“Surtmalar, ularda qo‘llaniladigan asoslar, umumiy texnologiyasi. Gomogen surtma dorilar tayyorlash” mavzusida ochiq integrallashgan ma’ruza mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.
2020-yil 15-fevral kuni soat 830 da farmatsiya fakulteti, farmatsiya yo‘nalishi 3-bosqich, 1-oqim talabalariga 156-auditoriyada DTT kafedrasining dotsenti N.M.Rizaeva va DVST kafedrasining dotsenti O.R.Raximovaning “Surtmalar, ularda qo‘llaniladigan asoslar, umumiy texnologiyasi. Gomogen surtma dorilar tayyorlash” mavzusida ochiq integrallashgan ma’ruza mashg‘uloti o‘tkazildi. Ma’ruzada surtmalarni tarixi, ta’rifi, tavsifi va tansifi to‘g‘risida ma’lumot berildi. SHuningdek, surtmalarni tayyorlashda ishlatiladigan asoslar va ularga qo‘yilgan talablar, ularni dorixona va korxona sharoitida tayyorlash texnologiyasi bilan tanishtirildi. Ma’ruzani o‘qish davomida aqliy hujum pedagogik texnologiya usulidan foydalanildi.