurgan sportchilar talabalarga sport inson sog’ligi uchun qanchalik foydali ekanligi haqida so’zlab, ko’plab kerakli tavsiyalarni berdilar. Tadbir davomida talabalar sportchilarga o’zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qilib tegishli javoblarni oldilar.

      

      

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova