Тalabalar turar joyida yashovchi talaba qizlar uchun master-klass tashkil etildi.

20.02.2020, 13:19 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2844

Institut talaba qizlarining bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida institut qoshidagi “Pazandalik sirlari” to’garagida Biotexnologiya kafedrasi v.b. dotsenti R.B.Norboboeva va katta o‘qituvchisi Z.X.Yunusova  tomonidan talabalar turar joyida yashovchi talaba qizlar uchun master-klass tashkil etildi. Master-klass jarayonida o’zbek milliy taomlaridan “tuxum barak” va xalqimiz orasida sevib tanovvul qilinadigan “ko’k bichak” tayyorlash usullari hamda sirlari talaba qizlarga o’rgatildi.